Xorijiy davlatlarda maktabgacha ta’limning
variativ shakllari
Xorijiy davlatlar ilg‘or tajribasining tahlili zamonaviy maktab-
gacha ta’lim muassasalarida maktabgacha yoshdagi bolalarni ri-
vojlantirish uchun sharoitlarni yaratishga yo‘naltirilganligi bilan
tavsiflanib, bolaning ijobiy ijtimoiylashuvi imkoniyatlarini namo-
yon qilish, uning har tomonlama shaxsga oid ma’naviy-axloqiy va
ongli rivojlanishi, maktabgacha yoshga oid tegishli faoliyat turlari
asosida tashabbuskorligi va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga,
muloqot doirasida katta yoshdagilar va tengdoshlari bilan hamkorlik
qilish imkoniyatlarini ochishga qaratilgan (5.2-jadvalga qarang) [17;
32-43-b.].
Jahon ta’lim tajribasida differensial
va integratsion ta’lim masalalari
Bugungi kunda insoniyat jamiyati, shuningdek, mustaqil
respublikamiz xalqi oldida turgan ijtimoiy-iqtisodiy, g‘oyaviy-
siyosiy, ta’limiy-tarbiyaviy muammolarning yechimini topish
tabiiy, ijtimoiy, texnik fanlarni о‘zaro aloqadorligi va о‘zaro
munosabatlariga bog‘liq. Chunki ularning barchasi mohiyati,
mazmuni, tabiati, shakli va kо‘lamiga kо‘ra tizimlilik xarakteriga
ega bо‘lib, ularga aynan mos yondashuv yordamida tadqiq etilib,
yechimi topiladi. Bu о‘z navbatida ta’lim-tarbiya ishida ham tizimli
yondashuvdan foydalanishni kо‘zda tutadi.
Kо‘p sonli manbalar, xususan, pedagogik amaliyot sohalarining
87
tahlili ta’lim-tarbiya jarayonining rivojlanishiga tо‘siq bо‘layotgan
muammolar mavjudligidan guvohlik beradi. Bular asosan, bizning
fikrimizcha, о‘rganilayotgan obyektlarning ba’zi bir jihat va
xususiyatlarini lavhalar (fragment) shaklida о‘rganish natijasida
yuzaga kelib, mantiqan bog‘lanmagan va tizimlashmaganligidadir.
Amaliyotdagi bunday holatlarni bartaraf etishda integrativ
yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Fanda «Integratsiya»
tushunchasi XVIII asrdayoq G.Spenser tomonidan qо‘llanilishiga
qaramay, unga davr taqozosiga kо‘ra yaqin paytlargacha yetarli
ahamiyat berilgan emas [26; 92-b.].
Ilmiylik nuqtayi nazaridan olib qaraganda integratsiyaning
asosini olamning yaxlitligi va uni tashkil etuvchi qism (element)
larning о‘zaro aloqadorligi, munosabatlari tashkil etadi. Taniqli
rus psixologik olimi G.S.Kostyukning fikricha: «Tabaqalanish
differensiatsiya – ruhiy jarayonlar va holat (xususiyat)larni
kо‘payishiga olib kelsa, integratsiya – tartibga keltirish,
subordinatsiya va uning natijalarini ma’lum ketma-ketlikda
joylashtirishga olib keladi. Integratsiyalash yо‘li bilan yangi
psixologik jarayon, yangi faoliyat tuzilmasi hosil bо‘ladi. Bu yangi
tuzilma ilgari alohida-alohida bо‘lgan elementlardan sintezlash
yо‘li bilan hosil qilinadi». Genetik jihatdan integratsiya-uzviylik,
predmetlararo aloqadorlik, о‘zaro aloqadorlik va nihoyat о‘zaro
bir-birini tо‘ldiruvchi, kengaytiruvchi hamda chuqurlashtiruvchi,
о‘quv predmetlari mazmunini eng kamida ta’lim standartlari
darajasida sintezlab, mantiqan tugallangan mazmun shakli va oliy
darajasidir. Chunki predmetlararo aloqadorlikning har qaysi quyi
darajasi, о‘rganilayotgan о‘quv predmetlari doirasida ma’lum
didaktik birliklar orasida о‘rnatilib, ularni о‘rganish mazmunini
va muddatlarini muvofiqlashtirishni kо‘zda tutadi, bundan farqli
о‘laroq integrativ aloqadorlik asosida tashkil etilgan о‘quv
predmeti yoki integratsiyalab о‘rganilayotgan predmet, hodisa yoki
jarayonlarni yaxlit tizim shaklida har tomonlama aloqadorlik va
munosabatlar nuqtayi nazaridan talqin etishni talab etadi. Bu о‘z
navbatida hozirgi va istiqbol talablariga javob beradigan, mustaqil
fikr yurituvchi va ijodiy faoliyat kо‘rsatuvchi, malakali mutaxassis
shaxsini shakllantirishga imkon beradi. Chunki u tahsil oluvchilardan
faqatgina tahlil qilish va sintezlash operatsiyalarini talab qilish bilan
chegaralanib qolmasdan, balki mavhumlashtirish, algoritmlashtirish,
88
turkumlash, shartli belgilar yordamida ifodalash, sabab oqibatli
aloqadorlikni aniqlash, tahlil etish, sintezlash, tizimlashtirish,
modellashtirish kabi yuksak darajali tafakkurlash operatsiyalarini
talab etadi [26; 93-b.]. Bu operatsiyalar о‘rganilayotgan obyektni
barcha muhim jihat va xususiyatlarini ajratib olib (tabaqalashtirib),
mohiyati va mazmunini anglab yetish va ularni umumlashtirish
orqali amalga oshiriladi. Demak, integratsiya har doim ham uning
ikkinchi tomoni bо‘lgan tabaqalashtirish (differensiatsiya)ga
tayangan holda rivojlanib boradi yoki aksincha.
Integratsiya masalasini pedagog olimlar va amaliyotchilar
quyidagi yо‘nalishlarda tadqiq etishni tavsiya etadilar:
a) о‘quv predmetlari va fanlar turkumi doirasidagi mazmunni
integratsiyalab о‘rganish;
b) turli о‘quv predmetlaridan tahsil beruvchi shaxslarning
faoliyatlarini integratsiyalash;
v) ta’lim-tarbiya ishini tashkil etish shakllarini integratsiyalash
va shu kabilar.
Bu yо‘nalishlarning har birining aniq о‘z maqsadi bо‘lib, uni
amalga oshirish uchun mos shakl, metod, vosita va shart-sharoitlarni
talab etadi. Amaliyotda ulardan uyg‘un holda foydalanilgandagina
kо‘zlangan maqsadga erishish mumkinligini ham shu о‘rinda eslatib
о‘tish lozim.
Pedagogika fanida XX asrning 80-yillaridan boshlab integratsiya,
«о‘zaro aloqadorlik», «о‘zaro ta’sir», «sintez» kabi tushunchalar
qо‘llanilgan ilmiy ishlar paydo bо‘lib, ta’lim-tarbiya ishida
integratsiya muammosining dolzarbligi sezila boshlangan. hozirgi
paytga kelib ta’lim-tarbiya ishiga integrativ yondashuv g‘oyasi
xususiy fanlar doirasida chegaralanib qolmasdan, umumpedagogik
ahamiyatga ega masalaga aylandi.
Integratsiya (lot. Integeration – tiklash, tо‘ldirish, birlashtirish.
Integer – yaxlit) sintezlab bir butun qilib birlashtirmoq, mantiqiy
yaxlit holga keltirmoq ma’nosida tushuniladi. Ta’lim mazmunini
integratsiyalash deganda о‘zaro uzviy aloqador, bir-birini taqozo
etadigan, kengaytiradigan, chuqurlashtiradigan о‘quv predmetlari
mazmunini sintezlash, ya’ni mantiqiy birlashtirib bir butun (yaxlit)
holga keltirishni tushunamiz [26; 94-b.].
Integratsiya (mujassamlashtirish) va differensiatsiya
(tabaqalashtirish) bir-biridan ajralgan holda mavjud bо‘lmaydi, biri
89
ikkinchisidan kelib ham chiqmaydi, balki ular har doim bir vaqtni
о‘zida о‘rganilayotgan obyektning ikki tomoni sifatida namoyon
bo‘ladi. Ilmiy bilishda ulardan biri vaqtinchalik ma’lum ustunlikka
ega bо‘lishi ham mumkin. Masalani ikki tomonini fan-texnika
taraqqiyoti natijasida qishloq xо‘jaligini ishlab chiqarishida turli
kasblarning paydo bо‘lishi, ya’ni tabaqalanishini, mexanizatsiya,
avtomatizatsiya va yana qо‘shma kasblar yoki keng ixtisosli
mutaxassislarning dialektik rivojlanishi ekanligini kо‘rsatish
mumkin.
Integratsiyalashtirish jarayonlari hozirgi zamon ilmiy
bilimlarining о‘zaro ta’siridan farqli о‘laroq quyidagi yо‘nalishlarda
kechishi mumkin:
alohida olingan fan doirasida ichki ilmiy rivojlanish sifatida;
fanlararo о‘zaro aloqadorlik doirasida, ya’ni bir yoki bir necha
sohalar doirasida;
maxsus yaxlit ilmiy bilimlar doirasida kabilar.
Yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan yо‘nalishlar uyg‘unligini integrativ
yondashuv sifatida tasavvur etish mumkin. Ikki va undan ortiq
nisbatan mustaqil qismlarda kechayotgan jarayonlarni birlashtirish
– integratsiyalashtirishning natijasi bо‘lishi mumkin.
Yaxlit tizimni tuzishda integratsiyalanuvchi aloqadorlik muhim
ahamiyatga ega bо‘lib, ularni ichki ilmiy aloqadorlik ham deb
ataladi.
Tizimlashtirishdan kо‘zlangan asosiy maqsad ichki ilmiy
aloqadorlikni tartibga keltirish yо‘li bilan yaxlitlikni yuzaga
keltirishdan iboratdir. Bu jarayonda hosil bо‘ladigan yaxlitlik
yangi sifat kо‘rsatgichlariga ega bо‘ladi. Integratsiyalashtirishning
mohiyati, nazariy sintez vositasi sifatida yangi darajadagi bilish
natijalariga erishishdir [26; 95-b.].
Mutaxassislikka oid fanlarni integratsiyalab о‘rganish quyidagi
masalalarni hal etishga qaratilgan:
mutaxassislikka oid fanlarni integratsiyalab о‘rganishning
mohiyati, mazmuni va uni amalga oshirish shart-sharoitlari va
vositalarini о‘rganish;
turli fanlar mazmunini integratsiyalashtirishning ilmiy-nazariy
va pedagogik-uslubiy asoslari bilan tanishish;
t
ahsil oluvchilarning о‘quv-bilish faolligi, mustaqilligi va
90
bilimlar darajasini integrativ oshirishda bilimlarning dolzarbligini
isbotlash;
ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, ruhiy-pedagogik, texnik-texnologik
bilimlarni sintezlash talablari, imkoniyatlarini aniqlash.
Kо‘p hollarda ta’lim-tarbiya ishida integrativ, tizimli
va majmuaviy yondashuvlar sinonim sifatida talqin etiladi.
Bu tushunchalarning umumiy tomonlarini о‘rganilayotgan
obyektlarning turli qirra, tomon va xususiyatlari tashkil etadi. Lekin
ular bir-biridan mohiyatiga kо‘ra ham farqlanadi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida integrativ yondashuvni amalga oshirish
tizim yoki mavjud shakldagi yaxlit obyektning ichki va tashqi
aloqalari, uni tashkil etish va boshqarish qonuniyatlarini bilgan
holda olib borilishi mumkin. kichik mutaxassislarni tayyorlashda
integrativ yondashuv mutaxassislikka oid bilim, ish-harakat usullari
va shaxsiy safat hamda fazilatlarni yaxlitligini ta’minlash uchun
qо‘llaniladi.
Integrativ yondashuv mazmunan tutash, aloqador, mantiqiy
bir-birini taqozo etuvchi va bir-biriga singib chuqurlashtiruvchi va
kengaytiruvchi о‘quv fanlarini integratsiyalash uchun qо‘llanilib,
yaxlit mantiqiy mukammal bilim, ish-harakat usullari va shaxsiy
sifatlarni tarkib toptirishni kо‘zda tutadi [26; 96-b.].
Dostları ilə paylaş: |