9.1.6-rasm Agar qo‘l berib ko‘rishishda qaysi tomonning qo‘li tepada bo‘lsa
o‘sha odam
ustunlik, pastda bo‘lsa o‘sha odam
bo‘ysunuvchanlik, vertikal, to‘g‘ri holatda bo‘lsa
tenglik holati bo‘ladi.
Shunday qilib, biz odatiy, tabiiy deb idrok qiladigan faoliyatimiz
bo‘lgan – muloqotda ham ko‘plab sirlar va o‘ziga xos nozik tomonlar
borki, ularning barchasi bizdan muloqotdagi bilimdonlikni va
o‘zgalarga va o‘zimizga e’tiborliroq bo‘lishimizni talab qiladi.
Shu o‘rinda aytish joizki, muloqot jarayonining samarasi
suhbatdoshni
tinglay olish ga ham bog‘liq. Muloqotga o‘rgatishning
muhim yo‘nalishlaridan biri – odamlarni faol tinglashga, bunda
barcha paralingvistik va noverbal omillardan o‘rinli foydalanishga
o‘rgatishdir.
Tinglash texnikasiga quyidagilar kiradi:
Empatik tinglash Empatiya (ingl.empathy – hamdardlik, o‘zini boshqaning o‘rniga
qo‘ya olish mahorati) – bu insonning boshqalarning kechinma va
286
his-tuyg‘ulariga nisbatan emotsional javob bera olish qobiliyatidir.
Empatiyani namoyon qilishning 3 varianti mavjud: empatik
ta’sirlanish (kuzatish orqali boshqa insonda namoyon bo‘layotgan
emotsiyalarga o‘xshash emotsional ta’sirlarni boshdan kechirish),
boshqa nuqtayi nazarni qabul qilish (o‘zini boshqaning o‘rnida
tasavvur etish), simpatik ta’sirlanish (boshqa insonning his-tuyg‘usini
tushunish g‘amho‘rlik, jonkuyarlik, rahmdillikni yuzaga keltirishi).
Empatik tinglash qoidalari: – qalbni o‘z kechinmalari va muammolaridan ozod qilish,
suhbatdosh haqida noto‘g‘ri fikrlardan voz kechish, uning his-
tuyg‘ularini qabul qilishga intilish muhim;
–
suhbatdoshining so‘zlariga nisbatan ta’sirlanishda uning
kechinmalari, his-tuyg‘ularini aniq aks ettirish, nafaqat to‘g‘ri idrok
etganligini, balki tushungan va qabul qilganligini ham namoyon qilish
zarur;
– suhbatdoshning his-tuyg‘ularini aks ettirish uning harakatlari va
yashirin xulq-atvor motivlarini izohlashsiz amalga oshirilish zarur,
unga shu his-tuyg‘ularning sabablari haqida o‘z fikrini tushuntirish
shart emas;
– pauzani ushlash muhim, qo‘shimcha mulohaza va sharhlarga
shoshish kerak emas. Bunda qoidaga ko‘ra maslahat, nasihat, tanqid,
baho berilmaydi.