Ommaviy shakllar: kasb-hunar maktab kechalari, kóriklar, quvnoqlar va topqirlar tógaragi, sayr, muzeylarga sayohat, óquvchilar ishlarining kórgazmalari va hokazolar.
Tógarak ishlari: kasb-hunar maktabdagi har bir tógarak ózining doimiy ish kunlari va soatlariga ega bólishi lozim. Tógarakda qat’iy intizom bólishi: tógarak a’zolari mashǵulotlariga kechikmasdan kelishlari, tógarak topshiriqlarini batartib bajarishlari, tógarakning moddiy boyliklarini ehtiyot qilishlari kerak.
Ma’naviy - ma’rifiy yakka tartibdagi ish: Har bir óquvchi mayl va qobiliyatlarining rivojlanishiga yordam beradi. Bu ishda Ma’naviy - ma’rifiy óqish katta ahamiyatga ega. Maktabda har bir dars uchun Ma’naviy - ma’rifiy óqish dasturi bor. Óquvchining nima óqiyotgani va óqigan narsalarini qanday idrok qilayotganini óqituvchi bilishi juda muhim. Shuning uchun óqituvchining ma’naviy - ma’rifiy óqishga rahbarligi eng yaxshi kitoblarni tarǵib qilish va óquvchilarda óqilgan darsliklarni tóǵri, chuqur idrok etishni rivojlantirishdan iborat.
Individual topshiriqlarning turlari juda kóp bólib, ósimliklar óstirish, gullar yetishtirish ham ana shunday topshiriqlar jumlasiga kiradi. Individual topshiriqlarda har bir óquvchining imkoniyat va qiziqishlari hisobga olinsa, ular bolalarning qobiliyatlari, iste’dodlarini óstirishga yordam beradi.
Óqituvchi ta’lim jarayonida óquvchilarning madaniy ehtiyojlari va kamolot darajalarini aniqlash bilan shuǵullanadi. Ularga muvofiq tarzda ayrim óqituvchilar, gruppa yoki butun dars bilan olib boriladigan Ma’naviy - ma’rifiy ishlarni rejalashtirish.
Ma’naviy - ma’rifiy ishlar óquvchilarning qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni ihtiyoriy ravishda, aktiv va mustaqil qatnashishlari sharoitida tashkil qilinadi.
Kutubxonaning butun ishi óquvchilarga yaxshi tarbiya berishga, fan asoslarini órganishda óquvchilarga yordamlashishga, bolalarda óqish madaniyatini tarbiyalashga, mustaqil ravishda bilim olish malakalarini hosil qilish va mustahkamlashga qaratilgan.
Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, maktab tarbiyaviy ishining umumiy rejasini tuzadi hamda óquvchilarga har tomonlama tarbiya berishda maktab óqituvchilari, maktabdan tashqari muassasalar hamda tegishli tashkilotlarning ishlarini bir-biriga muvofiqlashtiradi.
Yoshlarni tarbiyalash, mamlakat kelajagini ta’minlash pedagoglarning vazifasidir. Shu sababli ma’naviy-ma’rifiy ishlar va uni tashkil etish, ma’naviy tarbiyaning yoshlarga ta’siri, yoshlarning jamiyat hayotidagi roli uzluksiz ta’limni insonparvarlashtirishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning, ahamiyati, ma’naviyat, ma’rifat, mafkura tushunchalarining ózaro boǵliqligi, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishda yangi texnologiyalardan foydalanish yóllarini órganishdan iboratdir.
Ma’naviy - ma’rifiy islohatlar davlat siyosatining ustuvor yónalishlaridan biri ekanligini kasb-hunar maktabi óquvchilariga tushunnirish maqsadida hamda yoshlarga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida To'raqo’rg’on tuman 1-son kasb-hunarmaktabida Davlat organlari xodimlari, ta’lim muassasalari óquvchilari va jamoatchilik órtasida terorizm, ekstremizm va boshka jinoiy faoliyatni oldini olishga qaratilgan kompleks profilaktik tushuntirish maqsadida tuman huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish idoralararo komissiyasi bilan hamkorlikda chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda. Aholini ayniqsa yoshlarni diniy ekstremizm aqidaparastlik kabi buzǵunchi harakatlar ta’siridan asrash maqsadida ta’lim muassasasi mahalalar bilan hamkorlikda uchrashuv va davlat subatlari tashkil etilib, shu jumladan voyaga yetmaganlar órtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish ularni turli yot ǵoyalardan asrash maqsadida bir necha bor huquqni muxofaza qiluvchi organlar hamda tuman Yoshlar ittifoki bilan hamkorlikda kengaytirilgan tadbirlar tashkil qilindi. Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi, ushbu chora-tadbirlar ijrosi profilaktika kunlarida doimiy ravishda amalga oshirilib kelinmoqda. Bundan tashqari To’raqo’rg’on tuman 1-son kasb-hunarmaktabida 5 ta muhim tashabbus bóyicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan bólib, ushbu chora tadbirlarni amalga oshirish maqsadida quydagi ishlar amalga oshirildi jumladan 1-tashabbus yoshlarning musiqa, rasomchilik, adabiyot, tiyatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarish maqsadida óquvchilari órtasida bir necha marotaba “eng yaxshi rassom” tanlovlari ótkazildi.
Yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ósib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish, ularni «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari!» ǵoyasi asosida buyuk Vatandoshlarimiz va allomalarimizning hayotda bosib ótgan yóllari va ular yozgan asarlar óquvchilar órtasida qiziqish bilan óqilib va ularning tavallud topgan kunlarida hamkor tashkilotlar bilan davra suhbatlari tashkil etib kelinmoqda.
“Yoshlarga oid davlat siyosati tóǵrisida”gi qonunda belgilangan ishlarni amalga oshirish maqsadida yuksak bilimli va intelektual rivojlangan avladni tarbiyalash, ularning ma’naviyati va madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Biz vatanga tayanchmiz!” mavzusida ma’naviyat darslar tashkil kilindi. Shu jumladan vatanimiz ravnaqini ta’minlashda yoshlarning mas’uliyatini oshirishga qaratilgan “Eng buyuk jasorat-ma’naviy jasoratdir” mavzusida kasb-hunar maktabida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda davra suhbatlari ótkazilib kelinmoqda.
XULOSA.
Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar óquvchilarning kundalik hayotidan olingan aniq dalillar va voqealarni, badiiy adabiyot, vaqtli matbuot, kinofilmlardan olingan misollarni tahlil etish hamda muhokama qilish asosida ótkaziladi. Bu ishlarning xususiyati shundaki, bu bolalarni ózining axloqiy xatti-harakatlari haqida mulohaza yuritishga va ularga tóǵri baho berishga órgatadi.
Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar óquvchilarning darsdan bósh vaqtlaridagi óquv-tarbiya jarayonini tóldiradi va kengaytiradi, óquvchilarning mustaqil bilim olishlariga, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishiga imkoniyat yaratadi.
Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bólishi kerak.
Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham kóp qirralidir. Ularga quyidagilar kiradi:
1. Ma’naviy - ma’rifiy tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish.
2. Óquvchilarning darsdan tashqari kóp qirrali ishlarini óquvchilar tashkilotlari va dars faollari yordamida yólga qóyish.
3. Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar yónalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda óqituvchilar, Guruh rahbarlari, ota-onalar, dars faollariga uslubiy yordam kórsatish.
4. Óquvchilarning bósh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish.
Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishning asosiy yónalishlari: óquvchilarda ilmiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish; ularni milliy istiqlol ruhida tarbiyalash; óquvchilarning ijtimoiy foydali mehnatini tashkil etish; óquvchilarda axloq madaniyatini, ularning óz huquq va burchlariga nisbatan ongli munosabatini tarbiyalash; óquvchilarda óz-ózini boshqarish malakalarini shakllantirishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |