O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi


Bolaning asab faoliyati buzilishining oldini olish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/118
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#140719
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   118
TKK BKP qo\'llanma TashPMI @ Med I Sh

Bolaning asab faoliyati buzilishining oldini olish:
Buning uchun muayyan bolaning individual xususiyatlarini, uning bioritmini
hisobga olgan holda ,oqilona kun tartibiga qattiy rioya qilish, yetarli harakat 
faolligini saqlash, ochiq havoda bo’lish, to’la qonli uyqu, ratsional ovqatlanish, 
gimnastika bilan shug’ullanish, aqliy va jismoniy gigiyenik qoidalarga rioya qilish, 
oiladagi va maktabgacha ta'lim tashkilotida tinch, totuv muhit yaratish kerak.Bola 
uni hurmat qilishlari va sevishlarini sezishi va bilishi kerak, butun tarbiya jarayoni 
ijobiy ruxda o’tishi zarur. 
Tarbiyada quyidagi “pedagogik” ta'sirlarga butunlay yo’l qo’yish mumkin 
emas: kattalarning xaddan ziyod tez-tez ta'qiqlashi,zarurat bo’lmaganda bola 
fikrini bo’lish, bolani kun tartibini,sharoitini birdan tez tez almashtirish, pedagogik 
tarbiyani zid usullari (qo’rqitish, konfet yoki mevani birovga berish bilan qo’rqitish 
evaziga ishtaxani ochishga Harakat qilish va x.k)mumkin emas. 
Bolalar rivojlanishini va hulqini nazorat qilish 
Bu 
bola 
odatlangan 
kundalik 
sharoitida,sayr 
qilib 
o’ynayotganda,ovqatlanayotganda,yotayotganida,tozalikka qarayotganda ,uxlashga 
yotayotganda o’tkaziladi. Alohida bola hayotining birinchi yilini kuzatib, uning 
sensor rivojlanishi, harakatlar hagmi va Harakteri, hissiyotlari, nutqgacha 
rivojlanishi, so’zlar soni, ruhiy harakat rivoji darajasining yoshiga mosligi: 
ikkinchi, uchinchi yoshida-nutqning keyingi rivojlanishini, so’zlar zahirasining 
oshishi , jumla va gaplarni tuzish, ko’nikmalar, berilayotgan savollar Harakteri , 
xulqining adekvatligi syujetli o’yinlarni mustaqil o’ynay oladimi va qancha vaqt, 
o’yinchoqlardan foydalanishi, uning kattalar va bolalar bilan o’zaro munosabati, 
boshqa bolalarga yordam beradimi, uning individual xususiyatlari qanday, 
boshlangan ishni oxiriga yetkazadimi, gigiyenik ko’nikmalarga egami, mustaqil 
kiyinishni bilishi, ovqatlanish, kayfiyatning o’zgarishi va uning sabablari, 
Harakterini tuzuvchi belgilarni aniqlash zarur. Bundan tashqari guruhdagi umumiy 
muhit o’rganiladi: bolalar qanday o’yinlar bilan mashg’ul yoki ular maqsadsiz 
yurib, zerikadilarmi, yig’lab, to’palon qiladilarmi yoki o’zlarini xotirjam 
tutadilarmi,qanday mustaqil ko’nikmalarga ega va ular bolaning yoshiga mosligi 
o’rganiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   118




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin