202
individuallashtirish qabul qilingan, shuning uchun har bir shartnoma o‗z
nomi va ro‗yxat raqamiga ega bo‗lishi kerak.
Raqamlashda tomonlar ish
tartibi bo‗yicha kelishadi, masalan, ikkitalik raqam beriladi: bittasi biror
sherikning ro‗yxati bo‗yicha, keyingisi boshqa sherik ro‗yxatining chiziq
raqami orqali.
2. Bitim joyi va sanasi. Shartnoma haqiqiyligini
baholash masalasida
qo‗llanishi mumkin bo‗lgan huquqni aniqlash uchun albatta uning
imzolanish joyini, shuningdek sanasini ko‗rsatish kerak bo‗ladi (tuzish va
bajarish).
3. Shartnoma ishtirokchilarini ta‘riflash (hujjat preambulasida joylashadi).
Unda quyidagilar ko‗rsatiladi:
- shartnoma ishtirokchilarining yuridik nomlari;
- shartnoma matnida eslatish uchun qisqacha nomlash;
- ro‗yxatga olish haqida guvoxnoma raqami, sana va ro‗yxat raqami;
- faoliyatning ushbu ko‗rinishdagi litsenziya raqami va uning berish
sanasi;
- hujjatni imzolovchi shaxslarning
lavozimlari va familiyalari, ismlari,
shariflari. Agar hujjatni imzolovchi shaxslar topshiriq bo‗yicha harakat
qilsa, shartnomaga bu shaxslarning qonuniy huquqqa ega ekanliklarini
tasdiqlovchi hujjatlar (masalan, notariusda tegishlicha rasmiylashtirilgan
ishonch qog‗ozi) qo‗shib qo‗yiladi. Bu ishonch qog‗ozi shartnomaning
ajralmas qismi hisoblanadi. Ishonch qog‗ozining
asl nusxasi sherik
shartnomasining boshqa namunalariga ko‗chirmalar qo‗shib qo‗yiladi.
Ilovada shartnomaning qaysi nusxasiga ishonch qog‗ozining asl nusxasi
qo‗shib qo‗yilgani va u sheriklarning qaysi birida joylashganligi
ko‗rsatiladi;
- matnda eslatilgan tomonlarni birgalikda nomlash (masalan, nomlangan
tomonlarni birgalikda sheriklar, ishtirokchilar va boshqalar, lekin har doim
bir xil
nomlanadi
Dostları ilə paylaş: