Baliqchilik asoslari


Epizootologik ma’lumotlar



Yüklə 3,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/152
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Kb.
#140743
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   152
Epizootologik ma’lumotlar. Kasallik sobiq Ittifoqning o‘rta va
janubiy mintaqalaridagi suv havzalarida qayd etilgan. Ayrim suv
havzalarida baliqlarning zararlanish darajasi 37—48% gacha yetadi.
Ayniqsa, Simlyanskiy suv omboridagi leshch turidagi baliqlar
digrammoz bo‘yicha nosog‘lom hisoblanadi. Bahorda baliqlar
ikra qo‘yishidan oldin qirg‘oqlarda invaziyalangan leshch turi-
dagi baliqlarning to‘planib, yig‘ilib qolishi kuzatiladi. Zararla-
nish ko‘proq 3—4 yoshli baliqlarda kuzatiladi, oq amur va ola
peshanado‘ng baliqlar bir vaqtning o‘zida ham ligula va ham


182
digrammalar bilan zararlanishi mumkin. Baliqlarning zararlanishi
bahor-yoz oylarida sodir bo‘ladi. Invaziyaning yuqish yo‘llari,
manbayi, kasallikning klinik belgilari kasalligiga o‘xshashdir.
Òashxis patogenezi, patologoanatomik o‘zgarishlari xuddi
liguloz kasalligining klinik belgilariga qarab va invaziyalangan
baliqlarni parazitologik yorib ko‘rib, digrammalarni topish asosida
qo‘yiladi.
Kasallikka qarshi kurashish va oldini olish chora-tadbirlari
ham xuddi liguloz kasalligiga o‘xshashdir.
Botriosefaloz — bu baliqlarning gelmintoz kasalligi bo‘lib,
ichaklarning zararlanishi bilan xarakterlanadi. Bothriocephalidae
oilasiga mansub Bothriocephalus acheilognathi deb ataluvchi
lentasimon gelmint tomonidan qo‘zg‘atiladi. Kasallikka zo-
g‘orabaliq, sazan, tovonbaliq, leshch, oq amur, peshanado‘ng,
plotva, ko‘kbo‘yin, so‘zanbaliq, laqqabaliq va boshqa turdagi
baliqlar moyil, biroq zog‘orabaliq, sazan, oq amur baliqlarining
lichinkalari ko‘proq sezuvchan bo‘lib, ularning zararlanishi ayrim
paytlarda 80—100% gacha borib yetadi, natijada baliqlarning
ommaviy ravishda nobud bo‘lishi kuzatiladi.
Qo‘zg‘atuvchisi Bothriocephalus acheilognathi oq tusdagi ses-
toda (yoki krem tusida) uzunchoq, lentasimon shaklda, uzunligi
15—25 sm, eni 1—4 mm ga teng. Parazit boshchasi (skoleksi)
yuraksimon shaklda bo‘lib, unda ikkita botriyasi (chuqurchasi)
mavjud, uning yordamida parazit ichakning shilliq pardasiga
yopishib turadi. Strobilasi (tanasi) bir qancha bo‘g‘inlardan iborat,
bo‘g‘inlarning shakli kvadratsimon (chorburchak) bo‘lib, ularning
har birida ham erkaklik va ham urg‘ochilik jinsiy sistemasi joy-
lashgan. Urug‘donlar bo‘g‘inning ikki yon tomonida joylashgan.
Sirrus va vagina bitta umumiy jinsiy teshik bilan bo‘g‘inning dorsal
yuzasiga ochiladi. Òuxumdon ikki bo‘lmali bo‘lib, bo‘g‘inning
pastki qismida joylashgan. Sariqlik tana bo‘g‘inning ikki yon
tomonida joylashgan. Bachadoni egri-bugri naycha shaklida bo‘lib,
bo‘g‘inning ikki yon tomonidan noto‘g‘ri almashib keladi. Parazit
tuxumlari ovalsimon shaklda, bir tomonida qopqoqchasi bor,
uzunligi 0,045—0,055 ml, eni 0,034—0,038 mm.


183

Yüklə 3,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   152




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin