26
Nanozarrachalarni klassifikatsiyasi.
Nanokimyo
fani nisbatan yosh fan,
shuning uchun unda hali umumiy
terminologiya shakllanmagan, ta‘riflar
oxiriga
olib borilmagan, tadqiqot ob‘ektlari, klassifikatsiyasi yaratilmagan.
Shunga
qaramasdan koʻpchilik olimlar nanokimyo nanosistemalarni sintez qilish va ularni
oʻrganish bilan shugʻullanadi, deb hisoblaydilar.
Nanosistema
deganda biz
oʻlchamlari 100 nm dan oshmagan nanozarrachalardan iborat muhitni tushunamiz.
Oʻz navbatida bunday nanozarracha yanada kichik boʻlgan zarracha (klaster)lardan
yoki
oddiy til bilan aytganda,
moddaning eng kichik
«gʻishtlaridan»
tuzilgan
boʻladi. Klasterlarning oʻlchamlari 10 nm dan oshmaydi.
Ana shu klasterlar
darajasida har xil
kvant effektlari
(jarayonlari) namoyon boʻladi. (5-jadval).
5-jadval.
Nanosistemani tashkil qilgan klasterlarning oʻlchami va miqdori
Zarracha holati
bir necha atom
klasterlar
nanozarrachalar
kompakt jism
Zarracha
diametri, nm
0,1
0,3
0,3 – 10
10 – 100
100 dan katta
Atomlar soni
1 - 10
10 -
dan katta
Hozirgi paytda
qanday moddadan tuzilganligi, klasterning
shakli va atomlar
oʻrtasidagi bogʻlanish turiga qarab juda ham koʻp nanoob‘ektlar mavjud:
Inert gazlar atomlaridan tuzilgan zarrachalar.
Metall zarrachalar.
Fullerenlar va nanotrubkalar.
Fraktal klasterlar.
Molekulyar klasterlar.
Inert gazlar atomlaridan tuzilgan zarrachalar
atomlarining elektron qobiqlari
toʻyingan boʻladi, shuning uchun ular oʻzaro kuchsiz Van-der-Vaals kuchlari bilan
bogʻlangan boʻladi (8-rasm).
Dostları ilə paylaş: