Pedagogik konfliktologiya moduli bo`yicha o`quv-mavzu rejasi


Konfliktning yaratuvchanlik imkoniyatining menga ijobiy ta’siri



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə3/12
tarix22.10.2017
ölçüsü0,89 Mb.
#10142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

Konfliktning yaratuvchanlik imkoniyatining menga ijobiy ta’siri.

  1. YAshirin imkoniyatlarim va muammoning yangi qirralarining ochilishiga sabab bo’ldi.

  2. Meni haqiqatni tan olishga undadi.

  3. Insonlarni tushuna boshladim.

  4. O’z fikr va o’ylarimga aniqlik kiritdim va pozitsiyamni qayta ko’rib chiqishimga majbur bo’ldim.

  5. Menda sabr-qanoat to’yg’usini shakillantirdi.

  6. Ota-onamning oiladagi o’rnini hech kim bosa olmasligini angladim.

  7. Hayotga teran boqa boshladim va diqqatimni bir joyga jamlab astoydil o’qiy boshladim.

  8. Otamning menga chin do’st ekanligini angladim.

  9. Otam Konfliktni ya’ni oramizdagi konfliktni yaratuvchanlik sari yo’naltira oldi.

Konfliktning vayron qilish imkoniyatining menga salbiy ta’siri quyidagilar:

    • O’rtoqlarim orasida men o’zimni noqulay sezadigan bo’lib qoldim.

    • Tez jahil qilaman, tez-tez bo’lar bo’lmas narsaga xafa bo’laman

    • Pashshadan fil yasab, kichkina muammoni majoraga aylantiraman.

    • Sinfdoshlarim bilan ayniqsa, o’g’il bolalar bilan gapimiz umuman qovushmaydi.

    • Bu holatdan hali hanuzgacha qutula olmayman.

    • Konflikt hollar yoki ziddiyatlar, majoralar paytida o’zimni bilmaganga olaman yoki olib qolaman.

    • Har kim bilan ham yaxshi muomila qila olmayman.

    • YOnimdagi o’rtog’imga tanbeh berishdan o’zimni tiya olmayman.

Lekin, o’sha konflikt vaziyat va bunday konfliktlar ta’sirida yoshlar ulg’ayib boradi. Menga yaqin inson bo’lgan otamning, oila a’zolarimiz ta’sirini yaqqolroq sezaman.

Konflikt tabiiy holdir. Konfliktdan saqlanish ham tabiiy hol hisoblanadi.

Men doimo oilada, mahalla kuyda do’stlarim davrasida o’zimni konfliktogenlardan saqlayman.



«Pedagogik konfliktologiya» fanining mazmuni, mohiyati va ta`lim-tarbiya jarayonida tutgan o`rni

Seminar mashg’ulotining ta’lim texnologiyasining modeli


Mashg’ulot vaqti-2 soat

Talabalar soni:

Mashg’ulot shakli

Bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashga asoslangan seminar mashg’ulot darsi

Mashg’ulot

rejasi

Konfliktologiya ilmiy bilimlarning sohasi sifatida. Konfliktologiya inson haqidagi fanlar tizimida. Konflikt rivojlanishining asosiy pog`onalari. Konfliktologiyaning sotsiologiya, pedagogika va psixologiya fanlar bilan o`zaro aloqasi. Pedagogiga konfliktologiya o`quv fani sifatida

O’quv mashg’ulotining maqsadi: talabalarda Pedagogik konfliktologiya» fanining mazmuni, mohiyati va ta`lim-tarbiya jarayonida tutgan o`rnining umumiy va xususiy tamoyillari,ularni amaliyotda qo`llanilishi haqida bilimlarni mustaxkamlash va talabalar bilimlarini baholash

Pedagogik vazifalar:

2.1. “Ta’lim qonuniUatlari va tamoYillari” mavzusini o’qib chiqish va konspekt qilish.

2.2. Mavzudagi berilgan qonuniUatlarni tahlil qilish.

2.3. Mavzu Bo’yicha mustaqi fikrlarini bildirish



O’quv natijalari:

2.1. Tanishib chiqib mavzu Bo’yicha o’z fikrlarini bildiradilar.

2.2. Bilgan qonun-qoidalarini tahlil qiladilar.

3. O’rgangan Yangi bilimlarini mustahkamlaUdilar.



Ta’lim berish usullari

Savol-javob, muxoqama, kichik guruhlar, hamkorlikda o’qitish

Ta’lim berish shakllari

Jamoa bo’lib ishlash

Ta’lim berish vositalari

Birlamchi manbalardan parchalar, marker, qog’oz, doska

Ta’lim berish sharoiti

Texnik vositalar bilan jihozlangan xona

Monitoring va baholash

Og’zaki javob, xarakteristika berish, topshiriq


. Seminar mashg’ulotining texnologik xaritasi

Bosqich vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Tinglovchi

I-Bosqich.

O’quv mashg’ulotiga kirish


(20 min).

    1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotlaridan kuti-layotgan natijalar ma’lum qiladi.

«Aqliy hujum» baxs mavzusi.

    1. Eshitib, yozib oladilar.

1.2.Aqliy hujum baxs mavzusi.

II-Bosqich.

Asosiy bosqich. Anglash


(50 min).

2.1. Tinglovchilarning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun tezkor-savol javob o’tkazish.

2.2. O’qituvchi vizual mate-riallardan foydalangan holda ma’ro’zani bayon qiladi.

2.3. «Aqliy hujum» baxs mavzusi.

2.4. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy tushunchalar bilan tanishtirish.

2.5. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat qiladi.


2.1. Savollarga birin-ketin javob oladi.

2.2. O’ylaydi va yozib oladi.

2.3. « Aqliy hujum » baxs mavzusi.

2.4. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qila-di. Savol berib asosiy joy-larni yozib oladi.

2.5. Misollar keltiradi, eslab qoladi.


III-Bosqich.

Yakuniy fikrlash bosqichi


(10 min).

3.1. «Aqliy hujum» baxs mavzusining ustunini to’ldirishni so’raydi.

3.2. «Aqliy hujum» baxs mavzusini bajarish orqali tinglovchilar tasavvurlarini aniqlaydi.

3.3. Mustahkamlash uchun vazifalar beradi.


3.1. «Aqliy hujum» baxs mavzusini mustaqil bajarib, boshqa tinglovchilarning ishlari bilan taqqoslaydi.

3.2. Topshiriqlarni yozma ravishda bajarib keladilar.




«Pedagogik konfliktologiya» fanining mazmuni, mohiyati va ta`lim-tarbiya jarayonida tutgan o`rni

Amaliy mashg’ulotining ta’lim texnologiyasining modeli

Mashg’ulot vaqti-2 soat

Talabalar soni:

Mashg’ulot shakli

Bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlashga asoslangan seminar mashg’ulot darsi

Mashg’ulot

rejasi

Konfliktologiya ilmiy bilimlarning sohasi sifatida. Konfliktologiya inson haqidagi fanlar tizimida. Konflikt rivojlanishining asosiy pog`onalari. Konfliktologiyaning sotsiologiya, pedagogika va psixologiya fanlar bilan o`zaro aloqasi. Pedagogiga konfliktologiya o`quv fani sifatida

O’quv mashg’ulotining maqsadi: talabalarda Pedagogik konfliktologiya» fanining mazmuni, mohiyati va ta`lim-tarbiya jarayonida tutgan o`rnining umumiy va xususiy tamoyillari,ularni amaliyotda qo`llanilishi haqida bilimlarni mustaxkamlash va talabalar bilimlarini baholash

Pedagogik vazifalar:

2.1. “Ta’lim qonuniUatlari va tamoYillari” mavzusini o’qib chiqish va konspekt qilish.

2.2. Mavzudagi berilgan qonuniUatlarni tahlil qilish.

2.3. Mavzu Bo’yicha mustaqi fikrlarini bildirish



O’quv natijalari:

2.1. Tanishib chiqib mavzu Bo’yicha o’z fikrlarini bildiradilar.

2.2. Bilgan qonun-qoidalarini tahlil qiladilar.

3. O’rgangan Yangi bilimlarini mustahkamlaUdilar.



Ta’lim berish usullari

Savol-javob, muxoqama, kichik guruhlar, hamkorlikda o’qitish

Ta’lim berish shakllari

Jamoa bo’lib ishlash

Ta’lim berish vositalari

Birlamchi manbalardan parchalar, marker, qog’oz, doska

Ta’lim berish sharoiti

Texnik vositalar bilan jihozlangan xona

Monitoring va baholash

Og’zaki javob, xarakteristika berish, topshiriq


Amaliy mashg’ulotning texnologik kartasi


Bosqich vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Tinglovchi

I-Bosqich.

O’quv mashg’ulotiga kirish


(20 min).

    1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotlaridan kuti-layotgan natijalar ma’lum qiladi.

«Aqliy hujum» baxs mavzusi.

    1. Eshitib, yozib oladilar.

1.2. «Aqliy hujum» baxs mavzusi.

II-Bosqich.

Asosiy bosqich. Anglash


(50 min).

2.1. Tinglovchilarning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun tezkor-savol javob o’tkazish.

2.2. O’qituvchi vizual mate-riallardan foydalangan holda ma’ro’zani bayon qiladi.

2.3. «Aqliy hujum» baxs mavzusi.

2.4. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy tushunchalar bilan tanishtirish.

2.5. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat qiladi.


2.1. Savollarga birin-ketin javob oladi.

2.2. O’ylaydi va yozib oladi.

2.3. «Aqliy hujum» baxs mavzusi.

2.4. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qila-di. Savol berib asosiy joy-larni yozib oladi.

2.5. Misollar keltiradi, eslab qoladi.


III-Bosqich.

YAkuniy fikrlash bosqichi


(10 min).

3.1. «Aqliy hujum» baxs mavzusining ustunini to’ldirishni so’raydi.

3.2. «Aqliy hujum» baxs mavzusini bajarish orqali tinglovchilar tasavvurlarini aniqlaydi.

3.3. Mustahkamlash uchun vazifalar beradi.


3.1. «Aqliy hujum» baxs mavzusini mustaqil bajarib, boshqa tinglovchilarning ishlari bilan taqqoslaydi.

3.2. Topshiriqlarni yozma ravishda bajarib keladilar.




Mavzu. 2 – mavzu. Pedagogik konfliktologiyaning fanlar tizimida tutgan o`rni.

Ma’ruza mashg’ulotning texnologik modeli


Ma’ruzaga ajratilgan
vaqt – 2 soat



Tinglovchilar soni –

O’quv mashg’ulotining shakli:

Ma’lumotli ma’ruza


O’quv mashg’ulotining tuzilishi:

Konfliktologiya inson haqidagi fanlar tizimida. Pedagogik konflikt tushunchasi. Pedagogik birgalikdagi ta`sir. Pedagogik qarama-qarshiliklar va pedagogik muloqot


O’quv mashg’ulotining maqsadi:

  1. Tinglovchilarga «Konflikt», « ijtimoiy konflikt», «pedagogik konflikt» tushunchasi.

to’g’risida ma’lumot berish.

Pedagogik vazifalar:

Mavzuni sharhlash.

Mavzuning asosiy maqsadini yoritib berish.

Turli nazariyalar bilan tanishtirish.

Tayanch tushunchalarni mazmunini yoritib berish.

Mavzuni rejalar bo’yicha mazmunini yoritib berish.




O’quv faoliyatining natijalari:

Mavzudagi asosiy tushunchalarni aytib berish.

Pedagogik birgalikdagi ta’sir haqidagi tushunchalarga ega bo’ladi.

“Konflikt” tushunchasining ma’nosini anglash.

Pedagogik konfliktlarning tuzilishi haqida ma’lumot oladilar.


Ta’lim metodi


Ma’ruza, suhbat, «Debat» strategiyasi

Ta’limni tashkil etish shakli


Ma’ruza, frontal, umumjamoa

Didiaktik vositalar


Tarqatma material, doska, bo’r

Ta’limni tashkil etish sharoiti


Kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya

Nazorat


O’z-o’zini nazorat qilish.

Ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi


Bosqich vaqti

Faoliyat mazmuni

O’qituvchi

Tinglovchi

I-Bosqich.

O’quv mashg’ulotiga kirish


(20 min).

    1. Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg’ulotlaridan kuti-layotgan natijalar ma’lum qiladi.

«Debat» baxs mavzusi.

    1. Eshitib, yozib oladilar.

1.2. «Debat» baxs mavzusi.

II-Bosqich.

Asosiy bosqich. Anglash


(50 min).

2.1. Tinglovchilarning darsga tayyorgarlik darajasini aniqlash uchun tezkor-savol javob o’tkazish.

2.2. O’qituvchi vizual mate-riallardan foydalangan holda ma’ruzani bayon qiladi.

2.3. «Debat» baxs mavzusi.

2.4. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy tushunchalar bilan tanishtirish.

2.5. Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat qiladi.


2.1. Savollarga birin-ketin javob oladi.

2.2. O’ylaydi va yozib oladi.

2.3. «Debat» baxs mavzusi.

2.4. Sxema va jadvallar mazmunini muhokama qila-di. Savol berib asosiy joy-larni yozib oladi.

2.5. Misollar keltiradi, eslab qoladi.


III-Bosqich.

YAkuniy fikrlash bosqichi


(10 min).

3.1. «Debat» baxs mavzusining ustunini to’ldirishni so’raydi.

3.2. «Debat» baxs mavzusini bajarish orqali tinglovchilar tasavvurlarini aniqlaydi.

3.3. Mustahkamlash uchun vazifalar beradi.


3.1. «Debat» baxs mavzusini mustaqil bajarib, boshqa tinglovchilarning ishlari bilan taqqoslaydi.

3.2. Topshiriqlarni yozma ravishda bajarib keladilar.




Konfliktologiya inson haqidagi fanlar tizimida

Konflikt vaziyatlarning kelib chiqishida «konfliktogen» lar juda muhim rol’ o’ynaydi.

YOshlik davrining ikkinchi bosqichi o’spirinlik deb ataladi. Bu davr ilk o’spirinlik davridan, etuklik davrigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi. YOsh ko’rsatkichi 15-21 yoshgacha qilib belgilangan. Bu davrda o’quvchi jismonan baquvvat, o’qishni tugatgach mustaqil mehnat qila oladigan, oliy maktabda o’zini sinab ko’radigan imkoniyatga ega bo’ladi.

Mazkur davrning yana bir xususiyati mehnat bilan ta’lim faoliyatinig bir xil ahamiyat kasb etishidan iborat.

Ayrim o’spirinlar o’z hatti-harakatlari, aqliy imkoniyatlari va qiziqishlariga past baho beradilar va o’zlarini kamtarona tutishga intiladilar.

O’spirin o’zining ezgu niyatini baholashda jamoada o’z o’rnini belgilash nuqtai nazaridan yondoshadi. CHunonchi «o’zim tanlagan mutaxassislikka yaroqlimanmi?», «Jonajon Respublikamga, ota-oanamga munosib farzand bo’la olamanmi?» «Jamiyatning taraqqiyotiga o’z ulishimni qo’sha olamanmi?» degan savolga javob izlaydi.

O’spirin o’quvchida o’zini anglash zamirida o’z-o’zini tarbiyalash istagi tug’iladi va bu ishning yo’llarini topish, ularni kundalik turmushga tadbiq qilish ehtiyoji vujudga keladi. O’zlariga ma’qul ma’naviy-psixologik qiyofaga ega bo’lish uchun, oqilona o’lcham, mezon, vazifalarini bajaruvchi barkamol, mukammal timsol, namuna, yuksak orzu tasvirini qidiradilar.

O’spirin har bir ishda etakchi, birinchi bo’lish istagi bilan yashaydi. Lekin, har doim ham uddasidan chiqa olmaydi.

Psixolog olim L.A. Umanskiy fikricha buning uchun o’spirin quyidagi xislatlarga ega bo’lishi kerak.

A) axloqiy xislatlar – jamoatchilik, samimiylik, tashabbuskorlik, batartiblilik, intizomlilik;

B) irodaviy xislatlar – matonat, qat’iyat, mustaqillik, tashabbuskorlik, batartiblilik, intizomlilik;

V) emotsional hislatlar-xushchaqchaqlik, tetiklik, hazilkashlik va yangilikni his etish, o’z kuchiga ishonch, optimizm va boshqalar.

O’spirinlarda mavjud bo’lgan yana bir muhim xislat ularda yuksak darajadagi do’stlik, o’rtoqlik, ulfatchilik, muhabbatning vujudga kelishidir. SHu sifatlarning qay darajada shakllanganligi tarbiyaviy ta’sir o’tkazish mezonidir.

O’spirinlik yoshi davrida ziddiyatni yuzaga keltiruvchi vaziyat:

Anvar 21 yoshda, oliygohning 2-bosqich tinglovchisi. Guruh tashkilotchilaridan, darsdan so’ng tinmay o’qiydi, darslarga doimo faol qatnashadi. Kursdoshi Dilfuzani sevib qolgan. Ammo unga yuragini ocholmaydi. +iz ham unga befarq emas. Xullas, bu ikkala yosh ham hayotga o’z ko’zlari bilan qaraydilar. Anvar bugun darsga biroz kechigib qoldi. Dilfuza bundan rosa xavotirda. O’qituvchi juda ham qattiqqo’l, kech qolganlarni darsga qo’ymaydi. Anvar xuddi o’sha qattiqqo’l o’qituvchini juda ham hurmat qiladi, darslariga doim tayyor bo’lib keladi. Kecha ko’p jismoniy harakat qilganligi uchun lanj edi. Buning ustiga yo’lkaning tirbandligi ham unga xalaqit berdi. Anvar darsxonaga kirib kelganida o’qituvchi dars mavzusini aytayotgan edi. U Anvarni haqoratli so’zlar bilan koyidi. Kurakda turmaydigan gaplar Anvarnigina emas, butun avdutoriyaning ensasini qotirdi. Tinglovchining ideal qiyofasiga putur etdi, Dilfuzaning yuzlari uyatdan qizarib erga qaradi. Anvar eshikni qarsillatib yopib chiqib ketdi.

Anvarning o’y-hayollari; «O’qituvchi meni nimaga yomon ko’rib qoldi», «Nimaga tinglovchini tushunmaydi», «Menga haqoratli munosabatda bo’ldi», «Dilfuzaning yonida er yorilsa erga kirib ketsam», «Sen nimaga bunday ahvoldasan»- demaydi degan qiynoq savollar vujudini qamrab oldi. «Har doim ham shunaqa bo’layotgani yo’q-ku», «Endi menga baribir, darsi boshidan qolsin».

O’qituvchining o’y-hayollari; «Bu yoshlar bebosh bo’lib ketishgan», «Uzr so’rashdan nariga o’tmaydi», «Bularga tartib-qoidani qaytadan o’rgatish kerak», «YUradi itning ikkinchi orqa oyog’i bo’lib», «Ularga qo’yib qo’ysang tepangga chiqib olishadi», «Darsmi vaqtida kelsin», «O’zi yomon so’z aytishga majbur qildi» «Bunaqalarni tazirini berib turish kerak», «YOshlar gapga kirmaydigan, o’zboshimcha bo’lgan» degan noto’g’ri fikr o’rnashib oladi va bu narsa yaxshilikka olib kelmaydi.

Konfliktni boshqarish jarayonida o’qituvchi xatolikka yo’l qo’ydi va buning natijasida quydagi salbiy va ijobiy oqibatlar vujudga keldi.

Salbiy oqibatlar


  • Anvar va tinglovchilar nazdidagi «ideal o’qituvchi» o’z mavqeyini yo’qotdi

  • Fanga bo’lgan qiziqish yo’qoldi (ya’ni o’qituvchining faniga)

  • Darsni yaxshi anglash darajasi susaydi

  • O’qituvchining asl ma’naviy qiyofasi yaqqol ko’zga tashlandi

  • Tinglovchining shaxsiy manfaatlariga putur etdi

  • Avdutoriyada vaqtdan yutqizish foizi oshdi

  • Tinglovchilar o’rtasida bir-biriga qarama-qarshi kuchlar guruhi paydo bo’ldi

  • Anvarning raqiblari (sevgi bobida) yanada jonlandi

  • Anvarni o’zini yo’qotib qo’yish darajasining oshishiga turtki bo’ldi

  • Tomonlar orasidagi tanglik, tushunmovchilikka debocha yasaldi

Ijobiy oqibatlari.

  • Anvarni tartibli bo’lishga undadi, u ma’suliyatni yana bir bor his qildi

  • Dilfuza Anvarga yanada o’zgacha mehr bilan qaray boshladi

  • O’qituvchining yomon xulqi ko’plarga o’rnak bo’ldi (yaxshi ma’noda «Odobni odobsizdan o’rgan»)

  • Tinglovchilarni o’z ma’suliyatlarini anglashga chorladi

  • Tinglovchilarni ehtiyotkorlikka undadi

  • O’zida vujudga kelayotgan konfliktogenlardan qutilish va ularni faol ishlatmaslik to’g’risidagi tushuncha tinglovchi ongida shakllandi

  • Jiddiy konfliktogenlardan bo’lgan o’zini ustun qo’yish, agressiyaga moyillik, egoizmdan qutulish hamda boshqalar tomonidan ular ishlatilganda ham, o’zining konflikt vaziyatga tortilmasligi choralarini ko’rish to’g’risida fikrlar paydo bo’ldi.

Egoizm nima? – Egoizm faqat o’z manfaatlarini ko’rish qobiliyati bo’lib, o’zbek tilida xudbinlik so’ziga to’g’ri keladi. Egoizm – o’z manfaatlarini, boshqalar manfaatlarining buzilishiga qaramay, eng oliy qadriyat sifatida anglanish jarayoniga aytiladi. SHu bois, frantsuz lingvisti P.Baust «Xudbinlik ustidan qozonilgan g’alaba eng sharafli g’alabadir», deb aytgan.
Demak konflikt vaziyatda har bir tomonning o’z qarashlari, o’ylari, fikrlari tizimi majmuasi mavjud.

Mana shu o’y va fikrlar tizimi xuddi mana shu tomonning o’z shaxsiy manfaatlarini anglatadi. SHaxsiy manfaatlar odamlar hayotining tabiiy ehtiyoji.

Demak, konflikt-bu ikki, yoki undan ko’p tomonlarning o’z maqsadlariga etish yo’lidagi turli manfaatli to’qnashuvdir.
Pedagogik konflikt tushunchasi. Pedagogik birgalikdagi ta`sir. Pedagogik qarama-qarshiliklar va pedagogik muloqot

Konflikt bu – odamlarning urishi, janjallashishi, kuch ishlatib, bir-biri bilan to’qnashish, so’z aytishish, birovlarni ayblash, so’kinish, g’azablanish, jahl bilan gaplashish, kesatish va boshqa salbiy vaziyatlar bo’lishi mumkin degan xulosalar mavjud.

Konfliktlar yomon holatmi, ular yoshlar ongiga qanday ta’sir qiladi, unga xos ijobiy xislatlar bormi? Konflikt - buzg’inchilikmi, yoki ijobiy tomonlari mavjudmi?

Konflikt har doim ham buzg’unchilik yoki zo’ravonlik emas. Konflikt to’g’ri hal etilsa, u yaratuvchanlik qudratiga ega bo’ladi.

Konfliktning ijobiy va yaratuvchanlik qobiliyati konfliktli vaziyatni siz qanday maqsadlarda ishlata olishingizga bog’liq bo’ladi.

Konflikt quyidagi hollarda ijobiy imkoniyatga ega;



  • yashirin imkoniyatlar va muammoning yangi qirralarini ochilishiga sabab bo’lsa;

  • muammo echimining yangi yo’l-yo’riqlari, imkoniyatlari, usullarini kashf etsa;

  • ishonch samimiylik, hamkorlik va haqiqatni tan olishga qaratilgan yangi munosabatlar qurilishiga sabab bo’lsa;

  • Odamlarni umumiy g’oyalar asosida birlashtira olsa;

  • samiymiy va ochiq, iliq muloqat uchun imkon yaratsa va shunday munosabatlarga insonlarni o’rgata olsa;

  • o’z fikr va o’ylaringizga aniqlik kiritishga va o’z pozitsiyasini qayta ko’rib chiqishga majbur qila olsa;

Bu ijobiy natijalar yoshlar ongiga juda katta ta’sir ko’rsatadi va biror narsani amalga oshirishda bugungi kun talabidan kelib chiqishga undaydi.

Konfliktning yaratuvchanlik, ijobiy imkoniyatini har doim ham yaxshi anglayvermaymiz. Buni xatto tushunishga intilmaymiz. Konfliktning ijobiy tomoni yoshlarning tafakkur olamini boyitadi. Kelajakda buyuk inson bo’lishga undaydi.

Konfliktning vayron qilish imkoniyati (ya’ni salbiy tomoni):



  • Konflikt echimi topilmasa va uni boshqarish imkoniyati boy berilsa;

  • g’azab, jaxl, dilsiyohlik, xafagarchilik, nafrat va qasos hislarining kelib chiqishiga sabab bo’lganda;

  • juda qattiq stressga olib kelganda;

  • odamlar o’rtasida uzoq muddatli nizo ixtilof vujudga keltirilganda;

  • «pashshadan fil yasab», kichkina muammoni kata majoroga aylantirganda;

  • zo’ravonlik va urushga sabab bo’lganda;

Afsuski, hayotda ko’pchilik hollarda konflikt zo’ravonlik bilan tugaydi.

CHunki ko’pchilik shaxslar konfliktlarning asl mazmuni va mohiyati bo’yicha maxsus bilimlarga ega emas.

Konfliktlar to’g’risida bugungi kunda noto’g’ri tushunchalar shakllangan. Aynan shu noto’g’ri tushunchalar konfliktning faqat salbiy tomonini ko’radi. Konfliktga faol munosabatda bo’lish, uning echimini topish uni ijodiy kuchga aylantiradi. Konfliktlar haqidagi noto’g’ri tushunchalardan biri – his tuyg’ularni jilovlash har qanday konfliktni kuchaytirmaslikning eng oson yo’lidir. Bunday vaziyatda irodasi mustahkam odamlargina o’z emotsiyalarini jilovlay oladilar. Aslida konfliktda o’z his tuyg’ularini yashirish noto’g’ridir. Ular mazmunining qandayligidan qat’iy nazar o’z hissiyotlarini ochiq-oydin namoyon etish lozim. Agar uni ishga solsak depressiv holatlarga olib keladi va bu o’z navbatida kasallik, yoki uni «suitsid» - o’z joniga qasd qilish vaziyatlariga olib kelishi mumkin.

Keyingi yillarda bunday yomon holat, o’z joniga qasd qilish mamlakatimiz ichki epidemiyasi darajasigacha ko’tarildi. Ularning asosiy ishtirokchilari yoshlardir.

His-tuyg’ularning ichkarida saqlashning ham me’yorlari mavjud.

Bizni qiynab turgan salbiy emotsiyalarga erk berganimiz, biz uchun yaxshi holat. Ammo mana shu salbiy emotsiyalarimiz birovga taxdid ekanligini anglab olish va emotsiyalarni jilovlay bilish konfliktlar echimidagi zaruriy malakadir. Ijobiy emotsiyalarni mustahkamlash, salbiy emotsiyalardan ozod bo’lish zamonaviy insonni turli ziddiyatlardan asrab qoluvchi xususiyat hisoblanadi.


Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin