Qadriyatlar falsafasi


Demokratiya va uning mezonlari



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

Demokratiya va uning mezonlari. Umumiy tarzda demokratiya deganda 
hammaning manfaatlari yo`lida ko`pchilikning hokimiyati va ozchilikning irodasini 
hurmat qilish tushuni-ladi. Batafsil tahlil qilinganda esa demokratiya - xalqning o`z 
erkinligi va mustaqilligiga qarashlari ham, o`zboshimchalik bilan cheklashlar va shu 
yo`sindagi harakatlardan himoya qilish ham, fuqarolarning o`z-o`zini bosh-qarish 
shakli ham ekanligi bo`ladi.
Demokratiyani belgilovchi uch mezon:
1. 
Xalqning qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi.


2. 
Hukumat qarorlari xalq tomonidan nazorat qilinishi 
3. 
Oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishi. 
SHuningdek demokratiya vakillik demokratiyasi va bevosita demokratiyaga 
bo`linadi. 1.Vakillik demokratiyasi - demokratiyaning bir shakli bo`lib davlatni 
boshqarishda, davlat va jamoat ishlarida fuqarolarning vakillari orqali ishtirok 
etishidir. Vakillik demokratiyasining yorqin ifodasi xalq deputatlari bo`lib, ular 
saylovchilarning vakilidir. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti ham xalq vakilidir. 
Vakillik demokratiyasi amal qilishi natijasida fuqarolarning aksariyat ko`pchiligi 
davlat va jamiyatni boshqarishda, ularning faoliyatida keng ishtirok etish 
imkoniyatiga ega bo`ladi. 
2.
Bevosita demokratiya - demokratiyaning bir shakli bo`lib, u har bir 
fuqarolarning davlatni boshqarishda, davlat ishlarida bevosita - ya`ni shaxsan ishtirok 
etishidir. Bevosita demokratiyaning ko`rinishlariga saylovda ovoz berish, saylov 
komissiyalari tarkibida ishtirok etish, qonun loyixalari va boshqa tadbirlarning 
muxokamasi, referendum (umumxalq ovozi), fuqarolar yig`ini ishlarida hamda davlat 
organlariga takliflar kiritishda ishtirok etish va boshqalar kiradi. 
Demokratiya - faqat nazariya yoki siyosiy jarayongina bo`lib qolmay, shu bilan birga 
xalqning turmush tarzi va uning butun ruhiyati, an`analari, madaniyati, 
psixologiyasining xususiyatlari hamdir. Demokratiya g`oyalarini bayon qilish 
mumkin. Siyosatda demokratiyani yuqoridan «tushirish» mumkin. Lekin bu bilan 
demokratiya sizu bizning amaliy hayotimizga singmaydi. Demokratiya jamiyatning 
qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog`i kerak. Bu esa bir zumda 
bo`ladigan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi bo`la olmaydi. Bu 
tayyorgarlik ko`rish va demokratiya tamoyillarini o`zlashtirishdan iborat ancha uzoq 
muddatli jarayondir. Ba`zi davlatlarda bunga erishguncha ko`plab avlodlar o`tgan. 
Demokratik jamiyatni barpo etishning xalqaro tamoyillari, dunyo hamjamiyati e`tirof 
etgan qoidalari bor. Bular: 1) fuqaroning o`x hoxish-irodasini erkin ifodalash 
huquqiga egaligi, 2) ozchilikning ko`pchilikka bo`yosunishi, 3) barcha fuqarolarning 
millati, elati, ijtimoiy kelib chiqishi va diniy e`tiqodidan qat`iy nazar, teng huquqligi, 
4) davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustivorligi, 5) saylov va saylanish huquqi va 
boshqalardir, Bular qaryib barcha mamlakatlar Konstitutsiyalarida belgilab qo`yilgan 
tartib-qoidalardir. Biroq demokratiyani joriy etishda bularning o`zi kifoya qilmaydi. 
Faqat shuning o`zi aholi barcha ehtiyojlarini, ma`naviy-ruhiyolamini qamrab 
ololmaydi. CHunki har bir xalqning o`z turmush va tafakkur tarzi, tarixiy an`analari, 
xayotga munosabati va boshqa jihatlari bor. Demak, demokratiyaga yondashish usuli 
bor. Demokratiya hamma narsada xohlagancha erkinlik emas, qonunga asoslangan 
erkinlikdir. Demokratiyaning ajralmas qismi intizom, qonunlarni xurmat qilish, 
boshqalarning haq-huquqini ximoya qilishdir. O`zbekiston respublika Konstitutsiyasi 
mamlakat demokratik taraqqiyotining strategik yo`nalishlarini, insonning siyosiy 
huquqlarini xalqaro andozalar yo`nalishlarini, insonning siyosiy huquqlarini 
miqyosida belgilab beradi, xalqaro huquq ustunligini, hokimiyatlar taqsimlanishini, 
davlatning asosiy muassasalari va mahalliy o`zini o`zi boshqarish idoralarining 
saylanishini, ko`ppartiyaviylikni, mafkuraviy plyuralizmni o`zida aks ettiradi. 
Umuman, milliy g`oya, erkin fuqaro va demokratiya - yuqori darajada
rivojlangan kishilar jamiyati, insoniyat erishgan buyuk ne`mat, ko`pchilikka ma`qul 
yashash tarzi. Ammo uning amalga oshishi barcha mamlakatlarda bir xil emas. Har 


bir mamlakat demokratiyaning umumiy qadriyat va tamoyil-larini o`z milliy 
qadriyatlari zaminida, o`z xalqining uzoq tarixi davomida shakllangan an`analari 
bilan qo`shib qabul qilganini bilamiz. Masalan, AQSH yoki Angliya, Frantsiya 
(boshqa Evropa mamlakatlari ham) demokratik davlatlar bo`lsalar-da, lekin har biri 
o`z milliy ruhi, an`analarini ham saqlagan. SHu kabi YAponiya, Koreya, Malayziya 
kabi mamlakatlarda ham demokratik tuzum milliy va diniy e`tiqod udumlar negizida 
amal qilmoqda.
SHubhasiz, O`zbekistonda ham biz ana shunday bo`lishi uchun intil-
moqdamiz. YUrtboshimizning barcha asarlarida bunga alohida e`tibor qilinib, milliy 
qadriyatlarni tiklash, milliy axloq-odobni mustahkamlash uchun sa`y-xarakatlar 
qilinmoqda. Biz demokratiya yo`lini, dunyoviy taraqqiyot yo`lini tanladik, hamda 
rivojlanayotgan davlatlar erishgan darajaga etish uchun bosqichma-bosqich qadam 
tashlamoqdamiz
12

SHunday qilib, milliy g`oya hayotiy va istiqbolli g`oyadir. U taraqqiyotga va 
mamlakat fuqarolarini chinakam hamjihatlikka, ma`rifatga olib boradigan 
insonparvar va taraqqiyotparvar g`oyadir.
SHunga ko`ra milliy g`oya har qanday «izmlar» (kommunizm, panis-lomizm, 
panturkizm kabi) zararli va umrini o`tab bo`lgan fikrlarni rad etadi. Vatanga, xalqiga 
muhabbatli odamgina etuk ma`naviyatli, ma`rifat-lidir. Ma`rifatli odam o`z erkini 
boshqalar erki bilan birga deb biladi, o`zgalarning yashash tarzi, e`tiqodi huquqini 
hurmat qiladi. Bizning ulug` ajdodlarimiz Forobiy, Bahovuddin Naqshband, Alisher 
Navoiy ana shunday etuk, komil inson bo`lish uchun kurashganlar. «Naqshband 
uchun shohu gado barobar edi, u qul saqlamas va o`zi ham hech kimga qul 
emasligidan faxrlanardi», deb yozadi Navoiy. Hazrat Navoiy asarlarida kuylangan 
g`oyalar bugun ham bizga ibrat va saboq bo`lib kelmoqda. 
Mustaqillik, demokratiya va taraqqiyot o`zaro uyg`un va bir biri bilan bog`liq 
tushunchalar. CHunki agar milliy mustaqillik bo`lmasa, erkinlik ham, erkin 
rivojlanish ham bo`lmaydi. SHaxs erkinligi millat erkinligidan ayri tushuncha emas. 
SHu bois, O`zbekiston XX asr 90-yillarida istiqlolni qo`lga kiritganda bir - biri bilan 
bog`liq bo`lgan ikki vazifa kun tartibida turardi: biri - mustaqillikni mustahkamlash 
bo`lsa, ikkinchisi - bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyat qurish.
Hozirgi paytda O`zbekistonda bu ikki jarayon muvaffaqiyat bilan davom 
etmoqda va mamlakatimiz tobora iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlar safiga kirib 
bormoqda. Iqtisodiy taraqqiyot ijtimoiy-siyosiy va ma`naviy-ma`rifiy yuksalish bilan 
uzviy aloqada kechishi lozim. Boshqacha aytganda, iqtisodiy taraqqiyotni 
O`zbekiston xalqining o`zi amalga oshiradi. YA`ni xalqimizning ma`naviy-ma`rifiy 
saviyasi, bilim va malakasi, salohiyati, umummadaniy darajasi qanchalik baland 
bo`lsa, iqtisodiy taraqqiyot ham shuncha tezlashib, «erkin, farovon hancha tezlashib, 
«erkin, farovon hatiladi».
1
Aholining har bir qatlami, har bir fuqaro buni yaxshi angab etib, shunga qarab 
faoliyat olib borishi lozim bo`ladi. Ammo bu sohada muammolarimiz ko`p. Zero, 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin