1 Ф ейербах Л . И збранны е ф и л ософ ск и е произведения в 2 т. Т. 1. М .,
П олитиздат, 1955. С. 185.
www.ziyouz.com kutubxonasi
muammolarga moddiyatchilik nuqtayi nazaridan yondashadi va aqlni
emas, hissiyotni birinchi o‘ringa qo‘yadi. U ning axloqiy ta ’limoti asosan
ixtiyor erkinligi va baxt tushunchasiga yo‘naltirilgan.
Foyerbax ta ’biriga ko‘ra, insonning mohiyati xayoliy mavhumot,
«ruh» emas, balki hissiyotdir, bas, shunday ekan, shu tamoyilga qarshi
b o 'lg an barcha falsafa, barcha din nafaqat m ohiyatan xato, hatto
zararlidir. Agar odamlarni yaxshilashni istasangiz, ularni baxtli qiling;
agar ularni baxtli qilishni istasangiz, barcha baxtu quvonchlar manbai
bo‘lmish hislarga murojaat qiling. Insonning mavjudligi hissiyot bilan
bog‘liq. T o ‘g‘ri, hayvonlarda ham hissiyot bor. Lekin ularning hissiyoti,
sezgilari cheklangan, ya’ni, bir sezgi a ’zosi kuchli, boshqalari zaif,
kuchlisi ham faqat his etilguvchi muayyan — u yoki bu narsaga qaratilgan.
Inson esa barcha his etiladigan narsa-hodisalar, olam , cheksizlik bilan
bog*liq va uning hissiyotliligi, eng aw alo, boshqa insonni his etishdan
iborat.
Ayni paytda insonga, hayvondan farqli o'laroq, tanlov ixtiyori, ixtiyor
erkinligi berilgan, hissiyotli inson bu yerda xohlovchi, intiluvchi, ixtiyor
bildiruvchi sifatida namoyon bo'ladi. Lekin shunchaki o ‘z-o‘zicha, «sof»,
o'zining jismoniy, moddiy tashuvchisidan xoli, vujudsiz, hayotsiz ixtiyor
— hech narsa emas. Ixtiyorning tashuvchisi yoki egasi um um an inson
emas, balki muayyan, tirik, o ‘ziga xos odam. Z ero, ixtiyor xohlovchi
insondir. 0 ‘zgarmas, zamondan tashqaridagi ixtiyorning boMishi mumkin
emas, u — doimo mazmunli ixtiyor, nim agadir ixtiyor. Hayotning har
bir davri o ‘zi bilan yangi material va yangi ixtiyor olib keladi. «Ixtiyor
haqidagi tadqiqotimning asosiy g ‘oyasi — ixtiyor va baxtga intilishning
birligi, — deydi maktublaridan birida Foyerbax. — «M en xohlayman»
degani, men baxtsiz bo'lishni istamayman, ya’ni, m en baxtli bo'lishni
xohlaym an degan m a’noni bildiradi»1.
Darhaqiqat, Foyerbax ta’limotida «ixtiyor» so‘zi «baxtni ixtiyor qilish»
iborasi bilan bir xil tushuniladi. Baxt tushunchasi esa ko‘p m a’noli, har
bir insonning o‘ziga xosligi bilan bog‘liq. Baxt haqidagi va baxtga olib
boradigan vositalar to ‘g‘risidagi aldamchi tasaw urlar natijasida insonning
xohlagani — baxt deb o ‘ylagani aslida uni baxtsizlikka yetaklashi ham
mumkin. Lekin har kimning baxti o'ziga xos boiishiga qaramay, barchasi
intilish va ehtiyoj nuqtayi nazaridan umumiylikka ega. Faylasuf, insonni
www.ziyouz.com kutubxonasi
jinoyatdan axloq borasidagi «aqlli» gaplar emas, balki baxt asrab qoladi,
deydi. Lekin u zodagonlarga xos, dabdabali baxtni em as, oddiy
odamlarning, ko'pchilikning baxtini, bajarilgan ishdan keyin keladigan,
zarur bo‘lgan farovonlikdan lazzatlanish baxtini nazarda tutadi. Shu
bois insonni illat va jinoyatdan yiroq tutish uchun, ya’ni axloqni
muomalaga kiritish uchun aw al uning yo‘lidagi moddiy to ‘siqlarni
yo‘qotish kerak. Boshqalarning baxtsizligi hisobiga baxtga erishish
mumkin emas. Menning oldida Sen yo‘q ekan, umuman, axloqning
o‘zi namoyon bo'lmaydi. Axloq uchun kamida ikki kishi kerak; Sensiz
M enning baxtga erishuvi mumkin emas. Axloq insonga o ‘zini-o‘zi
cheklashni, sabr-qanoatni taqozo etadi. Ana shu cheklash, sabr-qanoat
ham baxt; haqiqiy oila boshlig‘i, axloqli ota, o ‘zi ko‘chada lazzatli
taom tanovul qilgani holda, xotin, bola-chaqasini och qoldirishini о zi
uchun kulfat deb biladi, uning o ‘rniga oilasi bilan oddiy non-choyni
baham ko‘rishdan baxt hissini tuyadi. Qayerda bo‘lmasin, yovuzlikni
yo‘qotish uchun boshqa odam larning baxti va baxtsizligida amaliy
ishtirok etish baxtlilar bilan baxtli, baxtsizlar bilan baxtsiz bo lish —
m ana, sizga yagona axloq, deydi m utafakkir. In so n n in g о ziga
m unosabati boshqalarga nisbatan bilvosita majburiyat deb e tiro f
etilgandagina axloqiy qimmatga ega bo ‘ladi. Mening oilam, jam iyatim ,
xalqim, V atanim oldida majburiyatim bo‘lgani uchungina о zimga
nisbatan majburiyatliman, yaxshi va axloqiy degani bir xil. Biroq faqat
kimki boshqalar uchun yaxshi hisoblansagina, o ‘sha yaxshi odam.
Faylasuf baxtga intilishning vijdon bilan uyg‘unligi to ‘g‘risida ham
batafsil to ‘xtaladi, uning fikriga ko‘ra, vijdon, bu — Mendagi boshqa
Men, M enni o ‘ziga nisbatan yomonlikdan tiyib turadigan yoki yomonlik
qilib bo‘lgach, azob beradigan, ta’qib etadigan, tasawurimdagi boshqaning
qiyofasi, timsoli. Boshqaning qiyofasi mening o‘zimni anglashim bilan
shu qadar bog'lanib-chirm ashib ketganki, men uyim b o ‘lmish о z
Menimning eng yashirin, eng sirli burchaklarida ham undan qochib,
panoh topa olmayman; o‘zimdan tashqarida boshqa odam mavjudligini
unutolmayman. Demak, men yovuzlik qildim, bunga guvoh bo‘lgan odam
— yovuzligim qurboni, boshqa hech kim hech narsa bilmaydi. Shunga
qaramay, mening sherigim bor, o ‘zimda meni sotib qo‘yishi mumkin
bo‘lgan, ayblovchi guvoh bor, bu - vijdon. Biroq harakat oldidan yoki
xatti-harakat paytida u yo jim turadi yoki ovozi shu qadar zaif va sekin
bo‘ladiki, xatti-harakat qiluvchi unga quloq solmaydi.
Foyerbax ta ’limotini ba’zilar muhabbat axloqshunosligi deb ham
www.ziyouz.com kutubxonasi
atashadi. Bu bejiz emas. U, hayot muhabbatdan iborat, o ‘z, xususiy
M enining qobig'ida xudbinlarcha burkanib yotgandan ko‘ra, juda ham
arzimas, g‘oyat nomunosib narsani sevgan a ’lo, deydi. Zero, faqat bitta
yovuzlik mavjud. U ham b o ‘lsa — xudbinlik, faqat bitta ezgulik bor, u
ham b o isa — muhabbat. Insonni bilish uchun uni sevish kerak.
Foyerbaxni tom m a’noda dahriy deyish nojoiz. T o ‘g ‘ri, u Xudoni
tan olmaydi, cherkovdan nafratlanadi, lekin odamga sig‘inishni taklif
etadi. «Iso, — deb yozadi faylasuf, — odam edi, ham maga o ‘xshagan
odam . Isoga e’tiqod insonga e ’tiqoddir»1. Inson inson uchun Xudo;
insonga muhabbat insonning eng oliy, eng birinchi qonuni bo'lishi
kerak. Shu bois Foyerbaxga zam ondosh faylasuflardan biri Shtirner,
Foyerbaxni dinni axloqshunoslikka, axloqshunoslikni dinga aylantirib
yuboradigan faylasuf, deganida m a’lum m a’noda haq edi.
Awalgi adabiyotlarda, ko‘pincha Foyerbaxning insonga munosabati
tanqid qilinadi. Bunda Marks va Engelsning fikrlariga suyaniladi: go‘yo
buyuk faylasuf insonni o‘z zamonidan, ijtimoiy muammolardan tashqarida
tahlil etar emish. Aslida gap bunda emas. Foyerbax insonni sinfiylikdan
yuqori turuvchi umumbashariy qadriyat sifatida olib qaraydi, uni inqilobiy
zo‘ravonlikka chaqirmaydi, uni o ‘ziga xos tarzda ilohiylashtiradi.
Xulosa qilib shuni aytish mum kinki, olm on m um toz axloqshunoslari
insoniyat jamiyati taraqqiyotiga, uning axloqiy yuksalishiga, shubhasiz,
qiyoslab bo'lmaydigan darajada ulkan hissa q o ‘shdilar. Lekin, bu -
ularning nazariyalari, ilgari surgan g ‘oyalari va axloqiy qarashlari har
qanday nuqsondan xoli, degan gap emas. C hunonchi, Kant axloqiylikni
asosan burch tushunchasiga olib borib taqab q o ‘yadi, burchning
bajarilishida xatti-harakatlarni mavjud shart-sharoitdan ustun qo‘yadi,
natijada uning axloqiy talabi ko‘proq tirik odamga emas, ideal odamga
qaratilgan m e’yorga aylanib qoladi; Fixte va Shelling axloqning
mohiyatini faqat insonning transsendental poklikka intilishida ko‘radilar;
Hegel axloqiy munosabatlarmng subyektiv jihatlarini, shaxsning axloqiy
javobgarligini bir chetga surib q o ‘yadi, jam iyat va davlat manfaatlarini
h a r q a n d ay holatda ham u stu n q o ‘yadi. F o y erb ax esa axloqiy
munosabatlarda inson hissiyotiga nihoyatda ortiqcha baho berib yuboradi
va, aksincha, aqlga deyarli o ‘rin qoldirmaydi. Biroq bu nuqsonlar olmon
mum toz mutafakkirlarining erishgan yutuqlari oldida ju z’iylik maqomiga
ega. Shu bois ham ular tafakkuri kelgusi davrlar axloq ilmi uchun u
www.ziyouz.com kutubxonasi
yoki bu jihatdan asos vazifasini bajaruvchi ta ’limotlar bo‘lib qoldi va
yangidan yangi falsafiy-axloqiy oqim larning vujudga kelishida hal
qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
Dostları ilə paylaş: |