Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Muloqotning perseptiv jihati



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Muloqotning perseptiv jihati
.
Muloqotning ushbu jihatida bir 
kishining ikkinchi kishi tomonidan idrok qilinishi, tushunishi, 
baholanishi kuzatiladi. 
Muloqotning mazkur jihatida psixologik 
effektlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular inson tabiatini va 
uning psixikasi xususiyatlarini chuqur tushunishga imkon beradi. 
Bu bilimlarni amaliyotda qo‘llash esa o‘z-o‘zini rivojlantirishga, 
shaxslararo munosabatning yaxshilanishiga yordam beradi.
Biz quyida ayrim psixologik effektlar haqida to‘xtalib o‘tamiz:
Identifikatsiya
(aynan o‘xshatish). 
Bunda kishi hamkorlikda 
harakat qilish vaziyatida sherigi o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rib, uning 
ichki holati, niyatlari, o‘y-fikrlari, xohish-istaklari haqida taxmin 
qilinadi, bunda ular anglanilgan yoki anglanilmagan bo‘lishi mumkin 
Refleksiyada
kishi idrok etish subyekti sifatida o‘ziga nisbatan 
sherigining munosabati anglab yetiladi. Bunda idrok qilinayotgan 
shaxsning o‘rniga idrok qiluvchi o‘z xohishi bo‘yicha mulohaza 
290
yuritishi, uni tushunishga intilish o‘z-o‘zini anglash negizida namoyon 
bo‘ladi. Lekin kishi har doim ham muloqot jarayonida o‘zini kim 
ekanligini to‘liq anglab yetolmaydi, bu esa uning o‘zi qilgan xatti-
harakatlari sabablarini boshqalarga to‘nkashga majbur qiladi. 
Kauzal atributsiya 
kishi o‘z xatti-harakatlari sabablarini, 
niyatlarini, o‘y-fikrlarini, xulq-atvor motivlarini boshqa kishilarga 
to‘nkash orqali tushuntirishidir.
 
Stereotiplashtirish
kishilarga, ijtimoiy guruh a’zolariga nisbatan 
berilgan xislatlarni hozirgacha ma’lum bo‘lgan ijtimoiy qoliplarga 
mos tarzda ommaviy tarzda yoyish, tavsif berish va baholash 
Oreol effekti
shaxs muloqot jarayonida o‘z obyektiga nisbatan 
ijobiy taassurotga ega bo‘lsa, subyektga ma’lum bo‘lmagan 
fazilatlarini ijobiy baholashga yoki aksincha, obyekt salbiy taassurot 
qoldirgan bo‘lsa, subyektga ma’lum bo‘lmagan xislatlarini salbiy 
baholashidir 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin