3-jadval Xarakter xislatlari va xulq-atvor xususiyatlari № Munosabatlarning nomlanishi Xarakter xislatlari va xulq-atvor xususiyatlari 1.
Odamlarga bo‘lgan
munosabat
Muloqotmandlik, ochiqlik, aniqlik, meh-
ri bon lik, tundlik, tortinchoqlik, johillik,
kamtarinlik va b.
2.
Faoliyatga bo‘lgan
munosabat
Vijdonlilik, mehnatsevarlik, tashabbus-
kor lik, ehtiyotsizlik, mas’uliyatsizlik va b.
3. Ijtimoiy va shaxsiy mulkka
bo‘lgan munosabat
Betartiblik, tejamkorlik, ozodalik, ehti-
yot korlik va b.
4. O‘z-o‘ziga bo‘lgan
munosabat
Vazminlik, talabchanlik, o‘zini sevish,
o‘ziga ishonchlilik, xudbinlik va b.
Psixologiyada xarakter xislatlarining paydo bo‘lish shartlarida
organizmning nasliy xususiyatlari (
biologik qonuniyatlari ) asos
bo‘lsada, ammo u
ijtimoiy qonuniyatlar bilan tavsiflanadi. Ushbu
200
masalani irsiyatga bog‘lab tushuntirish gomozigot egizaklarni
o‘rganish orqali inkor qilinadi, chunki ularning nasliy xususiyatlari
aynan bir xildir. Ular temperament xususiyatlari bo‘yicha tubdan
o‘xshash bo‘lsalarda, lekin xarakter xislatlariga ko‘ra bir-biridan
keskin farq qiladilar. Shuning uchun xarakterning shaxs turmush
sharoitiga bog‘liqligini uning fiziologik asosi ham, tashqi taassurotlar
tizimi tufayli vujudga keladigan shartli reflektor funksional holati
ham tasdiqlaydi.
Xarakter tarkib topishi muayyan qonuniyatlar ta’sirida amalga
oshib, uning har bir xislati shaxs munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi,
ular o‘z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Nasliy
xususiyatlari bir xil egizaklarda turlicha ijtimoiy muhitda har xil
xarakter xislatlari shakllanishi tadqiqotlarda isbotlangan. Shu
sababdan ijtimoiy tuzimni tavsiflovchi keng ijtimoiy munosabatlar
shaxsning ijtimoiy tipik xususiyatlarigina emas, balki xarakterning
individual xususiyatlari (xislatlari) tarkib topishiga ham katta ta’sir
o‘tkazadi. Ijtimoiy munosabatlarga bevosita yoki bilvosita bog‘liq
tarzda, oilada, bolalar va mehnat jamoalarida hayrihoxlik, o‘rtoqlik,
o‘zaro yordamlashish, hamkorlik yoki, aksincha, johillik, zolimlik,
badjahllik kabi shaxslararo munosabatlar tarkib topa boshlaydi.
Oilaviy muhit, undagi shaxslararo munosabatlar, farzandlarning
miqdori, yoshidagi farqi, nizoli vaziyatlarning ko‘rinishi, ota-
ona munosabatiga asoslangan holda xarakterning o‘ziga xos
xususiyatlari shakllantirilsa, bolalar bog‘chasidagi, maktabdagi
shaxslararo munosabatlar ham xarakterning maxsus xislatlarini tarkib
toptiradi. Mehnat jamoalarida, norasmiy guruhlarda ham xarakter
xususiyatlarida sezilarli o‘zgarishlar yuzaga kelib, ilk yoshlik davrida
esa shakllangan xarakter xislatlari nihoyat darajada barqaror bo‘lib,
ularga ayrim o‘zgarishlar kiritish juda qiyin kechadi. Shaxsda
mayllarning qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan bog‘liq holda
tarkib topgan munosabatlar o‘zining mustahkamligi bilan ajralib
turadi. Xarakter xislatlarining chuqurligi, barqarorligi, doimiyligi
ko‘p jihatdan shaxs munosabatlarining onglilik darajasiga bog‘liq.
Insonning haqqoniylik, mehnatsevarlik xislatlari tasodifiy tarkib
topmagan bo‘lib, uning ongli qarashlariga, ishonch aqidalariga mos
tushsa, u holda har qanday qiyin holatlarda ham namoyon bo‘laveradi.
201
Xarakter bilan temperamentning o‘zaro munosabati ularni
fiziologik asoslari bilan belgilanadi. Xarakter xususiyatlarining tashqi
jihatdan namoyon bo‘lib aynan shu tarzda muayyan vaqt mobaynida
kechishi