O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi


 Auditorlik xulosasining turlari: modifikatsiyalanmagan xulosa



Yüklə 7,41 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/362
tarix13.12.2023
ölçüsü7,41 Mb.
#140379
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   362
Аудит УМК

6. Auditorlik xulosasining turlari: modifikatsiyalanmagan xulosa 
Avvalo modifikatsiyalanmagan auditorlik xulosasiga misol ko’raylik:
Biz taklif qilingan AVS kompaniyaning buxgalteriya balansini 31 dekabr 20x3 holatiga 
ko’ra, shuningdek tugayotgan yil uchun foyda va zararlar, pul oqimlari haqidagi hisobot auditini 
o’tkazdik. Ushbu moliyaviy hisobotlar uchun javobgarlik kompaniya raxbariyati zimmasida. 
Bizning majburiyatimiz biz tomonimizdan o’tkazilgan audit asosida ushbu moliyaviy hisobotlarning 
ishonchliligi haqida fikr bildirishdir.
 
 
 
Biz auditni Auditning xalqaro standartlariga mos holda o’tkazdik. Ushbu standartlar biz 
auditni moliyaviy hisobotlarda jiddiy xatoliklar yo’qligiga ishonch hosil qiladigan darajada 
rejalashtirishni va o’tkazishimizni talab qiladi. Audit moliyaviy hisobotlardagi sonli ko’rsatkichlar 
va ochib berishlarni tasdiqlovchi dalilarni testlashtirish asosida o’rganishni o’z ichiga oladi. Audit, 
shuningdek, foydalaniladigan buxgalteriya hisobi printsiplari va rahbariyat tomonidan qilingan 
muhim baholarni, shunindek, moliyaviy hisobotning umumiy ko’rinishini (tasavvur)ni baholashni 
ham o’z ichiga oladi. Biz umid qilamizki, biz tomonimizdan o’tkazilgan tekshiruv fikrlarimizni 
bildirish uchun etarlicha asos beradi. 
Bizning fikrimizcha moliyaviy hisobot jamiyatning 31 
dekabr 20x3 holati bo’yicha moliyaviy hisobot moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga (yoki 
yuz berayotgan mamlakatda qo’llaniladigan moliyaviy hisobot qoidalariga mos keladi))** mos 
holda ishonchli va xolis tasavvurlar beradi(yoki barcha muhim jihatlarda ishonli aks etadi). 
 
 
Auditor 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Sana
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
Manzil
 
 
Auditorlik xulosasi modifikatsiyalangan va modifikatsiyalanmagan turlarga bo’linadi. 
Amaliyotda modifikatsiyalanmagan xulosa keng tarqalgan bo’lib, deyarli 90 % xulosalar 
modifikatsiyalanmagan xulosalardir.
Auditor, agar u moliyaviy hisobotlar barcha muhim jihatlarda moliyaviy hisobotlarni taqdim 
etish uchun qo’llaniladigan asosiga muvofiq tayyorlangan, degan xulosaga kelgan bo’lsa, 
modifikatsiyalanmagan fikr bildiradi. 
Agar auditor: 
(a) olingan auditorlik dalillari asosida moliyaviy hisobotlar muhim buzib ko’rsatishlardan 
holi emas degan xulosaga kelgan bo’lsa; yoki 
(b) unga moliyaviy hisobotlarda muhim buzib ko’rsatishlar mavjud emas, degan xulosaga 
kelish imkonini beruvchi etarlicha tegishli auditorlik dalillarini olish imkoniyatiga ega bo’lmasa,
auditor AXS 705 ga muvofiq auditorlik hisoboti (xulosasi)dagi fikrni modifikatsiyalashi 
lozim. 
Modifikatsiyalangan fikr – salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi, izohlar bilan fikr bildirilgan 
auditorlik xulosasi, fikr bildirish rad etilgan auditorlik xulosasini o’z ichiga oladi.
Agar haqqoniy taqdim etish asosi talablariga muvofiq tayyorlangan moliyaviy hisobotlar 
haqqoniy taqdim etishni ta’minlamasa, auditor bu masalani tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati bilan 
muhokama qilishi va, moliyaviy hisobotlarni taqdim etish uchun qo’llaniladigan asosi talablariga va 
masala qanday hal qilinganiga qarab, auditorlik hisoboti (xulosasi)dagi fikrni AXS 705 ga muvofiq 
modifikatsiyalash zarur yoki zarur emasligini aniqlashi lozim. 
Agar moliyaviy hisobotlar muvofiqlik asosi talablariga binoan tayyorlangan bo’lsa, auditor 
moliyaviy hisobotlar haqqoniy taqdim etishni qay darajada ta’minlashini baholashga majbur emas. 
Biroq, kamdan-kam uchraydigan vaziyatlarda, agar auditor mazkur moliyaviy hisobotlar yanglish 
tasavvur hosil qilish uchun imkoniyat yaratadi, degan xulosaga kelgan bo’lsa, auditor bu masalani 
tadbirkorlik sub’ekti rahbariyati bilan muhokama qilishi va mazkur masala qanday hal etilishiga 
qarab, buni auditorlik hisoboti (xulosasi)da ko’rsatish kerakmi, agar ko’rsatish kerak bo’lsa, buni 
qay tarzda amalga oshirish zarur, degan savollarga javob berishi lozim.
Xulosaning tarkibiy qismlarini biz yuqorida aytib o’tdik. Ammo ta’kidlash zarurki, 
modifikatsiyalangan fikr hosil qilinganda modifikatsiyalangan fikr bildirish uchun asos bo’lgan 
vaziyatni o’zida aks ettiruvchi maxsus qism kiritilishi lozim.
Auditorlik tashkiloti ifodalagan modifikatsiyalangan fikrdan kelib chiqib auditorlik 
xulosasida maxsus qism "Salbiy fikr bildirish uchun asos", "Izohlar bilan fikr bildirish uchun asos", 
"Fikr bildirishni rad etish uchun asos" deb nomlanadi. Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga muvofiq 
bu band auditorning fikridan oldin joylashtiriladi.
Shuningdek, auditor yoki auditorlik tashkiloti moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar 
diqqatini quyidagilarga jalb qilish uchun auditorlik xulosasiga tushuntirish qismini kiritishi 
mumkin: 
auditorlik tashkilotining fikri bo’yicha moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarning 
moliyaviy hisobotni tushunishlari uchun muhim hisoblanadigan darajada ahamiyatga ega
moliyaviy hisobotda aks ettirilgan vaziyatlarga; 
auditorlik 
tashkilotining 
javobgarligini 
yoki 
auditorlik 
xulosasining 
mazmunini 
moliyaviy hisobotdan 
foydalanuvchilar 
tushunishiga 
yordam berishi mumkin bo’lgan, 
moliyaviy hisobotda aks ettirilmagan vaziyatlarga. 
Tushintirish qismi kiritilishi auditorni moliyaviy hisobot haqidagi fikriga ta’sir etmasdan 
shunchaki qo’shimcha izoh sifatida xulosadan joy olishi mumkin. Masalan, amaliyotdan quyidagi 
misolni ko’rsak. 

Yüklə 7,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   362




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin