"Personalni boshqarish" kafedrasi Professional ta`lim tizimi kadrlarining malakasini oshirish kursi bitiruv malakaviy ishi


Tarbiyaviy tadbirlar rejalaridan namunalar



Yüklə 288 Kb.
səhifə8/13
tarix07.06.2023
ölçüsü288 Kb.
#127904
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Personalni boshqarish kafedrasi Professional ta`lim tizimi kad

Tarbiyaviy tadbirlar rejalaridan namunalar


1. Vatan ǵururi – kamolot mulkining asosi.
a) Tuǵilgan uy, kócha, shahar va ólkalarining tarixi.
b) Bir bolaga yetti qóshni ota-ona ekanligi.
v) Atrof tabiatidagi ósimliklarning nomi va uni muhofaza qilish.
g) Ólka tarixiga oid (tarixiy, obidalar, kimlar yashagan, iqtisodiy boyligi, san’ati va kelajak rejalar) ma’lumotlar.
e) Kindik qoni tókilgan joyning tuproǵi aziz hissini singdirish.
2. Turmush madaniyati
a) SHarqona oila.
b) Ota-ona mehri, ularning borligidan fahrlanish.
v) Oilada sharqona urf-odatlar, an’analar qonun va qoilalarga amal qilish.
g) Qariyalar tarixini órganish, ularning yaxshi fazilatlari bilan chuqurlashish va ǵamxórlik qilish.
d) Turmush va bozor iqtisodiga sharqona munosabat uyǵotish.
e) Jismoniy barkamollik va sport.
3. Ózbek tilining sofligi – xalq iftixori
a) Har bir millatni ona tili va unga mehrli milliy ǵururini gul tojisi ekanligi (xalqning maqol, rivoyat, hikoyatlaridan foydalanish).
b) Ózbek tilnning tarixi, rivoji.
v) Ózbek tilining istiqboli.
g) «Til bilgan elni biladi» (dunyo tillarining mohiyati haqida).
d) Millatlararo totuvlik.
4. Ózbek milliy urf odat, rasm-rusumlar va marosimlar
a) Oilaviy urf-odatlar.
b) Rasm-rusmlar va ularning tarixi.
v) Marosimlar ularning turlari, tarixi va mazmuii.
5.Ózbek tili sofligi xalq iftixori:
a) Tilning tarixini órganish. Dastlabki turkiy tilda yozilgan asarlarni órganish (Mahmud Qoshǵariy, Alisher Navoiy).
b) Tilshunos olimlar bilan uchrashuv.
v) Sof ózbek tili sirlari, til órganish haqida donolar hikmatlari.
g) SHarqona óqishning ohangdorligi haqida ma’lumot berish.
d) SHarqshunoslik va til-adabiyotlar ilm maskanlariga tashrif buyurish.

6.Ózbekona insoniy, yuksak axloqiy sifatlar


a) Allomalarning óǵil va qizlarga aytgan nasihatlari.
b) Qizlik iffati, hayosi, ǵururi.
v) Oila va jamoat mehnatiga tóǵri munosabatda bólish.
g) Inson gózalligini anglatuvchi belgilar.
d) «Yaxshilik» va «yomonlik»ni keltiruvchi hasob, uning sabablari, obró qozonish oson ish-mi?
e) Sayoq yurgan tayoq yer.
yo) Bozor qilish odobi.
j) Tabiat gózalligini saqlash. [1]
Kasb-hunar maktabining óquvchilarini har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatli hal etish, ularda faol hayotiy mavqeni shakllantirish, ózlashtirish va bilim sifatini oshirish kóp jihatdan guruhlarining samarali ishlashiga boǵliqdir. Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy tashkil qilingan ishlar kasb-hunar maktabining óquvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatini tóldiradi. Ularning dunyoqarashi, tóǵri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga kómaklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot ishlab chiqarish bilan boǵlanishiga zamin yaratadi.[10]
Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham kóp qirralidir. Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarning tashkilotchisining vazifalariga quyidagilar kiradi:
1. Ma’naviy - ma’rifiy tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishni nazorat qilish.

  1. Óquvchilarning darsdan va maktabdan tashqari kóp qirrali ishlarni óquvchilar tashkilotlari dars faollari yordamida yólga qóyish.

  2. Darsdan va maktabdan tashqari ishlar yónalishiga bevosita rahbarlik qilgan holda óqituvchilar, dars rahbarlari, ota-onalari, dars faollariga uslubiy yordam kórsatish.

  3. Kasb-hunar maktablararo ótkaziladigan eng muhim tarbiyaviy tadbirlarda qatnashish.

  4. Óquvchilarning bósh vaqtlarini tashkil qilishda tarbiya va madaniyat muassasalari hamda jamoatchilik kuchidan keng foydalanish. Bu borada tashkilotchilar faolligini uchta asosiy tomonini kórish mumkin: tashkilotchilik, uslubiy va ma’muriy.

Bular kópincha ózaro uzviy boǵlangan holda namoyon bóladi. Tashkilotchining tashkilotchilik faoliyatiga quyidagi bir qator kishilarni kiritish mumkin:
Kasb-hunar maktabining óquvchilarining Ma’naviy - ma’rifiy ishlari óz mazmuniga kóra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Chunki Ma’naviy - ma’rifiy ishlarda olingan axborot idrok etiladi, qayta ishlanadi. Shu asosda yangi bilimlar hosil qilinadi. Kasb-hunar maktabining óquvchilar ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarda qatnashib turli kishilar bilan muayyan munosabatga kirishadilar. Turli vaziyatga duch keladilar. Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarda óquvchilar jamoadagi ishlarni órganadilar. Ijtimoiy mehnat quvonchini his qiladilar. Ishlab chiqarish mehnatiga qóshiladilar. Jamoatchilik fikriga bóysunishga, jamoa sharafi uchun kurashishga otlanadilar. Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy faoliyatga quyidagilar kiradi:

  1. Oǵzaki ish usullari: majlislar, yiǵinlar, ma’ruzalar, kutubxonalar, konferentsiyalar, munozaralar, uchrashuvlar, gazetalar, radio va jurnallar.

  2. Amaliy ish olib borish usullari turli joylarga sayyohatlarga, sport musobaqalari, tabiatshunoslar tógaraklari, shanbaliklar, yangi kitoblar kórgazmalari.

Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ish pedagogikadan butun qobiliyatlarni ishga solishga taqozo etadi. Yuqoridagi qayd etilgan topshiriqlarni bajarish jarayonida óquvchilar turli qóllanmalar, asboblar, apparatlar, didaktik materiallardan foydalanishni órganadilar, óz-ózini tekshirish uchun turli ma’lumot va tayanch materiallarini jalb etish kónikmalarini egallaydilar.
Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni davr talabiga javob beradigan holga keltirish uchun tarbiyaning asosi bólgan barcha ǵoyalar qaytadan ishlab chiqiladi.
Ma’naviy - ma’rifiy ishlarni tashkil etishda óqituvchining yónaltiruvchi ta’siri ostidagi óquvchilarning óz-ózini nazorat qilish asosiga qurilgan va fan kabinetlarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida ótkaziladigan mustaqil mashǵulotlar yetakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda ma’naviy - ma’rifiy ishda ta’limning moddiy bazasi: qóshimcha va ma’lumotnoma adabiyotlari laboratoriya uskunalari, kórgazmali qóllanmalar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan oqilona foydalanish kózda tutiladi. Ular óz ichiga quyidagilarni oladi:

  • darslik va qóshimcha adabiyotlar bilan ishlashning xilma-xil shakllarini olgan, nazariy bilimlarni ózlashtirishni ta’minlovchi;

  • tajribalar, ijodiy tusdagi ishlarni bajarishni, asboblarni loyihalashni, maketlar, modellar va hokazolarni tayyorlashni olgan mustaqil ishlash uchun topshiriqlar sistemasi maqsadga muvofiqdir.

Ma’naviy - ma’rifiy, tarbiyaviy ishlar metodikasi va bólimiga guruh rahbarlarining ishlari, Kasb-hunar maktabining ma’muriyatining tarbiyaviy ishlari kiritiladi. Bunda óqituvchilarning óquvchilar bilan muomilasi, adolatli bólishi, ta’sir kórsata olishi kerak.
Kasb-hunar maktabining óquvchi yoshlarni hozirgi zamon ma’naviyati bilan ongini suǵorish, ya’ni singdirish kerak. Óquvchilarni qadriyatlarimiz asosida urf-an’analarimiz asosida tarbiyalash har bir óqituvchining vazifasi.
Óquvchi atrofini órab turgan vositalar, yaxshi-yomon odatlar, óqituvchilar, kasb-hunar maktabining óquvchilarning muhiti, óquvchilar tarbiyasini tóǵri, ongli ravishda órganish va qabul qilish. Ma’naviy - ma’rifiy ishlarni tóla qamrab olgan tógaraklar bir necha xilda bólishi mumkin:
Tógarak turlari:
1. Fan tógaraklari.
2. Mohir qóllar.
3. Badiiy havaskorlik.
Kórib chiqilishi, asosiy e’tibor kasb-hunar maktabining óquvchilar shaxsiga qaratilishi, yillar davomida tóplangan ijobiy tajribadan unumli foydalanish zarurligini taqozo etadi.

Yüklə 288 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin