Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


O'yindagi o'zaro ta’sir “Aysberg”i



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/122
tarix30.03.2023
ölçüsü1,67 Mb.
#124551
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   122
Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova

O'yindagi o'zaro ta’sir “Aysberg”i 
O'yinning ichki pedagogik-psixologik mohiyatini tushunish uchun uni aysbergga o'xashtish 
mumkin. Bilamizki, aysberg suvda suzib yuradigan muz tog'i bo'lib, uning faqat 10% i gina suv 
yuzida ko'rinib turadi, qolgan 90%i esa suv ostida yashirin bo'ladi. O'yinda ham xuddi shunaqa 
holatni kuzatish mumkin. Rossiyadagi “Trening san’ati” kompaniyasi prezidenti, pedagogika fanlari 
doktori Levanova Yelena Aleksandrova va uning hamkasblari o'yinda mavjud bo'lgan 
“aysberg”ning o'ziga xos qismlarini ajratib ko'rsatganlar. Quyidagi shu qismlami ko'rib chiqamiz:
1. Funksional qism - o'yindagi o'zarol ta’siming eng yuqori qismi bo'lib, hammaga, jumladan 
ishtirokchilarga ham ko'rinarli qismdir. Bunda kim qanday o'ynayotganligi, trener va ishtirokchilar 
o'zini qanday tutayotganligi va h.k.lar barchaga ko'rinib turadi, xuddi aysbergning suv usti qismi 
kabi.
2. Fiziologik qism - ishtirokchilaming organizmidagi fiziologik jarayonlarga to'g'ridan-to'g'ri 
ta’sir etadi: harakatli faollik ehtiyojlarini qondiradi, bosh miya funksiyalarining tormozlangan 
qismlarini rivojlantiradi, organimning kislorod bilan t a ’minlaydi. O ‘yinning bu ta ’siri aksariyat 
kishilarga ko‘rinmaydi.
3. Psixologik qism — bu qismda o'yinning shaxs psixikkasiga ta sirini 9 ko‘rish mumkin: 
Xotira, Diqqat, Tafakkur, Xayol kabi psixik jarayonlarining rivojlanishi, emotsional holatlaming 
o'zgarishi, kommunikativ ko'nikmalaming o‘zlashtirili va h.k. - bu esa aysbergning haqiqiy suv osti 
sohasidir.
4. Pedagogik qism - bu shakllantiruvchi qism bo'lib, ishtirokchilarda ”biz” pozitsiyasini, 
kollektivga tegishlilik, kollektiv uchun qayg'urish, atrofdailarga nisbatan tolerantlik kabilar 
shakllantiralidi - bu ham aysbergning haqiqiy suv osti sohasidir.
5. Shaxsiy (latent) qism - o‘yindagi yashirin qism bo‘Iib, u 1 ishtirokchilaming shaxsiy 
rivojlanishiga ta’sir etadi va o‘yin tugaganidan so‘nggi muhokama jarayonida sodir boiadi - bu 
aysbergning haqiqiy suv osti sohasi - eng maxfiy qismidir.

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin