Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


II BOB. YOSH PSIXOLOGIYASINING TADQIQOT



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/240
tarix24.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130772
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

II BOB. YOSH PSIXOLOGIYASINING TADQIQOT
METODLARI
Reja:
1. Kuzatish va eksperiment yosh psixologiyasining asosiy 
metodi sifatida.
2. Tasdiqlovchi va shakllantiruvchi tadqiqot strategiyalari.
3. Tadqiqotning yordamchi metodlari.
4. Empirik tadqiqotlarni tashkil qilish sxemasi.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Ta’limiy:
bo‘lajak psixologlar tomonidan yosh psixologiyasi­
ning tadqiqot metodlari haqidagi bilimlarni o‘zlashtirilishini 
tashkil etish.
Tarbiyaviy:
bo‘lajak psixologlar tomonidan yosh psixologiyasi 
fanining tadqiqot metodlari haqida bilim, malaka va ko‘nikma- 
larni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi:
mavzuning ta’limiy va tarbiyaviy o‘quv 
maqsadlari asosida talabalar dunyoqarashini kengaytirish.
Tayanch tushunchalari 
kuzatish, eksperiment, test, anketa, 
sotsiometriya, faoliyat natijalarini o‘rganish, longityud metod, 
ko‘ndalangiga kesim metodi.
2.1. Kuzatish va eksperiment yosh psixologiyasining asosiy
metodi sifatida
Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarga individual yondashish 
uchun ularning individual-psixologik xususiyatlarini, o‘quvchilar 
shaxsining o‘ziga xosligini bilish, o‘rganish zarur. «Agar peda- 
gogika odamni har jihatdan tarbiyalamoqchi bo‘lsa, u oldin o‘sha 
odamni ham har jihatdan bilib olishi kerak», — deb yozgan edi 
K.D. Ushinskiy.
Shuning uchun har bir o‘qituvchi o‘quvchilarni o'rganish 
usullari bilan qurollanishi shart. Demak, yosh va pedagogik psi­
xologiya asoslarini bilish har bir fan o‘qituvchisi, har bir pedagog 
uchun muhim ahamiyatga ega.
21


Har bir fanning o‘rganish metodlari bo‘lgani kabi, yosh va peda­
gogik psixologiya ham psixologiya fanining alohida bo‘limlari sifati­
da o‘z tadqiqot metodlariga ega. Yosh va pedagogik psixologiyaning 
metodlari faqat nazariy, ilmiy tadqiqot ishlari uchungina emas, 
balki kundalik, amaliy vazifalarni hal qilish uchun ham zarur.
Rus psixologi B.G. Ananyev bo‘yicha tadqiqot metodlari 4 gu- 
ruhga bo‘linadi:
I. Tashkiliy metodlar: taqqoslash, longityud va kompleks 
metodlari kiradi. Taqqoslash — umumiy psixologiya, ijtimoiy 
psixologiya, pato-psixologiya va defektologiyada keng qo‘llanila- 
di. Yosh va pedagogik psixologiyada o‘rganilayotgan psixik jara- 
yonlarning dinamikasini aniqlash uchun qollaniladi. Longityud
— (uzluksiz) uzoq vaqt davomida ayni bir xil kishilar o‘rganiladi. 
Kompleks — psixologik tadqiqotlar boshqa fanlar metodlari ishti- 
rokida o‘tkaziladi (shaxsning jismoniy, fiziologik, psixik va ijti- 
moy taraqqiyoti aniqlanadi).
II. Empirik metodlar: kuzatish va o‘z-o‘zini kuzatish; ekspe- 
rimental psixodiagnostika metodlari (test, anketa, suhbat, sotsi- 
ometriya, intervyu); faoliyat natijalarini tahlil qilish; biografiya 
metodlari.
III. M a’lumotlarni qayta ishlash metodlari: miqdoriy (statisti- 
ka) va psixologik yoki sifatiy tahlil turlariga bo‘linadi.
IV. Sharhlash metodlari: genetik va donalash metodlari. Ge- 
netik metodda taraqqiyotdagi bosqich, pog‘onalar, inqiroz holat- 
lari ajratib ko‘rsatiladi (vertikal aloqa). Donalash metodida esa 
shaxsning barcha xarakteristikalari o‘rtasidagi «gorizontal» alo- 
qalar aniqlanadi.
Yosh va pedagogik psixologiya metodlari
Bu metodlardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin