PEDAGOGIK KONFLIKTOLOGIYA MODULI BO`YICHA O`QUV-MAVZU REJASI
№
|
Mavzular
|
Jami
|
Ma`ruza
|
Seminar
|
Amaliy mashg`ulot
|
1
|
«Pedagogik konfliktologiya» fanining mazmuni, mohiyati va ta`lim-tarbiya jarayonida tutgan o`rni
|
6
|
2
|
2
|
2
|
2
|
Pedagogik konfliktologiyaning fanlar tizimida tutgan o`rni
|
2
|
2
|
|
|
3
|
Pedagogik konfliktlarning oldini olish
|
2
|
2
|
|
|
4
|
Pedagogik konfliktlarni boshqarishning texnologiyasi
|
4
|
2
|
|
2
|
5
|
Pedagogik konfliktlarni boshqarishda pedagogning roli
|
4
|
2
|
2
|
|
6
|
Pedagogik konfliktlarning xususiyatlari va ularni hal qilish
|
2
|
2
|
|
|
7
|
Shaxs ichidagi va shaxslararo konfliktlar
|
4
|
2
|
2
|
|
8
|
O`qituvchi va o`quvchining nuqtai nazarlarining yaqinlashuvlari va bir-birlarini tushunish yo`llari
|
4
|
2
|
|
2
|
9
|
Ta`lim-tarbiya jarayonidagi o`zaro pedagogik munosabat
|
4
|
|
2
|
2
|
Jami
|
32
|
16
|
8
|
8
|
1 – mavzu. «Pedagogik konfliktologiya» fanining mazmuni, mohiyati va ta`lim-tarbiya jarayonida tutgan o`rni
Ma’ruza mashg’ulotning texnologik modeli
Ma’ruzaga ajratilgan
vaqt – 2 soat
|
Tinglovchilar soni –
|
O’quv mashg’ulotining shakli:
|
Ma’lumotli ma’ruza
|
O’quv mashg’ulotining tuzilishi:
|
Konfliktologiya ilmiy bilimlarning sohasi sifatida. Konfliktologiya inson haqidagi fanlar tizimida. Konflikt rivojlanishining asosiy pog`onalari. Konfliktologiyaning sotsiologiya, pedagogika va psixologiya fanlar bilan o`zaro aloqasi. Pedagogiga konfliktologiya o`quv fani sifatida
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi:
|
Tinglovchilarga Pedagogik konfliktologiya fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi to’g’risida ma’lumot berish.
|
Pedagogik vazifalar:
Mavzuni sharhlash.
Mavzuning asosiy maqsadini yoritib berish.
Turli nazariyalar bilan tanishtirish.
Tayanch tushunchalarni mazmunini yoritib berish.
Mavzuni rejalar bo’yicha mazmunini yoritib berish.
|
O’quv faoliyatining natijalari:
Mavzudagi asosiy tushunchalarni aytib berish.
Pedagogik konfliktologiyaning maqsad va vazifalarihaqidagi tushunchalarga ega bo’ladi.
“Pedagogik konfliktologiya” tushunchasining ma’nosini anglash.
|
Ta’lim metodi
|
Ma’ruza, suhbat, «Debat» strategiyasi
|
Ta’limni tashkil etish shakli
|
Ma’ruza, frontal, umumjamoa
|
Didiaktik vositalar
|
Tarqatma material, doska, bo’r
|
Ta’limni tashkil etish sharoiti
|
Kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya
|
Nazorat
|
O’z-o’zini nazorat qilish.
|
Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
Bosqich vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
O’qituvchi
|
Tinglovchi
|
I-Bosqich.
O’quv mashg’ulotiga kirish
(20 min).
| -
Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotlaridan kuti-layotgan natijalar ma’lum qiladi.
«Debat» baxs mavzusi.
| -
Eshitib, yozib oladilar.
1.2. «Debat» baxs mavzusi.
|
II-Bosqich.
Asosiy bosqich. Anglash
(50 min).
|
2.1. Tinglovchilarning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun tezkor-savol javob o’tkazish.
2.2. O’qituvchi vizual mate-riallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon qiladi.
2.3. «Debat» baxs mavzusi.
2.4. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy tushunchalar bilan tanishtirish.
2.5. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat qiladi.
|
2.1. Savollarga birin-ketin javob oladi.
2.2. O’ylaydi va yozib oladi.
2.3. «Debat» baxs mavzusi.
2.4. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qila-di. Savol berib asosiy joy-larni yozib oladi.
2.5. Misollar keltiradi, eslab qoladi.
|
III-Bosqich.
YAkuniy fikrlash bosqichi
(10 min).
|
3.1. «Debat» baxs mavzusining ustunini to’ldirishni so’raydi.
3.2. «Debat» baxs mavzusini bajarish orqali tinglovchilar tasavvurlarini aniqlaydi.
3.3. Mustahkamlash uchun vazifalar beradi.
|
3.1. «Debat» baxs mavzusini mustaqil bajarib, boshqa tinglovchilarning ishlari bilan taqqoslaydi.
3.2. Topshiriqlarni yozma ravishda bajarib keladilar.
|
Tayanch konspekt
KONFLIKT – lotincha “conflictus” to’qnashuv ma’nosini bildiradi. YUridik konfliktologiya fani doirasida konflikt tushunchasi birinchi navbatda sub’ektiv huquqning turli xil tarzda buzilishini, huquq doirasida yuzaga keladigan turli xil nizoli holatlarni, fuqarolar, uyushmalar va hokimiyat tuzilmalari manfaatlari to’qnashuvini tavsiflovchi xususiyatlarni va boshqalarni aniqlash uchun qo’llaniladi.
KONFLIKT – lotincha “conflictus” to’qnashuv ma’nosini bildiradi. YUridik konfliktologiya fani doirasida konflikt tushunchasi birinchi navbatda sub’ektiv huquqning turli xil tarzda buzilishini, huquq doirasida yuzaga keladigan turli xil nizoli holatlarni, fuqarolar, uyushmalar va hokimiyat tuzilmalari manfaatlari to’qnashuvini tavsiflovchi xususiyatlarni va boshqalarni aniqlash uchun qo’llaniladi.
KONFLIKTLI VAZIYAT – ijtimoiy sub’ektlar o’rtasida real qarama-qarshilik uchun ob’ektiv tarzda negiz yaratadigan insonlar manfaatlari bilan bog’liq holatlarning jamlanishi.
KONFLIKT ESKALATSIYASI (lotincha: Ssala – “pillapoya”). Konflikt eskalatsiyasining tashqi namoyon bo’lish xususiyati, eng avvalo, kurashning jadallashuvi hisoblanadi. Konfliktlarning jadallashuvi – muayyan tinch (zo’rlik ishlatishni nazarda tutmaydigan) maqsadlarda yashirin konfliktlarni yanada oydinlashtirish va oshkora qilishdir. Konflikt eskalatsiyasi tanglik va zo’rlikning kuchayishidir.
KONFLIKT SUB’EKTI – bir-biriga nisbatan faol (hujum yoki mudofaa shaklidagi) harakatlarni amalga oshiruvchi tomonlar. Bunda konfliktli vaziyat natijasida manfaatlariga putur etgan shaxslar bilan birga, ularni ochiq yoki yashirin tarzda qo’llab quvvatlovchi tomonlar ham konflikt sub’ektlari hisoblanadi.
Diskamfort xolati – insonning ichki xissiyotlari, uylari va tuyg’ulari bilan bog`lik bulib, nimadir bulayotganligi anglanadi, ammo usha nimadir anik ta’rif etilmaydi, u anglashiladi, ammo uni suz bilan ifodalab bulmaydi.
Konflikt tabiy hodisadir. Konflikt - oddiy hol. U har kuni biz bilan hamroh, hayotimizga tegishli.
Konfliktologiya ilmiy bilimlarning sohasi sifatida
Pedagogik konfliktologiya fani hozirgi kunda barcha oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarida olib borilmoqda. Konfliktologiya fani o’quv fani sifatida etakchi o’rinni egallaydi.
Pedagogik konfliktologiya bu o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi ziddiyatlarini o’rganuvchi fandir. Zamonaviy sharoitda pedagogik konfliktologiyaning o’qitilishi o’qituvchining pedagogik madaniyatini rivojlantiradi. Pedagogik konfliktlar deganda biz o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi ta’lim jarayonida kuzatiladigan ziddiyatlar, tortishuvlar kelishmoqchmiliklar, qarama-qarshiliklarni tushunamiz. Pedagog har tomonlama o’quvchilarga bilimlarini berishi uchun avvolo o’zi tarbiyalanishi lozimdir. O’qituvchi tarbiyani aqliy, axloqiy ma’naviy estetik, jismoniy, ruhiy mehnatsevarlik, tejamkorlik turlari bilan birga bilimni o’quvchilarga etkazishi berishi uchun chiroyli nutqda ega bo’lishi o’rinlidir. Pedagog o’z mutaxassisligini puxta egallashi keng bilim doirasiga ega bo’lishi ta’lim jarayonini olib borayotgan paitdata’limni hayot bilan bog’lashi lozimdir. O’qituvchining pedagogik mahorati, qobiliyati asosan sinf auditoriya mashg’ulotlari, konferentsiyalar jonli ma’ruzalarni tushuntirishida yaqqol ko’zga tashlanadi. O’qituvchi ta’lim tarbiya jarayonini o’rgatish bilan birgalikda, tinglovchilarni ham jonli muloqotga chorlay olishi, tinglovchilarni mustaqil fikrlarini tinglay olishi, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi samimiy munosabtni ochiq ko’ngillilikni, mehr-oqibatni, hurmat-izzat asosiy maqsadga erishish uchun hamkorlik lozim. Pedagog guruh bilan ishlashda guruhdagi har bir o’quvchini temperamenti, xarakter qobiliyati, ruhiyati, oilaviy muhiti, hulq-atvorini, bilim saviyasini o’rganib, shunga qarab har bir o’quvchiga qanday yondashishni o’rganishi lozimdir. Bir guruhda 32 ta tinglovchi o’qiydigan bo’lsa har bir bolani xarakteri jihatidan farqli tomonlarini ko’rishimiz mumkin. Jamiyatda yashovchi shaxslarimiz tashqi ko’rinishlaridan gavdasini tuzilishi, ozg’in semizligi yoki boshqa belgilari yuz tuzilishlari bilan o’xshishi mumkin, lekin xarakterlari jihatdan keskin farqlanadi. Olimlarimiz o’z tajribalarida shuni aniqladiki bitta tuxumda rivojlangan egizaklarimiz ham tashqi ko’rinishdan bir-birlariga juda o’xshasalarda lekin xarakter xususiyatlariga ko’ra farqlanadi. Masalan, biri qiziqqon ko’p narsalarni o’zlashtirishga harakat qilishi kirishuvchanligi bilan farqlansa ikkinchisi tabiatan og’ir suragan savolaga javob beruvchi bo’lishi mumkin. Endi guruh misolida to’xtalar ekanmiz, har bir guruhda iqtidorli, talantli qiziquvchan yoshlar bilan bir qatorda layoqatsiz qobiliyati jihatidan sust, yoki tabiatan og’ir kamgap va serjahl qiziqquvchan o’quvchilar ham buladi. Guruh rahbarining asosiy vazifasi har tomonlama etuk barkamol shaxslarni tarbiyalashda yangi kadrlarni tarbiyalab berishdir. Pedagog o’quvchilar bilan ishlash jarayonida ularga yakka individual yoki kompleks holatlarida yondashmog’i lozimdir. Sinf yoki aiditoriyalardagi dars jarayoniga e’tiborimizni qaratsa, ayrim tinglovchilar berilayotgan ma’lumotni birdaniga o’zlashtira olmaydilar, bunday hollarda albatta pedagog ta’lim jarayonida individuallikka tayanishi mumkin.
Sinf rahbarining kompleks yondashishi pedagog o’z navbatida ota-onalari bilan hamkorlikda bo’lishi, ko’proq ota-onalar bilan muloqotda bo’lib, sinf majlislarida echilayotgan masalalarni ota-onalarni ham fikrlarini inobatga olishi lozimdi. Agar o’qituvchi tomonidan yuqoridagi fikrlarga e’tibor qaratilsa, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi konflikt paydo bo’lishibartarf etiladi. O’quvchi ham o’qituvchiga nisbatan samimiy munosabatda bo’lishi, hurmatini joyiga qo’yishi kerak. O’qituvchi va o’quvchi o’rtasida ma’lum bir masofa kontakt bo’lishi lozimdir. Hozirgi kunda ta’lim muassasalarida kontakt masofani yo’qolib ketayotganligini ko’rishimiz mumkin.
Konfliktologiya fani pedagogika, psixoloya, valelogiya, umumiy pedagogika, ma’naviyat va sotsiologiya fanlari bilan bevosita bog’liq va shu fanlar bilan birgalikda hamkorlikda ish olib boradi va o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalaydi. Pedagogika fani ta’lim va tarbiya jarayonida o’rganadi. SHunday ekan bevosita biz konfliktologiya fani orqali ta’lim tarbiya jarayonidagi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatlarini ziddiyatlarni o’rganamiz. Konfliktologiya pedagogika fanlari bir-birini to’ldirib boradi. Psixologiya kursida biz psixik jarayonlar psixologik holatlar shaxsning individual xususiyatlarini o’rganadi. Pedagog psixoloiya kursini mukammal darajada o’zlashtirgan bo’lsa, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi konfliktlar mutloqa bartaraf etilar edi. Xulosa qilib aytganda konfliktlogiya shu fanlar bilan birgalikda o’qituvchi va o’quvchi o’rtasidagi munosabatlarini muloqot jarayonida bir-birlarini tushunishlari idrok qilishlarini o’rganadi. Dars jarayonini samarali olib borilishi o’quvchilar o’qituvchini mavzu yuzasidan tinglovchilarni erkin fikrlarni o’qituvchi tinchlay olishidir.
Konflikt hozirgi zamonga eng ko’p darajada xos bo’lgan tushunchadir.
Ijtimoiy konfliktlar kundalik hayotimizda real voqelikka aylandi. Turli mamlakatlarda shaxtyorlarning ish tashlashlari, siyosiy rahbarlar va partiyalarning o’zaro kurashi, millatlararo va hududiy nifoqlar, jinoyatchilik dunyosidagi «echimlar» deyarli doim odamlarni o’ylantirib qo’ymoqda, davlat va jamiyat hayotida butunlay yangi muammolarni yuzaga keltirmoqda. Kishilar konfliktlar bilan tinimsiz «kurash olib boradilar», biroq ular kamaymay, balki ortib bormoqda. Ro’y berayotgan iqtisodiy, siyosiy va huquqiy institutlarning qayta tashkil etilishi turli-tuman konfliktlarning avj olish tendentsiyalarining o’zgarishiga hozircha jiddiy ta’sir ko’rsatgani yo’q.
Buyuk Britaniyalik konfliktolog tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha, «Hozirda konfliktlarni hal qilishga ko’p kuch-g’ayrat sarflanmoqda. XX asr 80-yillarining oxiriga qadar bo’lib o’tgan urushlarning aksariyati mamlakatlar o’rtasida yuz bergan. Endilikda urushlarning ko’pchiligi fuqarolik va o’zaro urushlar bo’lib, qurbonlarning ko’pi tinch aholiga to’g’ri keladi. Ayni paytda ko’pincha erkaklar nobud bo’ladi, «bedarak yo’qoladi» yoki harbiy harakatlarda qatnashishga majbur bo’ladilar, ayollar, keksalar va bolalar ko’chib yurishga yoki qochoq bo’lishga majbur bo’ladilar.
Ko’pchilik bu holatni dunyoda «bipolyar» tartib inqirozidan so’ng sovuq urushning tugashi hamda millatchilik va etnik o’z-o’zini anglashning tug’ilishi bilan tushuntiradilar. Sobiq Sovet Ittifoqi ta’sirining yo’qolishi ham kapitalizmning mavqeini ortishiga olib keldi, bu esa kishilarning demokratik jamiyatlar va iqtisodiy tizimlarni qurish yo’lidagi intilishlariga o’z ta’sirini ko’rsatdi.
Keyingi vaqtda Butun jahon banki va Xalqaro valuta jamg’armasi kabi xalqaro moliya institutlari ham qashshoq, ham boy mamlakatlarning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida hal qiluvchi rol o’ynay boshladilar. Iqtisodning erkinlashuvi ko’pincha bu mamlakatlar ichkarisida ziddiyatlar va konfliktlarni chuqurlashtirdi. Ichki konfliktlar sonining ortishi ularning globallashuvi bilan birgalikda ularni alohida buyuk davlatlar nazoratidan chiqib ketishiga olib keldi, shuningdek, harbiy diktatura, siyosiy korruptsiya va iqtisodning kriminallashuvi kabi o’zaro bog’liq tendentsiyalar chuqurlashuvining natijasi bo’lib qoldi.
Bunga javoban majburiy konfliktlarni kamaytirish uchun ko’pgina amaliy va tadqiqotchilik tashabbuslari paydo bo’ldi. Hukumatlar ham, fuqarolik jamiyati ham ko’p sohalarda taraqqiyotga halaqit beruvchi yoki uni umuman to’xtatib qo’yuvchi muammolarning echimini topishga urina boshladi. YAngi tadqiqotlar paydo bo’ldi va yangi atamalarni ishlab chiqish yuzasidan ishlar olib borildi”.
Konfliktologiya inson haqidagi fanlar tizimida. Konflikt rivojlanishining asosiy pog`onalari
Hozirgi zamon fani insoniyatning tarixiy o’tmishiga nazar tashlar ekan, konfliktni hamisha ijtimoiy taraqqiyotning doimiy yo’ldoshi ekanligiga shubha qilmaydi, chunki odamlar bor joyda konfliktlar mavjud bo’lgan va bo’laveradi. ijtimoiy hayotda konfliktlarning tutgan o’rni va keng tarqalganligi uzoq o’tmishda ham e’tiborni o’ziga tortgan.
O’tgan asrlarda ijod qilgan faylasuflar, tarixchilar, yozuvchilarning asarlarida, afsonalarida va g’oyalarida vujudga kelishi ehtimol bo’lgan konfliktlarning yuzaga kelish sabablari va ularni tugatish yo’llari haqida muayyan fikrlar bildirilgan. o’tmishda konfliktlarni hal etishning asosiy usuli sifatida urug’-qabila oqsoqollari, dohiylarining yakka hokimligi tushunilgan. biroq ilk davlatchilik tuzilmalarining vujudga kelishi har doim ham jamiyatda uyg’unlikka olib kelmagan, ba’zida ijtimoiy notenglikni keskinlashtirgan, konfliktlarni yaqqol namoyon etgan va kuchaytirgan. shu bois asrlar davomida insonlar urushlar bo’lmaydigan, nizolar va adovat barham topadigan mukammal kelajakka ishonch hissi bilan yashaganlar.
Qadimgi yunon faylasuflari birinchilardan bo’lib ijtimoiy konfliktlarning tabiatini to’g’ri tushunishga uringanlar. Mashhur qadimgi faylasuf-dialektik olim geraklit (er.av. 530-470 y.y.) Urushlar va ijtimoiy konfliktlar haqidagi fikrlarini borliqning tabiatiga bo’lgan qarashlarning umumiy tizimi bilan bog’lashga harakat qilgan. Uning fikricha, «koinotda hukm suruvchi yagona umumiy qonun - bu urushdir, u hamma narsaning otasi va shohidir. U kimlarnidir xudolar va kimlarnidir insonlar qilib yaratadi, insonlarining ba’zilarini qul, boshqalarini erkin qilib belgilaydi. Hamma narsa, shu jumladan inson muloqoti normalari ham abadiy aylanma harakat va bir-biriga aylanish ta’sirida bo’ladi. Dunyoda barcha narsa adovat va nifoq orqali tug’iladi»1. Geraklitning bu so’zlari ijtimoiy taraqqiyot jarayonida kurashning ijobiy rolini to’g’ri asoslashga bo’lgan dastlabki urinishlardan biri ekanligini ko’rsatadi. Konfliktlar o’zining yangi xususiyati bilan ijtimoiy hayotning muhim atributi, ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim va zarur sharti sifatida namoyon bo’ladi. Geraklitning konfliktlar va kurash barcha narsaning asosi sifatida hisoblanishi haqidagi g’oyalari boshqa qadimgi faylasuf-materialist - epikur (er.av. 341-270 y.y.) Tomonidan rivojlantirildi, ayni paytda u to’qnashuvlarning salbiy oqibatlari qachonlardir insonlarni doimiy tinch-totuv sharoitda yashashga majbur qiladi deb hisoblagan. Shunday qilib, jamiyatning konfliktsiz holatda bo’lishi haqidagi g’oyalar dastlabki nazariy xulosalar bilan to’ldirildi.
Xristian falsafasi o’z rivojining dastlabki bosqichida insonlar o’rtasida tinchlik, hamjihatlik, qardoshlikning afzalligini isbotlashga harakat qilgan. Ii-iii asrlar arafasida kliment aleksandriyskiy origen va tertullion qurolli to’qnashuvlarga qarshi qaratilgan nazariy fikrlarni rivojlantirganlar, biroq ular tarixiy taraqqiyot tabiiy jarayoniga jiddiy ta’sir ko’rsata olmaganlar.
iu asrning boshiga kelib, «iso ta’limoti»ning urushlar bilan sig’isha olmasligi haqidagi tamoyiliga shubha bilan qaraldi. O’rta asrlardan yangi davrga o’tishda farbiy va markaziy evropa mamlakatlarida sodir bo’lgan madaniy va g’oyaviy rivojlanish davrida ijtimoiy konfliktlarga murakkab va o’ta ziddiyatli baholar berildi. Bu davrda taraqqiyparvar olimlardan t.mor, e.rotterdamskiy, f.rabl va f.bekonlar ijtimoiy to’qnashuvlarni hamda qurolli konfliktlarni keskin qoralaganlar.
Konfliktlar tabiati haqidagi ingliz faylasufi frensis bekon (1561-1626) tomonidan bildirilgan fikrlar ham o’ziga xosdir. U birinchi bo’lib mamlakat ichkarisidagi ijtimoiy konfliktlar sabablari majmuini chuqur nazariy tahlil qildi, ijtimoiy tartibsizliklarning moddiy, siyosiy, ruhiy sharoitlarini hamda ularni bartaraf qilish usullarini qarab chiqdi. U ijtimoiy tartibsizliklarni yuzaga kelishida moddiy sabablarning hal qiluvchi rolini chuqur anglab etdi. Shulardan biri xalqning nochor moddiy ahvoli hisoblanadi.
F.bekon konfliktlarni oldini olishning muayyan vositalariga ham e’tibor qaratgan. U ijtimoiy konfliktlarning moddiy sabablarini mumkin bo’lgan barcha usullar bilan, ular ichida alohida o’ringa ega bo’lgan jamiyatdagi ayrim tabaqalarning qoniqarsiz ahvolini mumkin qadar barcha vositalar bilan bartaraf qilish zarurligini ta’kidlagan.
Bu davrda xvii asr ingliz demokratlari va frantsuz ma’rifatparvarlari d.pristli, sh.monteske, d.didro, j.j.russo va volter qurolli konfliktlarni, bosqinchilik hamda zo’rlikni keskin tanqid qilib chiqdilar. Ular qurolli konfliktlarga «yovvoyi davr» qoldig’i deb qaraganlar va feodal tuzum asoslarini tugatish «abadiy tinchlik»ka olib keladi deb o’ylaganlar. Shu sababli bu davrdagi asarlarda jamiyat hayotini tashkil etishning oqilona shakllarini axtarishga, davlat tuzilishining eskirgan shakllarida ildiz otgan ijtimoiy konfliktlar sabablarini tugatishga ko’p e’tibor berilgan.
Xviii asrda mutafakkirlar jamiyat hayotini umumjahon tarixi doirasida tushuna boshlaganlar. Bu jihat j.j.russo (1712-1778)ning ijtimoiy falsafasida ko’rinadi. U umumjahon-tarixiy jarayonini quyidagi uch tarkibiy qismga bo’ladi: insonlar «tabiiy holat»da erkin va teng bo’ladilar, so’ngra tsivilizatsiya rivojlanishi insonlarni teng, erkin va baxtli bo’lishdan mahrum qiladi va, nihoyat, «ijtimoiy shartnoma» tuzib ijtimoiy munosabatlarning yo’qotilgan uyg’unligiga, «abadiy tinchlik»ka, hamjihatlik va birlikka erishadilar.
J.j.russoning «tabiiy holat» tabiatiga doir qarashlari uning ko’pchilik zamondoshlari tomonidan ma’qullangan. Mashhur nemis faylasufi i.kant (1724-1804) esa, “qo’shnichilik asosida yashovchi insonlar orasidagi tinchlik holati tabiiy holat emas, … aksincha, u urush holatidir, ya’ni agar to’xtovsiz dushmanchilik harakatlari bo’lmasa ham ularning doimiy tahdidi mavjud. Demak, tinchlik holati o’rnatilishi lozim”1. Bu erda muayyan qarama-qarshi nuqtai nazarni borligini ko’rish mumkin. Bir tomondan, t.gobbs kabi «tabiiy holat»ga «barchaning boshqalarga urush qilish» holati deb qarash, boshqa tomondan esa, j.j.russo singari kelgusida tinchlik va totuvlikning butunlay yangi holatini o’rnatilishi imkoniyatiga bo’lgan ishonch aks ettirilgan.
Yangi davrning tarixiy doirasida ham ijtimoiy konfliktlarning sabablari va ularni oldini olish istiqbollari haqida turlicha fikrlar bildirilgan. Biroq bu fikrlar qanchalik turli-tuman bo’lmasin ularda jamiyat rivojlanishida odamlar o’rtasidagi totuvlik va hamjihatlikning hal qiluvchi rolini, o’rta asr qoldiqlariga, tartibsizliklariga va urushlarga umumiy salbiy baho berish, kelgusida «abadiy tinch» hayotga erishish imkoniyatiga bo’lgan umidlarni tan olinishi xosdir.
Xix asrga kelib bu masalaga bo’lgan munosabat tubdan o’zgara boshladi. Nemis faylasufi gegel urushlar va ijtimoiy konfliktlarga baho berishga boshqacha yondashadi. Eng avvalo, u jamiyatning rivojlanishida urushlarning ijobiy rol o’ynashi xususida muayyan fikrlarni bildiradi. Shu bilan birga kuchli davlat hokimiyati tarafdori bo’lgan gegel davlatning yaxlitliligini zaiflashtiruvchi mamlakat ichkarisidagi ijtimoiy tartibsizliklar va qo’zg’olonlarga qarshi chiqadi.
Ijtimoiy taraqqiyotning murakkab jarayonlarini va jamiyat hayotida ijtimoiy konfliktning o’rnini yanada chuqur anglash tarixiy jarayonlarning borishi bilan ob’ektiv tarzda belgilandi. Xix asrda jamiyat hayotining iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy va boshqa sohalarida bo’lib o’tgan keskin o’zgarishlar ijtimoiy nazariyalar mazmuniga ta’sir etmasdan qolmadi. Bu nazariyalarda izohlanishicha, ijtimoiy taraqqiyot davomida kurash, konfliktlar va to’qnashuvlar nafaqat bo’lishi mumkin, balki ijtimoiy borliqning muqarrar voqeliklari hisoblanadi.
Ingliz iqtisodchisi, ruhoniy tomas maltus (1766-1834)ning “aholi o’sishi qonuni haqida tajriba“ nomli asarida (1798) mamlakatda o’sib boruvchi ishsizlik holati yangicha tushuntirilgan. Xalqning nochorligini tabiatning “abadiy biologik xususiyatlari“ bilan tushuntirib, u aholi sonining o’sishi geometrik progressiya, yashash vositalari arifmetik progressiya bo’yicha ko’payib borishi haqidagi “tabiiy qonun“ni ishlab chiqqan. Mehnatkashlarning kambag’allashuvi sabablarini sanoat to’ntarishi va dehqonlarni ersizlantirish siyosatining tarixiy oqibatlarida emas, balki ishchi sinfining “telbalarcha ko’payish“ga bo’lgan “engil“ munosabatida deb bilgan.
Yashash uchun kurash muammosi ingliz biologi charlz darvinning (1809-1902) ta’limotida ham markaziy o’rinni egallagan. Uning biologik evolutsiya nazariyasining asosiy mazmuni “tabiiy tanlanish yo’li bilan turlarning kelib chiqishi“ nomli kitobida (1859) bayon etilgan. Kitobdagi asosiy g’oya – bu yashash uchun doimiy kurash sharoitida amalga oshadigan jonli tabiat rivojlanishi bo’lib, u eng moslashgan turlarni tanlashning tabiiy mexanizmidan iborat. Ch.darvinning bu g’oyalarini ijtimoiy taraqqiyot jarayonlariga qo’llash haqida bir narsa aytish qiyin. Uning ijodini o’rganuvchilar o’rtasida bu masalada yagona fikr yo’q. Biroq uning ta’limotidan so’ng ijtimoiy hayot evolutsiyasini yashash uchun kurash va tabiiy tanlanish biologik qonunlari asosida tushunishga urinuvchi yo’nalish - “sotsial darvinizm“ shakllangan.
Yashash uchun kurash tamoyiliga asoslangan sof sotsiologik kontseptsiya pozitivizm asoschilaridan biri gerber spenser (1820-1903) tomonidan ishlab chiqilgan. Ijtimoiy taraqqiyotning asosiy qonuni bu eng moslashgan individlarning yashash qonuni deb hisoblaydi. G.spenser ta’limotiga ko’ra, o’zaro kurashish holati universaldir. U alohida olingan jamiyat doirasidagina emas, shuningdek, jamiyat bilan uni o’rab turgan tabiat o’rtasida bo’ladigan muvozanatni ham ta’minlaydi.
Konfliktlarni nazariy tahlil qilishdagi yangi bir yo’nalish sotsial darvinizmning polyak-avstriyalik vakili yurist lyudvig gumplovich (1838-1909) ijodida namoyon bo’ldi. U umumjahon tarixi irqlarning yashash uchun doimiy kurashidan kelib chiqqanligini ta’kidlab, irqiy tafovutlarning mohiyatini biologiya fani xulosalari bilan emas, balki madaniy xususiyatlar bilan tushuntiradi. Alohida irq - bu madaniyatning maxsus tipidir. Konfliktlar manbaini faqat inson tabiatidan emas, shuningdek madaniyatning o’z tipi bilan farqlanuvchi ijtimoiy hodisalardan ham qidirish kerak.
Hozirda ko’pgina davlatlar inqirozlar, shu jumladan, ziddiyatli vaziyatlarni engishga tayyor emaslar. XX asrning 80-yillariga qadar amal qilib kelgan jamiyatni konfliktsiz taraqqiyot modeli turli darajadagi davlat boshqaruvini yuzaga kelgan inqirozlar oldida kuchsizligini namoyish qildi. Bunda konflikt nazariyasining ishlab chiqilmaganligi va tegishli tajribaning yo’qligi ham o’z ta’sirini ko’rsatdi. Garchi aholining tartibli maqbul hayot tarzini jamiyat faqat kelishuv orqali ta’minlay olishini tarixiy tajriba ko’rsatsada, biroq, amaliyotchilar uchun «konflikt-kelishuv» tushunchalarining nisbati avvalgidek noaniq bo’lib keldi. Konflikt va murosa qilish muammolarini o’rganish turli ixtisoslikdagi olimlardan katta kuch-g’ayrat sarflashni taqozo etadi. Farb davlatlarida mana bir necha o’n yillar davomida va ayniqsa XX asrning oxirida bu ilmiy yo’nalish asosli ravishda rivojlantirildi. Konfliktlar va ularni hal qilish usullari haqida yuzlab kitoblar chop etilgan, muntazam ravishda jurnallar, referatlar va maqolalar to’plami nashr qilib borilmoqda. Endilikda mustaqil majmuaviy fan sifatida konfliktologiyani yaratish uchun barcha asoslar mavjud. Bu fanning predmeti bo’lib kishilik jamiyatidagi konfliktlarning tabiatini, sabablarini o’rganish hamda ularning oldini olish va hal qilish yo’llarini ishlab chiqish hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |