Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

6.4. Xarakter
Xarakter
– ijtimoiy muhit ta’sirida tarkib topib, shaxsning atrofdagi 
voqelikka va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatida ifodalanadigan, 
muayyan sharoitda tipik xulq-atvor usullarini belgilab beradigan 
barqaror individual psixik xususiyatlar yig‘indisidir. Xarakter tug‘ma, 
o‘zgarmaydigan xususiyat emas. U kishining hayot sharoitlariga 
bog‘liq holda tarkib topib, o‘zgaruvchan va tarbiyalanuvchandir. 
Maxsus sharoitda ta’lim-tarbiya ta’sirida salbiy xarakter xususiyatlarini 
bartaraf qilish, ijobiy xarakter xususiyat (xislat)larini shakllantirish 
mumkin. 
Psixologiya fanida xarakterni tahlil qilishning o‘ziga xos tizimi 
mavjudki, bu psixologik tuzilishning qonuniyatlari, tipologiyasi 
va rivojlanishini ifoda etadi. Shu bois, psixologiyada xarakterni 
psixologik tadqiq etish 
xarakterologiya
ning asosiy predmeti 
hisoblanadi.
Mazkur tushunchaning etimologiyasiga e’tibor qaratadigan 
bo‘lsak, xarakterologiya 
(grek. “characterology”, “character” – 
xislat, belgi, alomat, nishon, xususiyat, “logos” – fan, ta’limot)
– 
xarakter va uning mohiyati, strukturasi, tarkib topishi va rivojlanishi 
haqidagi ta’limotdir.
Xarakterologiyaga oid bilimlarga amalda qadimdan ehtiyoj sezilib 
kelingan ekan. Masalan, quldor bozordan qul sotib olish jarayonida 
uning jismoniy xususiyatlari haqida turli xatti-harakatlarni bajartirish 
tarzida ma’lumotga ega bo‘lganlar, lekin u o‘zining bo‘lajak quli 
itoatkor yoki bo‘ysunmaydigan, soddadil yoki ayyor, mehnatkash 
198
yoki dangasa kabi xarakter xislatlari haqida ma’lumotga ega bo‘la 
olmaganlar. Shuning uchun, quldorlik jamiyati sharoitlarida xaridor 
bo‘lajak qulining xarakterini aniqlashning turli tizimiga amaliy 
ehtiyoj sezganligidan dalolat beradi.
Psixologiya tarixida xarakterologiyaga oid dastlabki ma’lumotlar 
odamning bosh suyagi va tana hamda yuz tuzilishiga bog‘lab aniqlash 
orqali tarkib topgan (Aflotun, Arastu, Abul-Faraj Bar Ebrey, Iogann 
Kaspar Lafater, Frans Gall, Charlz Darvin).
Aflotun va Arastu kishi xarakterini uning aft-angoriga qarab 
aniqlash nazariyasi asoschilari hisoblanadilar. Ular kishi tashqi 
ko‘rinishida biron bir hayvonga o‘xshashlik belgilarini topib, so‘ngra 
uning xarakterini ana shu hayvonniki bilan bir xil, deb tavsiflaganlar. 
Jumladan, Arastuning fikricha, buqaniki singari yo‘g‘on burun 
dangasalikni, cho‘chqanikiga o‘xshash teshiklari katta va keng burun 
axmoqlikni, arslonniki kabi burun mag‘rurlikni, quyonlarniki singari 
tukning mayinligi qo‘rqoqlikni, sher va yovvoyi cho‘chqaniki kabi 
tukning dag‘alligi botirlikni anglatadi. Shunga o‘xshash nazariyalar 
O‘rta asr Suriya yozuvchisi Abul-Faraj Bar Ebrey asarlarida ham 
uchraydi.
XVIII asrda Iogann Kaspar Lafaterning fiziologik tizimi mashhur 
bo‘lib ketdi. U inson bosh suyagining konfiguratsiyasi va imo-
ishorasini o‘rganish kishi xarakterini aniqlashning asosiy yo‘li, deb 
hisoblaydi.
Keyinchalik xarakterologik ta’limot nemis shifokori Frans 
Gallning nomi bilan bog‘liq frenologiya degan nom oldi. Frans Gall 
fikricha, inson bosh suyagining bo‘rtiq joylarini ushlab ko‘rib, uning 
ruhiy belgilarini aniqlash mumkin.
Charlz Darvinning yuz ifodasining tavsiflanishi, uning yumshoq 
to‘qimalari holatiga bog‘langan fiziognomik ta’limoti xarakterologiya 
sohasida ko‘pgina psixologlarning izlanishlari uchun asos bo‘ldi.
Xarakterni o‘rganishda tashqi ko‘rinish ma’lum ahamiyatga ega 
bo‘lsada, biroq shaxsning tashqi qiyofasi uning xarakterologiyasida 
batafsil ma’lumotlar manbai bo‘la olmaydi.
Keyinchalik fan olami rivojlanishining turli bosqichlarida
shaxsning xarakterologik xususiyatlarini o‘rganishda faoliyat va 


199
munosabatlar tizimi hamda boshqa psixik xususiyatlarni tadqiq etish 
borasidagi ilmiy izlanish va munozaralar ham xarakterga oid turli xil 
yondashuvlarning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Xarakterda o‘zlashtirilayotgan hayotiy timsollar shaxsning 
xulq-atvori va faoliyatida ijtimoiy-psixologik xususiyatlar sifatida 
tarkib topishni ta’minlovchi psixologik vositalar inson “Men”ining 
tavsiflovchi poydevori hisoblanadi. 
Xarakter temperament (mijoz)dan farqli o‘laroq hayotda, muo-
mala va hamkorlikdagi faoliyat jarayonida vujudga kelishi va 
shakllanishida farq qiladi. Xarakter xislatlari to‘rtta yirik tizimga 
ajratiladi. Bu xususiyatlar insonning munosabatlarida aks etgan 
bo‘lib, ular quyidagi 3-jadvalda keltirilgan.
Bunday xarakter xususiyatlarini o‘quvchi va talabalarda shaklla-
nishi va namoyon bo‘lishi o‘qish faoliyatini amalga oshirayotgan 
jamoada, oilada, norasmiy guruhlarda kuzatiladi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin