2. Maple 6 tizimi komandasining umumiy ko'rinishi va tarkibiy qismlari Maple 6 tizimining ixtiyoriy komandasiga murojaat qilishning standart ko'rinishi quyidagichadir:
komanda(par1, par2, ... , par n); yoki komanda(par1, par2, ... , par n): komanda – qo'llaniladigan funksiya nomi, par1, par2, ... , par n lar o'zgaruvchi, ifoda, funksiya bo'lishi mumkin va berilgan ifoda turiga mos bo'lishi kerak. Komanda ; bilan tugasa, komanda bajargan natija chiqarish maydoniga yoziladi, : bilan tugasa – yozilmaydi.
Ba'zi bir komandalarning aktiv hamda passiv for-masi mavjud. Komanda passiv formasining asl maqsadi, komanda mazmunining matematik ifodasini belgilash uchun ishlatiladi. Lekin uning natijasini value(<o'zgaruvchi>) komandasi orqali ko'rish mumkin.
Maple 6 yadrosida mavjud bo'lgan komandalarga har doim murojaat qilib natijani olish mumkin. Yadroda mavjud bo'lmagan komandalarni qo'llash uchun ular mavjud bo'lgan paket yoki bibliotekaga murojaat qilish kerak:
with (
) – paketga murojaat qilish,
readlib() – bibliotekaga murojaat qilish.
3. Soddalashtirish komandasi
Ifodani soddalashtirish komandasining nomi simplify ko'rinishda bo'ladi. Bu komanda tarkibida trigonometrik, teskari trigonometrik, logarifmik, eksponensial va boshqa elementar funksiyalar qatnashgan algebraik ifodani soddalashtirish uchun mo'ljallangan. Komandaning bir necha xil ko'rinishlari mavjud bo'lib, eng sodda ko'rinishi quyidagichadir:
simplify() Komandaning bu ko'rinishi berilgan ifodadagi barcha funksiyalar sinfiga nisbatan soddalashtirish algoritmlarini qo'llaydi. Komandaning aynan bir funksiyalar sinfiga nisbatan soddalashtrish variantlari: simplify/sqrt, simplify/exp, simplify/ln, simplify/trig, simplify/radical, simplify/power va h.k. lar to'g'risida ma'lumot olish uchun kerakli variantni yozib, kursorni uning ostiga keltirib, F1 tugmani bosish kerak. Komandani aynan biror soddalashtirish algoritmiga nisbatan qo'llash uchun simplify(, n1, n2, ... ) ko'rinishda ishlatish kerak. Bunda n1, n2, ... soddalashtirish proseduralari: Ei, GAMMA, RootOf, @, hypergeoxn, ln, polar, power, radical, sqrt, trignomlaridan iborat bo'lishi mumkin. Soddalashtirish proseduralari to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishi uchun ? simplify[] komandasini yozish kerak. Bunda soddalashtirish prosedurasining nomi. Ifodani soddalashtirish jarayonida, o'zgaruvchilarning turini yoki aniqlanish sohasini ko'rsatish mumkin. Buning uchun komanda simplify(, assumeq) ko'rinishda bo'lib, xususiyat – complex, real, positive, integer, RealRange(a,b) lardan biri bo'lishi mumkin.