62
harorat markazini ishiga to’g’ri keladi.Havo vannasini vaqtini sekin –asta har besh
kunda 2 minutdan oshirib,birinchi yarim yillikda 15 minutgacha, 2-yarim
yillikda
30 daqiqagacha yetkazilib,bir kunda 2-3 marotaba o’tkaziladi.Bularni
va boshqa
chiniqtiruvchi vositalarni ertalab yoki kechqurun (soat 17-18da) ovqatlangandan
30-40 daqiqa keyin,katta bolalarda esa kunduzi uyqudan keyin o’tkazish maqsadga
muoviqdir.
Tez qo’zg’aluvchan,nevroz bolalarda havo vannasini kechki uyqudan oldin
8-10 daqiqa davomida o’tkazish maqsadga muoviq bo’ladi.Issiq
kunlarda tashqi
Harorat soyada 22 darajadan kam bo’lmasligi, kerak.Sayr qilishni ochiq havoda
uxlashni iliq kunlarda chaqaloqni tug’ruqxonadan chiqqandan 3
xafta keyin
boshlash mumkin.Hova salqin kunlarida bola bilan sayr qilishi harorat manfiy 5
darajadan yuqori bo’lmaganda bajarish mumkin.Birinchi sayr etish vaqti yozda 25
daqiqa ,sovuq paytlarida 10 daqiqa bo’ladi.Sekin-asta sayr vaqtini iliq kunlarda 2-
2,5 soatgacha,bir kunda 2 marotabagacha yetkaziladi.3 oygacha bo’lgan
bolalarni
havo harorati -10 daraja manfiydan past bo’lsa,3-6 oylikdan -12 daraja manfiydan
past,6 oydan-15 daraja manfiydan past bo’lganda sayrga olib chiqilmaydi.Havo
vannasini olgandan 1-2 haftadan keyin suv bilan chiniqtirish boshlanadi.
Dostları ilə paylaş: