Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


Tasdiqlovchi va shakllantiruvchi tadqiqot strategiyalari



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/240
tarix24.10.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#130772
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

2.2. Tasdiqlovchi va shakllantiruvchi tadqiqot strategiyalari
Psixologik-pedagogik tadqiqot vazifalarini bajaradigan ta ­
biiy eksperiment psixologik-pedagogik eksperiment deb ataladi. 
Har xil yosh bosqichlarida o‘quvchilarning bilish imkoniyatlarini 
o‘rganishda, o‘quvch i shaxsini shakllantirishning konkret yolla- 
rini aniqlashda uning roli benihoya kattadir. Psixologik-pedagogik 
eksperiment uch qismdan iborat. Aniqlovchi, shakllantiruvchi, 
nazorat eksperimentlari. Aniqlovchi (tasdiqlovchi) eksperiment- 
da sinaluvchilardagi biror psixik jarayonning rivojlanish daraja- 
si aniqlanadi. Masalan, boladagi xotiraning rivojlanish daraja- 
si «Meyli» testi yordamida aniqlanishi mumkin. Shakllantiruvchi 
eksperimentda aniqlangan psixik jarayon me’yordan orqada
26


bo‘lsa, uni rivojlantirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazila- 
di. Misolga qaytsak, xotirani rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulot- 
lar o‘tkaziladi. Nazorat tajribalarida shakllantiruvchi ta’sirning 
samaradorligini aniqlash uchun diagnostik metod yana bir mar­
ta takroran o‘tkaziladi. «Meyli» testi yana bir bora o‘tkazilib, 
maxsus matematik-statistik metodlar yordamida shakllantiruvchi 
ta’sirning samaradorligi aniqlanadi.
2.3. Tadqiqotning yordamchi metodlari
Anketa 
— savollar yordamida psixologik axborot to'plashning 
metodik usulidir. Bunda savollar mantiqan bir-biri bilan bog‘lan- 
gan bo‘lib, tadqiqotning maqsadiga mos keladi. Anketa yordami­
da o‘qituvchi o‘quvchilar shaxsiy sifatlarini aniqlash uchun mate­
rial to‘playdi.
Taklif etiladigan savollarga qarab, anketalar mazmun, funksi- 
yasi, shakli bo‘yicha turli xil bo‘lishi mumkin.
Mazmun bo‘yicha anketa:
1. Faktlar («Sening bo‘sh vaqtingdagi mashg‘uloting, «Uy joy 
sharoitingni ta’rifla»).
2.
Atrofdagi kishilar, hodisalar xarakteristikasini («0‘quv-ish- 
lab chiqarish korxonasida ish formasi boshqacha b olishi kerak 
deb hisoblaysanmi?», «Ko‘pchilik bolalar o‘z imkoniyatlarini 
to‘liq ishga solmay o‘qishlarining sababi nim ada deb o‘ylaysan?»).
3.
0 ‘quvchining niyatlarini ifodalashi mumkin («Oliy o‘quv 
yurtiga kirasanmi?», «Yozgi oromgohga borasanmi?»).
Savollar bajaradigan funksiyasiga ko‘ra anketa o‘z ichiga qu- 
yidagilarni oladi:
a) Filtrlovchi-savollar. М.: agar o'qituvchini oliygohga kirishni 
xohlovchilar qiziqtirsa, anketada quyidagicha savollar taklif eti- 
ladi: «Sening yoqtiradigan predmeting?». Bunga faqat oliygohga 
kirmoqchi bo‘lgan o‘quvchilargina javob beradilar.
b) Tekshiruvchi yoki nazorat qiluvchi savollar. Ularning asosiy 
funksiyasi — ma’lumotning to‘g‘riligini tekshirish.
Shakli bo‘yicha anketalar:
27


a) ochiq — bunda to‘g‘ri savollar o‘z xohishiga qarab, erkin 
javob berish mumkin;
b) yopiq — bunda savollarga tayyor javob berilgan bo‘lib, 
o‘quvchi ulardan birini tanlashi lozim.
Anketa savollariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Savollar aniq, tushunarli, sodda va konkret bo‘lishi lozim.
2. Anketaning boshida oson savollar, keyin qiyin, undan keyin 
eng murakkablari, nihoyasida yana oson savollar berilishi lozim.
3. Bitta xususiyatni aniqlashga bir necha savollar, nazorat qi­
luvchi savollar berilishi lozim.
Anketa metodining ijobiy tomoni:
1
) ommaviy o‘rganish imkoniyati;
2
) informatsiya to‘plash tezligi;
3) m a’lumotlarni analiz qilishda matematik metodlardan keng 
foydalanish imkoniyati;
4) og‘zaki formada javob olish qiyin bo‘lgan savollarga javob 
olish imkoni;
5) bir necha tadqiqotlar natijasini taqqoslash imkoni;
6
) natijalarni qayd etishning qulay usuli.
Shuni ham nazarda tutish lozimki, anketa metodi shaxs xu- 
susiyatlarining barcha sohalarini to‘la o‘rganish imkonini ber- 
maydi, o‘quvchilar turlicha javob berganlari tufayli ularni klassi- 
fikatsiya qilishda qiyinchiliklar uchraydi, javoblarning obyektivligi 
yuqori emas, chunki o'quvchilar bunga vijdonan yondashmas- 
liklari mumkin.
Quyida kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning kommunika- 
tiv (muloqotchanlik) xususiyatlarini aniqlash uchun mo‘ljallan- 
gan anketa tavsiya qilinadi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin