184
chalinadilar: janubiy mintaqalarda — may-iyunlarda, markaziy
mintaqalarda iyun-iyulda 10—12 kunlik chavoqlarda invaziyaning
intensivligi ancha past, biroq ularning rivojlanishi, o‘sishi nati-
jasida invaziyaning ekstensivligi va intensivligi ham ortib boradi.
Chavoqlar iyul-avgust oylarida intensiv ravishda zararlanadilar,
chunki shu vaqtda hovuzlarda zooplanktonlar juda ham ko‘p
bo‘lib, baliqlar ular bilan jadal ravishda oziqlanadi. Kuzga kelib
esa hovuzlarda zooplanktonlar
kamayib qoladi hamda yosh
baliqlarni kombikormlar bilan oziqlantirish yo‘lga qo‘yiladi, za-
rarlanish ham keskin kamayadi. Karp turidagi baliqlarning shu
yilgilarini qishlovchi hovuzlarga o‘tkazish paytida, ularning 35—
50 % botriosefalozga chalingan bo‘lishi mumkin. Qish davrida
baliqlarning zararlanish darajasi kuzgi
zararlanish darajasi at-
rofida saqlanib qoladi, ayrim paytlarda esa sestodalarning nobud
bo‘lishi evaziga pasayishi kuzatiladi. Qishda baliqlar oziqlan-
maydi, natijada gelmintlarning rivojlanishi to‘xtaydi, yangi zarar-
lanish kuzatilmaydi. 2 yoshdagi karp
baliqlarining zararlanishi
bahor-yoz oylarida kuzatiladi va 35—55% atrofida bo‘lib, inva-
ziyaning intensivligi juda ham past bo‘ladi. Uch yoshli va undan
katta yoshdagi baliqlarda faqatgina sporodik zararlanish kuza-
tiladi, bu ularda yoshi bilan bog‘liq chidamlilik (immunitet) hosil
bo‘lishidan dalolat beradi.
Invaziyaning manbayi — bu, asosan, katta yoshdagi parazit-
tashuvchi baliqlar hamda zararlangan qisqichbaqalar.
Dostları ilə paylaş: