Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

6.5. Qobiliyat
Psixologiya fani qobiliyatlar bilan faoliyatning muhim jabhalari 
bo‘lmish bilim, ko‘nikma va malakalarning aynan bir narsa ekanligini 
rad etib, ularning birligini e’tirof qiladi. Shuning uchun qobiliyatlar 
faqat faoliyatda ro‘yobga chiqadi. Agar shaxs rasm solishga hali 
o‘rganmagan bo‘lsa, uning tasviriy san’atga nisbatan qobiliyatini 
namoyon qila olmaydi. 
Bolalik davrida u yoki bu qobiliyatlarning atrof-muhitdagi odamlar 
tomonidan tan olinmaganligi, keyinchalik xuddi ana shu qobiliyatlari 
tufayli jahonda munosib shon-shuhrat qozonishga musharraf bo‘lgan 
juda ko‘p allomalarning nomi olamga mashhur, chunonchi, Albert 
Eynshteyn (nisbiylik nazariyasi asoschisi), Nikolay Lobachevskiy 
(yangi geometriya yo‘nalishi asoschisi) va boshqalar o‘qishida genial 
olim bo‘lib voyaga yetishishiga hech qanday asos yo‘q edi. 
Demak, qobiliyatlar deb shaxsning faoliyatini muvaffaqiyatli 
amalga oshirish sharti hisoblangan, bilim, ko‘nikma va malakalarni 
egallash dinamikasida yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon 
bo‘ladigan individual psixologik xususiyatlarga aytiladi. 
206
Qobiliyat sifat va miqdor jihatdan tavsiflanib, uning 
sifat tavsifi
shaxsning qaysi individual-psixologik xususiyatlari faoliyat muvaf-
faqiyatining majburiy sharti tariqasida xizmat qilishini anglatadi. 
Uning 
miqdoriy tavsifi
esa faoliyatga qo‘yiladigan talablarga shaxs 
tomonidan qay yo‘sinda bajarish imkoniyati mavjudligini bildirib, 
ya’ni mazkur inson boshqa odamlarga qaraganda malaka, bilimlardan 
nechog‘lik tez, yengil, puxta foydalana olishini namoyish qiladi. 
Qobiliyatlar sifatida ro‘yobga chiqadigan psixik xislatlar majmua-
sining tuzilishi yaqqol va alohida faoliyat talabi bilan belgilanganligi 
tufayli har qaysi turdagi faoliyatlar uchun o‘ziga xos tarzdagi 
ko‘rinishga ega. Bulardan ayrimlari haqida to‘xtalib o‘tamiz:
Matematik qobiliyat
ga matematik materiallarni umumlashtirish, 
mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish-amallarni 
kamaytirish, masalani idrok qilish bilan natijasi o‘rtasida aloqa 
o‘rnatish, to‘g‘ri va teskari fikr yuritishdan yengilga o‘tishlik, masala 
yechishda fikr yuritishning epchilligi kabilar kiradi.
Adabiy qobiliyat
esa nafosat hislarining yuksak taraqqiyot darajasi, 
xotirada yorqin ko‘rgazmali obrazlarning jonliligi, “til zehni”, behisob 
xayolot, ruhiyatga qiziquvchanlik, o‘zi ifodalashga intiluvchanlik 
va boshqalarni o‘zida ifodalaydi. Ajratib ko‘rsatilgan qobiliyatlar 
tarkibidan ko‘rinib turibdiki, matematik va adabiy qobiliyatlar o‘zaro 
bir-biriga o‘xshamagan talablari bilan tafovutga egadir. Bundan 
shunday xulosa chiqarish mumkinki, 
pedagogik, tibbiy, musiqaviy, 
texnik 
qobiliyatlar va shunga o‘xshash qobiliyatlar tuzilishi maxsus 
xususiyatga ega bo‘lib, kasbiy ahamiyat kasb etishi mumkin. 
Umumiy qobiliyatlar
(sifatlar)ni maxsus qobiliyat (sifat)larga 
zid tarzda tushuntirish mumkin emas. Chunki shaxsning umumiy 
qobiliyatlari maxsus qobiliyatlarni hosil qiluvchi omillardan iborat. 
Maxsus qobiliyatlar
ko‘lam jihatdan torroq bo‘lishiga qaramay, 
chuqurroq mohiyatni o‘zida mujassamlashtiradi. 
Rus olimi I.P.Pavlov o‘z ta’limotida 
“badiiy”, “fikrlovchi”, “o‘rta”
tiplarga ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taalluqli 
ekanligini tavsiflab beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda 
oliy nerv faoliyatining birinchi va ikkinchi signal sistemasidan 
iboratligi to‘g‘risidagi ta’limotiga asoslanadi. Birinchi signallar va 


207
ikkinchi signallar sistemasi esa obrazlar haqida so‘zlar orqali signal 
berishdan iboratdir. Ikkinchi signallar sistemasi I.P.Pavlov tomonidan 
“signallarning signali” deb nomlangan edi. Ushbu tipologiyani 
osonroq qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:
− shaxs psixik faoliyatida birinchi signallar sistemasining signal-
lari nisbatan ustunlik qilsa inson 
“badiiy”
tipga taalluqli bo‘lib, ular 
uchun bevosita taassurot, jonli tasavvur, yorqin idrok, his-tuyg‘ular 
(emotsiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi 
xosdir; 
− mabodo «signallarning signali» nisbatan ustuvor bo‘lsa – bu shaxs 
“fikrlovchi tipga”
munosib bo‘lib, ular uchun, mavhum, mantiqiy 
tuzilmalar, nazariy mulohazalar va metodologik muammolarning 
ustunligi muvofiqdir;
− agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo‘lsa, (birortasining 
ustunligi sezilmasa) – bu inson
”o‘rta tipga”
mansub odamdir. 
− Psixologiyada ko‘proq qobiliyat tushunchasi aql-zakovat, ya’ni 
intellekt 
tushunchasi bilan bog‘lab o‘rganiladi.
Intellekt
(lot. “intellectus” – tushunish, bilish, “intellectum” – aql)
aql-idrokning shunday bo‘lagiki, uni o‘lchab, o‘zgartirib, rivojlantirib 
boriladi. Bu intellekt va u bilan bog‘liq qobiliyatlar ijtimoiy xarakterga 
ega ekanligidan darak beradi. Qobiliyatlar va intellektga bevosita 
tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar, yashash davri ta’sir 
ko‘rsatadi.
Govard Gardner “Intellektning xilma-xilligi” nazariyasida intellekt 
bu turli-tuman qobiliyatlardan tashkil topgan shunchaki hodisa emas, 
balki aksincha intellektning har xil turlari ko‘p, ulardan har qaysisi 
o‘zicha muhim va boshqalardan mustaqil deb ta’kidlagan edi.
G.Gardner ta’kidlaydiki, har bir odamda hech bo‘lmaganda VIII 
turi bor:
I. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin