Pedagogik mahorat



Yüklə 16,07 Kb.
tarix18.10.2022
ölçüsü16,07 Kb.
#118390
Пед мах тақриз


5110900-Pedagogika va psixologiya ta’lim yo’nalishi uchun uchun tuzilgan “Pedagogik mahorat " fan dasturiga
T A Q R I Z

Mustaqillik yillari O’zbekiston Respublikasida ta’limiy rivojlanish davri bo’ldi. Zero, yosh, mustaqil respublika tomonidan ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, har jihatdan mukammal ta’lim tizimini qayta shakllantirish, ta’lim mazmunini yangilash, uni zamonaviy ilm-fan, texnika va texnologiyalarning so’nggi yutuqlari bilan boyitish, shaxsga tarbiya berish, uni o’qitish borasida xalqaro tajribani qo’llash, sohada tayyorlanayotgan mutaxassislarini jahon ta’limi meyorlariga javob bera olishlarini ta’minlash yo’lida amalga oshirilayotgan amaliy ishlarning ko’lami shunchalik kengki, bu o’z-o’zidan inqilobiy harakatlarga tenglashadi.


Ayniqsa, ta’lim jarayonini isloh etish va mehnat bozorida talab qilinadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda oliy ta’lim tizimi muhim o’rin egallamoqda. Pedagogik mahorat fani ham ana shunday ko’p qirrali vazifalarni hal qilishi sababli, bakalavrlarni pedagogik mahorat, pedagogik texnika va madaniyati nazariyasi hamda amaliyoti buyicha bilimli, yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta’minlashga xizmat qiladi. CHunki, hozirgi zamon o’qituvchisi hayotimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlarning asosiy ishtirokchilaridan biri bulib, u har tomonlama yetuk, chuqur bilimga ega bo’lgan mutaxassis, Vatani va xalqiga sodiq, pedagogik mahorat va layoqatga ega bo’lgan, jamiyatdagi hamda kasb vazifalarini yaxshi bilgan shaxs etib tarbiyalashdan iboratdir.
Davr talabiga javob beradigan yosh mutaxassislarni faqat nazariy bilimlarni chuqur o‘rgangan holda emas, balki ayni vaqtda buyuk insoniy fazilatlarga ega bo’lgan, muomalaga kirisha oladigan, o’z ishini puxta egallagan mohir mutaxassislar etib tayyorlashda muhim pedagogik mahorat fani nuhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogik mahorat fani o’z ichiga pedagogik mahorat va uning o’qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni, pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida oqituvchi mahorati masalalari, o`qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat, o’qituvchining kommunikativ qobiliyati, o‘qituvchi faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi, maktab amaliyotida o‘qituvchi mahorati nasalalari, pedagogik texnika va pedagogik texnikani shakllantirish uslublari, o’qituvchining tarbiya jarayonidagi mahorati, pedagogik mahorat va kompetensiya mezonlari, pedagoglik kasbining sathlarini tashkil etuvchi kompetensiyalar, o’qituvchi faoliyatini pedagogik tashxislash, o’qituvchining mehnatini ilmiy tashkil etish, o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida ishlash, pedagogik tajribani to‘plash tizimi kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab olgan.
SHu sababli bakalaviriat yo’nalishi uchun tayyorlangan o’quv dasturi har tomonlama mukammal bo’lishi, qo’yilgan barcha talablarga javob berishi lozim. Mazkur bakalaviriatning Pedagogika va psixologiya ta’lin yo’nalishi uchun tayyorlangan “Pedagogik mahorat” o’quv dasturi har tomonlama mukammal, qo’yilgan barcha talablarga javob berishiga asoslanib aytish mumkinki, ushbu dastur belgilangan talablarga to’la javob beradi va bakalavriat talabalarini tayyorlashda asosiy hujjat sifatida qabul qilish mumkin hamda uni foydalanishga tavsiya etaman.

Olimov Sh.Sh.- Buxora davlat universiteti “Pedagogika” kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari doktori, professor
Yüklə 16,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin