63
oyog’ini yumshoq sochiq bilan qizarguncha ishqalanib quritiladi.kechalari suv
quyish jarayonida ozodalik tartibiga odatlanish paydo bo’ladi.
Kechasidagi suv quyish o’rniga G.N. Speranskiy oyoqqa vanna qilinishi tavsiya
qiladi.
Metodikasi yuqoridagiday, lekin bunga o’yin tusi berib bola vannada
oyog’i bilan suvni chapillatish mumkin. Vaqti 2-4 daqiqa ko’proq ta'sirchanli, bir
biridan keskin farq qiladigan oyoq vannasidir. Buning uchun bitta tog’oraga 37-38
darajali, ikkinchisiga esa 3-4 daraja past bo’lgan suvni quyiladi. Galma-galdan
ikki oyoqni 1-2 minut oldin issiq suvga boldirini yarmigacha so’ng 5-10
sekund
sovuqroq suvga tushiriladi. Birinchi 7 kunda suvning harorati o’zgartirilmaydi,
undan keyin har xaftada 1 darajadan ikkinchi vannadagi suvni harorati pasaytirilib
10 darajagacha etkaziladi. Sekin- asta sovuq suvdan turish vaqtini ham 15-20
sekundgacha uzaytiriladi. Suvga tushirish sonini 3-4 martadan 6 martagacha
oshiriladi. Oxirida oyoqni sovuq suvdan olinib yaxsxilab terisi qizarguncha
artiladi. Oyoq vannasini uyqudan turgan zahoti yoki kunni ikkinchi yarmida soat
17-18 lar o’rtasida, bolani eng tetik vaqtida o’tkaziladi. Bunda bolani oyog’i issiq
bo’lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: