173
pardani ajratib olib mikroskopik tekshirishdan o‘tkazilib qo‘yi-
ladi. Muguz parda ko‘zning shishasimon tanasidan ajratib olib
buyum oynachasiga o‘tkaziladi,
ikkinchi buyum oynasi bilan
berkitib biroz eziladi (oq doiracha, halqacha hosil bo‘lguncha)
va mikroskopning kichik obyektivida tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Har xil turga mansub metatserkariy ulardagi quloqsimon o‘simta
va ohaksimon tanachaga qarab aniqlanadi. Metatserkariylar,
odatda, muguz pardaning periferiyasida joylashgan bo‘lib, ular-
ning miqdori ayrim vaqtda yuzdan ortadi.
Davolash, oldini olish va qarshi kurashish tadbirlari. Diplos-
tomozni davolash choralari ishlab chiqilmagan. Kasallikning oldini
olish tadbirlari qo‘zg‘atuvchining biologik
rivojlanish zanjirini
uzishga qaratilishi lozim. Bu, asosan, suv havzalarida molluskalarni
yo‘qotish orqali amalga oshiriladi. Nosog‘lom
suv havzalarida
baliqlarni ovlab bo‘lgach, yozda quritiladi, qishda esa muzlatiladi,
bunda molluskalarning miqdori keskin kamayadi. Havzalar
dezinvaziya qilinadi, buning uchun mis sulfati (0,002 g 1
l suvga),
xlorli (0,05 g/
l) va so‘ndirilgan ohak (2—3 g/
l), 1% li ammiak
selitrasi, 2% li osh tuzi eritmasi va molluskotsid preparati 5,4 di-
xlorsalitsilanilid 1:500000 va 1:750000 nisbatda ishlatiladi. Mol-
luskalarni yo‘qotishga suv havzalarida qora amur baliqlarini ko‘pay-
tirish orqali ham erishiladi. Bu baliq molluskalarni iste’mol qilib,
biologik zanjirni uzishga yordam beradi. Baliqxo‘r parrandalarning
uyalarini yo‘qotish, ularni qo‘rqitish ham yaxshi samara beradi.
Dostları ilə paylaş: