Pedagogika instituti fizika va astronomiya kafedrasi fizika va astronomiya tadqiqot yo


Mavzu yuzasidan nazorat savollari



Yüklə 3,49 Mb.
səhifə7/52
tarix15.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#130222
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
FATad yo\'n.Majmua

Mavzu yuzasidan nazorat savollari:
1.Ilmiy materiallarni nashr qilish deganda nimani tushunasiz?
2.Monografiya, darslik va o’quv qo’lanma tushunchalariga izoh bering.
3. Dissertatsiya tushunchasiga izoh bering.
4.Dissertatsiyaga qo’yiladigan talablar.
5.Magistrlik dissertatsiyasi haqida tushuncha bering.
6.Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash jarayonida magistrantlar nimalarni bajaradi?
7.Magistrlik dissertatsiyasining tarkibiy qismlarini sanab bering.
8.Magistrlik dissertatsiyaning kirish qismida nimalar yoritiladi?
9.Adabiyotlar sharhiga nimalar kiradi?

4-Mavzu: Ilmiy ish.Ilmiy ishni yuzaga chiqarish va hayotga tadbiq qilish.
Reja:
1.Ilmiy natijalarni nashrga tayyorlash.
2.Dissertatsiya va unga qo‘yiladigan talablar.
3.Magistrlik disseratsiyasi, uning mazmuni va tarkibiy qismlari.
Tayanch so‘z va iboralar:
Ilmiy material, maqola, tezis, monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma, kashfiyot, ixtiro, Dissertatsiya, ilmiy- tadqiqot, ximoya, ilmiy qonun va qoidalar, magistrlik dissertatsiya, adabiyotlar sharxi, ilova.


1. Ilmiy natijalarni nashrga tayyorlash.
Ilmiy materiallarni nashr qilish ilmiy xodim, ilmiy muassasa va korxona jamoasi tomonidan bajarilgan ilmiy tadqiqot va konstruktor tajriba ishlari natijalariga mualliflik xuquqini oshkora himoya qilish shakllaridan biri bo’lib hisoblanadi. Nashr qilish oshkora yoki yopiq holda amalga oshiriladi. Ochiq matbuotda muayyan talablarga zid bo’lmagan hamda maxfiy bo’lmagan ilmiy ishlar e‘lon qiladi.
Amaliy va nazariy jihatdan muhim hisoblangan va yangi olingan ilmiy natijalar monografiya, ilmiy maqola, ilmiy tadqiqot hisobotlari, ilmiy-texnik anjuman materiallari va tezislari shaklida nashr etiladi.
Monografiya deb – ilmiy dunyoqarashi bir xil bo’lgan bir yoki bir nechta muallif tomonidan muayyan bir muammo yoki mavzuni o’rganishga bag’ishlangan kitob shaklidagi ilmiy nashrga aytiladi. Ilmiy tadqiqot natijalari darsliklar va o’quv qo’llanmalarda ham chop etilishi mumkin.
Darslik deb – mazkur fanning o’quv dasturidagi barcha materiallarni o’zida to’liq saqlagan va rasmiy instansiya tomonidan tasdiqlangan o’quv nashriga aytiladi. Darslik Davlat ta‘lim Standarti va o’quv dasturi aosida yaratilib, fanni to’liq o’zlashtirishga yo’naltiriladi va undan turdosh ta‘lim yo’nalishlarida ham foydalanish mumkin. O’quv qo’llanmasi - darslikni ba‘zan o’rnini bosuvchi va unga qo’shimcha bo’luvchi o’quv nashridir.
O’quv qo’llanmasi aniq o’quv dasturi asosida yaratilib, fan asoslarini chuqur o’rganishni ta‘minlaydi va ba‘zi qismlarni chuqurrov yoritishga yoki mashqlar echishga qaratiladi.
Ilmiy tadqiqot ishlarini nashr qilishda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:
Noshir talablarini o’rganish.
Ilmiy ish mazmunini yozma ravishda to’liq bayon qilish. Ilmiy ish mazmunini patent sofligiga tekshirishi.
Maqolani ekspertizadan o’tkazish, yangilik yaratish usullarini yo’qligini tekshirish.
Maqolaga tashqi taqriz olish.
Maqolani noshirga topshirish.
Nashrga tayyorlangan ilmiy material kirish qismidan, bayon etilayotgan ilmiy natijaning maxmunidan va olingan xulosalardan tashkil topadi. Agar ilmiy ish natijasida maqolani yozishda muallif boshqa tadqiqotchining ilmiy ishiga xavola qilgan bo’lsa, ushbu ishlar adabiyotlar ro’yxatida keltirilishi lozim. Ilmiy tadqiqot ishini bajarish jarayonida tadqiqotchi kashfiyot ochishi mumkin. Agar topilgan yangi g’oya muallif tomonidan ilmiy asoslab berilsa, u kashfiyotga aylanadi. Kashfiyot ilmiy faoliyatning eng yuqori darajadagi namoyishidir.
Kashfiyot ob‘yektlari uch xil bo’lishi mumkin:
Qurilma bo’yicha kashfiyot
Usul bo’yicha kashfiyot
Ishlab chiqarishga qo’llash bo’yicha kashfiyot.
Qurilma bo’yicha kashfiyotlarga ma‘lum konstruksiya vositalari, qurilmalarning uzel va detallari, ularning joylashishi va o’lchamlariga tegishli yangiliklar kiradi. Usul bo’yicha kashfiyotlar texnologik jarayonlar, vositalar, yechimlar va parametrlarga taalluqli bo’ladi.
Ishlab chiqarishga qo’llash bo’yicha kashfiyotlar- ma‘lum bir predmetni boshqa joyda boshqa maqsadda ishlatish bo’yicha takliflarni o’z ichiga oladi. Kashfiyotni ochish bu bajarilgan ilmiy ishning ichida eng taraqqiy etgan, o’zida yangilikni saqlagan, ijobiy tomonlarga ega bo’lgan va boshqalardan jiddiy farq qilgan elementni ajrata olish demakdir. Odatda kashfiyot ilmiy ishni ichida berkinib yotadi, muallif uni ocha bilishi kerak. Kashfiyotni ochish berilgan ob‘yektlar guruxidagi umumiy, foydali va yangi tomonlarni topish va uni boshqa kashfiyotlardan farqini aniqlab, ijobiy tomonlarini ko’rsatib berish demakdir. Kashfiyot natijasida muallif patent olish huquqiga ega. Odatda patentlar soni har bir mamlakatdagi undagi fan va texnikani rivojining ko’rsatkichi bo’lib xizmat qiladi.

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin