O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


Auditorlik hisobot(xulosasi)ining elementlari



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#140379
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   362
Аудит УМК

 
4. Auditorlik hisobot(xulosasi)ining elementlari 
XAS-700 “Moliyaviy hisobotlar bo’yicha auditorlik xulosalari”da shunday deyiladi: 
“Auditor moliyaviy hisobotlar haqidagi fikrlarini bildirish uchun asos sifatida olingan auditorlik 
dallillarni tahlil qilishi va xulosalarni baholashi lozim”. Auditorlik xulosasi umumiy moliyaviy 
hisobotlar haqida aniq bildirilgan yozma fikrni ifodalashi kerak. 
Auditorlik xulosalari ushbu bo’limda batafsilroq muhokama qilinadigan quyidagi asosiy 
elementlarni o’z ichiga olishi kerak: 
-
nomi; 
-
oluvchi;
-
kirish qismi; 
- Moliyaviy hisobotlarni aniqlash;
- Sub’ekt rahbariyati va auditorning javobgarliklari haqida bayonnoma; 
- qayd etish qismi (audit tabiatini ta’riflash) 
-AXSga yoki amaliyotga havola; 
-Auditor tomonidan qilingan ishni ta’riflash; 
-
moliyaviy hisobot haqida bildirilgan fikrning mazmuni; 
-
hisobot sanasi; 
-
auditorning manzili;
-
auditorning imzosi 
Nomi
Auditorlik hisoboti (xulosasi) mazkur hisobot (xulosa) mustaqil auditorning hisoboti 
(xulosasi) hisoblanishini aniq ko’rsatadigan nomga ega bo’lishi lozim.
Adresat (oluvchi) 
Auditorlik hisoboti (xulosasi) kelishuv shartlariga muvofiq tegishli adresat ko’rsatilgan 
holda tuzilishi lozim. Xulosa qoidaga ko’ra kompaniyaning yoki aktsionerlarning yoxud kuzatuv 
kengashiga yo direktorlar kengashiga yuboriladi. Nederlandiyaga o’xshash ayrim mamlakatlarda 
auditorlik hisobotlari umuman ko’rib chiqilmaydi, chunki hisobotlar (anonim holda) butunlay 
jamoatchilikka mo’ljallangan. 
Kirish paragrafi
Auditorlik hisoboti (xulosasi)ning kirish paragrafida:
(a) Audit qaysi tadbirkorlik sub’ektining moliyaviy hisobotlari bo’yicha o’tkazilganligini 
qayd etish; 


 
(b) Mazkur moliyaviy hisobotlar bo’yicha audit o’tkazilganini qayd etish; 
(v) Moliyaviy hisobotlar tarkibiga kiruvchi har bir hisobot nomini qayd etish; 
(g) Hisob siyosati asosiy qoidalarining qisqacha tavsifiga va boshqa sharhlovchi izohlarga 
havola etish; va 
(d) Moliyaviy hisobotlarni hosil qiluvchi har bir moliyaviy hisobotda aks ettirilgan sana yoki 
davr aniq ko’rsatilishi lozim.
(e)Tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun 
javobgarligi 
Masalan, “Biz AVS kompaniyasining 31dekabr 2013 yil holatiga ilova qilingan buxgalteriya 
balansi, shuningdek, tugayotgan yil uchun daromadlar va pul mablag’lari harakati haqidagi tegishli 
hisobotlar auditini o’tkazdik. Ushbu moliyaviy hisobotlar bo’yicha javobgarlik Kompaniya 
rahbariyati zimmasida. Bizning majburiyatlarimiz, o’tkazilgan auditimiz asosida ushbu moliyaviy 
hisobot ishonchliligi haqida o’z fikrlarimizni bildirish hisoblanadi”. 
Shuningdek, xulosada tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni 
tayyorlash uchun javobgarligi ham aks etadi. Auditorlik hisoboti (xulosasi)ning mazkur qismida 
tadbirkorlik sub’ektida moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun javobgar bo’lgan shaxslarning 
majburiyatlari tavsiflanadi. Auditorlik hisoboti (xulosasi)da faqat “tadbirkorlik sub’ekti 
rahbariyati”ga havola etish kerak emas, muayyan yurisdiktsiyaning me’yoriy-huquqiy bazasi 
kontekstiga mos keladigan atama ishlatilishi lozim. Ayrim yurisdiktsiyalarda tegishli havola 
boshqaruv yuklatilgan shaxslarga qaratilishi mumkin. Auditorlik hisoboti (xulosasi) “Tadbirkorlik 
sub’ekti [yoki boshqa mos keladigan atama] rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni tayyorlash 
uchun javobgarligi” degan sarlavhali qismni o’z ichiga olishi lozim. 
Auditorlik hisoboti (xulosasi)da tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni 
tayyorlash uchun javobgarligi tavsiflanishi lozim. Tavsif tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati moliyaviy 
hisobotlarni moliyaviy hisobotlar taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosiga muvofiq tayyorlash va 
tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati firibgarlik yoki xato tufayli yuzaga kelgan muhim buzib 
ko’rsatishlar mavjud bo’lmagan moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun zarur deb hisoblagan ichki 
nazorat tizimini ta’minlash uchun javobgar bo’lishi to’g’risida tushuntirishni o’z ichiga olishi 
lozim.
Agar moliyaviy hisobotlar haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq tayyorlangan bo’lsa, 
auditorlik hisoboti (xulosasi)da tadbirkorlik sub’ekti rahbariyatining moliyaviy hisobotlarni 
tayyorlash uchun javobgarligi tavsifi, vaziyatga qarab, “mazkur moliyaviy hisobotlarni tayyorlash 
va haqqoniy taqdim etish” yoki “to’g’ri va haqqoniy tasavvur beradigan moliyaviy hisobotlarni 
tayyorlash”ga havola etishi lozim. 
Auditorning javobgarligi. Auditorlik hisoboti (xulosasi) “Auditorning javobgarligi” degan 
sarlavhali qismni ham o’z ichiga olishi lozim. Auditorlik hisoboti (xulosasi)da auditorning 
javobgarligi u moliyaviy hisobotlar bo’yicha o’zi o’tkazgan audit asosida o’z fikrini bildirishidan 
iborat ekanligi ko’rsatib o’tilishi lozim. 
Qayd etish qismi. Auditining ushbu holatda zarur deb hisoblanuvchi auditorlik 
protseduralarini bajarish qobilyatiga taalluqli. Qayd etish xatboshisi o’zida auditor tekshiruv 
davomida qilgan ishlarni haqiqiy tasdig’ini ko’rsatadi. Bu o’quvchiga audit o’rnatilgan standartlar 
yoki bunday majburiyatlar uchun amaliyotlarga mos o’tkazilganligiga ishonch tug’diradi. 
Qayd etish xatboshisi, audit moliyaviy hisobotlarda jiddiy xatoliklar yo’qligiga etarlicha 
ishonch hosil qilish uchun o’tkazilgani va o’tkazilgan audit o’z fikrini bildirishi uchun etarlicha 
asos berishini isbotlash uchun rejalashtirilgan va o’tkazilganligi haqidagi bayonnomani o’z ichiga 
olishi zarur. Bunday iboralardan yoki shunga o’xshash rasmiyatchiliklardan foydalanish audit 
ishonchliligining yuqori darajasini ta’minlashini bildiradi, lekin bu kafolat hisoblanmaydi. 
Hisobotda auditda mamlakatda o’rnatilga auditning xalqaro standartlariga (MSA) suyangan 
holda o’tkazilganligi borasida foydalanilgan standartlar ko’rsatilishi kerak. Masalan, agar 
kompaniya AQSh fond birjalarida savdo qilsa, audit bo’yicha auditning umum qabul qilingan 
standartlari, AQShda umum qabul qilingan standartlar yoki AICPA o’rnatilgan standartlarga 
nisbatan havolalar bo’lishini talab qiladi. 


Fikrning mazmuni aks etgan xatboshi. Auditorlik hisoboti (xulosasi) “Fikr” degan sarlavhali 
qism bo’lib, unda haqqoniy taqdim etish asosiga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlar 
bo’yicha modifikatsiyalanmagan fikr bildirishda auditorning fikrida (agar qonunchilik yoki 
me’yoriy hujjatlarda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa) teng (ekvivalent) deb 
baholanadigan quyidagi iboralardan biri qo’llanilishi lozim:
(a) Moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda, ... [moliyaviy hisobotlarni taqdim etish 
uchun qo’llaniladigan asos]ga muvofiq haqqoniy taqdim etadi; yoki 
(b) Moliyaviy hisobotlar ... [moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan 
asos]ga muvofiq to’g’ri va haqqoniy tasavvur beradi.
Muvofiqlik asosi talablariga binoan 
tayyorlangan moliyaviy hisobotlar bo’yicha modifikatsiyalanmagan fikr bildirishda auditorning 
fikrida moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda [moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun 
qo’llaniladigan asos]ga muvofiq tayyorlangani ko’rsatilishi lozim. 
Xulosa sanasi. Xulosaga sana qo’yilishi lozim. Auditor xulosaga audit tugagan kun sanasini 
qo’yishi kerak (qoidaga ko’ra, topshiriqning oxirgi kuni). Bu o’quvchilarga hodisalarni moliyaviy 
hisobotga ta’sirlarini ko’rib chiqishdava hodisalar yoki bitimlar natijasi bo’yicha auditorga bu 
sanagacha nimalar ro’y berganligi haqida axborot beradi. Auditorlik xulosalari rahbariyat 
tomonidan tayyorlangan va taqdim etilgan moliyaviy hisobotni tekshirish natijasi hisoblanadi, 
auditor xulosasiga rahbariyat tomonidan moliyaviy hisobot imzolangan yoki tasdiqlangan sanadan 
avvalgi sanani qo’yishi kerak emas. 
Auditorning manzili 
Hisobotda auditorning ofisi joylashgan va u mijozlarga xizmat ko’rsatadigan aniq joy, 
shahar aytilishi kerak. Auditning umum qabul qilingan standartlari ham auditor auditorlik xulosasi 
berilgan shahar yoki shtatni (auditor AQShdan tashqarida bo’lsa, shahar va mamlakatni) qo’shishni 
talab qiladi. Eslatma: ayrim mamlakatlarda tekshiruv haqidagi hisobotda auditorning aniq manzili 
ko’rsatish shart emas. 
Imzo
Hisobot auditorlik firmasi nomidan yoki auditorning shaxsan nomidan yoki vaziyatga ko’ra, 
ikkalasining nomidan imzolanishi lozim. Auditor hisoboti, odatda, firma nomidan imzolanadi, 
chunki firma audit uchun javobgarlikni o’z zimmasiga oladi. Eslatma: Ayrim mamlakatlarda 
(masalan AQSh, Buyuk Britaniya, Nederlandiya) hozirda auditorlarning shaxsiy imzosi talab 
qilinmaydi. Ularni havola sifatida qo’shib qo’yilishi etarli. 

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin