Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

Uluqqa etishsa kichik hurmati
Ulug` ham kichikka hurmat ko`rsatur. 
O`zbek xalqining eng qadimiy davrlaridan boshlab hozirga qaHar davom etib 
kelayotgan ajoyib qadriyatlaridan yana biri — ota-onani yuksak darajada e`zozlash, 
izzat-ikromlari, hurmatlarini joyiga qo`yishdan iboratdir. 
Ota-onani qadrlash, ularning tengsiz, o`lchovsiz xizmatiga sodiq bo`lish, 
duolarini olish bolalarning farzandlik burchidir. Bu milliy qadriyatlarimizning eng 
muhim talablaridan biridir. 
SHe`riyat mulkining .sultoni Alisher Navoiy aytganlaridek, ota-onani hurmat 
qilish farzandlar «...uchun majburiyatdir. Bu ikkisiga xizmatni birdek qil, xizmating 
qancha ortiq bo`lsa ham, kam deb bil. Otang oldida boshiigii fido qilib, uning boshi 
uchun butun jismingni sadqa qilsang arziydi. Ikki dunyong obod bo`lishini istasang, 
shu ikki odamning roziligini ol! Tunu kunga nur berib to`rgan birisini oy, birisini 
quyosh bil, ular chizgan chiziqdan tashqariga bir qadam bilan Hamma xizmatni sen 
odob bilan bajar, «adab» so`zidagi «dol» kabi qomatingni ham qil»
16

Kattalarga izzat-ikrom, kichiklarga mehr-shafqat, ota-onalarga e`zoz, 
farzandlarga mehr-sadoqat—bular insonni inson qilib turadigan axloqiy va ma`naviy 
qadriyatlarimizdan hisoblanadi. 
Mustaqil O`zbekiston Respublikasining asosiy qonuni —Konstitutsiyasida 
odob-ahloq masalasida, xusu-san farzandlarning jamiyat, oila hamda ota-onalari 
oldidagi insoniy burchlari va mas`uliyatlari nimalardan iboratligi milliy 
qadriyatlarimizdagi asosiy g`oya va qoidalar davr talabiga binoan belgilab berilgan. 
Uning 66-moddasida qayd qilinishicha, voyaga etgan, mehnatga layoqatli 
farzandlar o`z ota-onalari haqida g`amxo`rlik qilishga majburdirlar
2

Milliy qadriyatlar xususida fikr yuritganda yana bir muhim masalani alohida 
ta`kidlashga to`g`ri keladi. Ma`lumki, qadimiy urf-odatlarimizga ko`ra, o`zbek 
oilalarida, ayniqsa ko`p bolali xonadonlarda yoshlar bolaligidanoq mehnat 
quchog`ida tarbiyalanadi, mehnatda chiniqadi. Oilada ota-onaga yordam berib 
mustaqil mehnat qilishga intilib, hech bir bola mayib bo`lgan emas. Aksincha mehnat 
16
Алишер Навоий. Хайратул Аброр.Т.:Ғофур Ғулом, 1974, 55-бет. 
2
Ўзбекистон Республикаси Конституцияси.-Т.:Ўзбекистон, 2003, 13-бет 


qilib bola chiniqqan, murakkab hayot yo`lida uchrashi mumkin bo`lgan har qanday 
to`siqlar va qiyinchiliklarni bardosh bilan engib o`tgan, ota-onasining qadriga etgan, 
yoshligidan ko`zi pishib, oqu qorani tanigan. 
Mustaqillikka erishganimizdan keyin yoshlar tarbiyasining mazmuni va 
mohiyatida, usul va shakllarida jiddiy o`zgarishlar ro`y bera boshladi. Maktablarni 
milliylashtirish boshlandi. Ta`lim-tarbiyaga milliy qadriyatlarni joriy etish asosiy 
o`rin to`tadigan bo`ldi. Tariximiz, madaniyatimiz, milliy urf-odatlarimizga e`tibor 
kuchaydi. Eshlarda milliy g`ururni shakllantirish va mustahkamlashga alohida 
ahamiyat be-riladigan bo`ldi. 
Bilimni sevish va ardoqlash, olimu fuzalolarni, ustozlarni hurmat qilish, 
mardlik, odamiylik, kamtarlik, adolat, halollik va haqgo`ylik kabi insoniy fazilatlarni 
ulug`lash borasida ham ibrat bo`ladigan ajoyib qadriyatlarimiz ko`p. 
Bilim va zakovatning qimmati, jamiyat taraqqiyoti va shahs ma`naviy-ahloqiy 
kamoloti uchun ahamiyati shu qaHar kattaki, uni ta`riflashni ado qilib bo`lmaydi. 
Bilim eng katta boylik ekanligi, dunyoda undan qadrliroq hech narsa yo`qligi 
to`g`risida qadimgi hind dostoni «Kalila va Dimna», Nizomulmulkning 
«Siyosatnoma», Nosir Xisravning «Saodatnoma», «Tushioma», YUsuf Xos 
Hojibning «Qutag`du bilik» Ahmad YUgnakiyning «Hibatul haqoyiq», Ahmad 
YAssaviyning «Devoni hikmat», Alisher Navoiyning «Hamsa» kabi ja-honga 
mashhur asarlarida bir-biridan muhim, bir-biridan sermazmun fikrlar bayon etilgan. 
Bizning ilm-fanimizda, madaniyatimiz va tariximizda insonni ilm asoslarini 
bilib olishga da`vat etmagan, bilimning xosiyati haqida kuyib-yonib baen etmagan 
bironta shoir va yozuvchi, bironta olimu ulamo, bironta etuk davlat arbobi bo`lmagan 
desak, mubolag`a emas. Buning uchun loaqal Muhammad Xorazmiyning, Abu Nasr 
Forobiyning, Ahmad Farg`oniy, Abu Rayhon Beruiiy, Abu Ali ibn Sinoning muborak 
nomlarini eslashning o`zi kifoya qiladi. 
XII asrda ijod qilgan donishmand shoir Ahmad YUgnakiyning «Hibatul 
haqoyiq» («Haqiqatlar armug`oni») asarida ilmli bilan bilimsizni, olim bilan johilni 
qiyoslab bayon etgan quyidagi fikri bunga misol bo`ladi: «Bilim to`g`risida 
so`zlamoqdaman, so`zimni yaxshi tingla, bilimdon kishilarga o`zingni bog`la. Bilim 
bilan baxt saodat yo`llari o`rganiladi, bilim egallab saodat yo`lini top. Bilimli kishi 
qimmatli oltindir. Johil, bilimsiz kishilar arzimas qalbaki (aqcha) dir. Bilimli bilan 
bilimsiz qachon teng bo`ladi? er kishi bilim o`rganib bilguvchi bo`lib qoladi, bilimsiz 
tiriklikda ko`rgiliklar ichida qoladi. Bilimli er o`lsa ham oti o`lmaydi, bilimsiz 
kishining hayot chog`ida ham uning oti o`likdir». 
YUsuf Xos Hojibning fikrncha, zakovat qorong`u tundagi mash`al kabidir, 
bilim esa nur tarqatuvchi yorug`likdir. Kimda zakovat bo`lsa, o`sha asl odam bo`ladi, 
kimda bilim bo`lsa u martabaga erishadi, Odam zakovati tufayli asl ataladi. Bilim 
gavhar kabi bir erda to`planib turadi, u zakovatning konidir. Mushk-anbar va bilim 
bir-biriga o`xshash narsalardir, ularni o`zidan bo`laklardan yashirib saqlab bo`lmaydi. 
Mushk-anbarni yashirsang, uning hidi oshkor qiladi, bilimni yashirsang, uni tiling 
oshkor qiladi. Bilim o`z sohibini qashshoq qilmaydigan bitmas-tuganmas boylikdir, 
o`g`ri va qalloblar uni hech o`g`irlab ola olmaydi. 
Odamlarda ilmu hunar qancha ko`p bo`lsa, u o`zini shuncha oddiy, kamtarin 
tutadi. Kamtarlik odamni bezay-di, obro`sini oshiradi, do`stini ko`paytiradi. 
Kamtarlik, sermulohazalik, vazminlik, og`ir-bosiqlik singari insonni axloqiy-


ma`naviy jihatdan go`zal qilib ko`rsatadigan yuksak fazilat va xislatlar kishining 
bilimidan kelib chiqadi. Buni bizning aj-dodlarimiz orasida o`tgan ulug` va dono 
kishilar, shoir va faylasuflar ham ko`p ta`kidlab o`tganlar. 
Ana shu erda ulug` bobomiz Alisher Navoiyning «Mahbubul-qulub» asarida 
kamtarlik, tavoze` haqidagi fikrlarini keltirib o`tish joizdir. «Tavoze` kishi huzurida 
o`zini past tutish, kamtarlik ko`rsatish, xalq muhabbatini o`ziga tortar va odamlarni 
shu ishni bajaruvchi bilan do`stlashtirar. Tavoze` do`stlik chamanida toza gullar 
ochar va u chamandan oshnolik va ulfatchilik bazmiga xilma-xil gullar sochar... 
Adabdan muhabbatga bezak va pardoz etadi, adab tarkidan do`stlikning ravnaq va 
bahosi ketadi. Tavoze`li va odoblilarga ta`zim va hurmat etadi va urug`ni ekkan bu 
qimmatbaho hosilni to`plab oladi». 
Mustaqillikning ma`naviy zaminlarini mustahkamlashda diniy g`oyalar va 
qadriyatlardan, odob, axloq borasida islom imkoniyatlaridan oqilona, ijodiy 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Islom dinida nafaqat milliy, balki umuminsoniy 
ahamiyatga ega bo`lgan, hozir ham o`z qimmatyni to`la saqlab qolayotgan eng 
muhim ahloqiy qoidalar, falsafiy fikr-muloha-zalar behisobdir. Islom odamlarni 
dinidan, millatidan qat`iy nazar, o`zaro hurmat-izzatda bo`lishga, bir-birini moddiy, 
ma`naviy, ruhiy qo`llab-quvvatlashga undaydi. Millat ajratish, boshqa millat 
kishilarini kamsitish islom dini aqidalariga tamomila yot. 
Tabiatga mehr-muhabbat, tevarak-atrofni, suvni, havoni, tuproqni, hayvonotu 
nabototni asrab-avaylash islomning asosiy g`oyalaridan biridir. Tabiat ne`matlarini 
e`zozlash, ularning qadriga etish—insonning burchi. Tabiiy ne`matlarni e`zozlash 
ularni asrash bilan, isrof qilmaslik bilan bo`ladi. Qur`ondagi oyatlarda, 
payg`ambarimiz hadislarida hayvonot ol^ami, nabotot olami va atrofimizni o`rab 
to`rgan boshqa narsalarni to`la-to`kis himoya qilish, saqlash, ularni buzmaslik, isrof 
qilmaslik to`g`risida ta`limotlar borki, ular bilan tanishib, bu ta`limotlar go`yoki 
hozirgi kunimizni ko`zlab aytilganday ekandigiga guvoh bo`lasiz. 
Jamiki tabiiy boyliklar, dov-daraxtlarni, hayvonot olamiyu suvdagi jonivorlarni 
avaylash masalasida islom dinida bayon etilgan eng zarur, eng foydali yo`l-yo`riqlar, 
bebaho o`git va g`oyalar umuminsoniy ahamiyatga molik qadriyatlar hisoblanadi, u 
millat tanlamaydi. Islom dinida tabiatni ko`z qorachig`idek avaylash haqidagi 
g`oyalar umumbashariy qadriyatlardan bo`lib hisoblanadi. Unda alohida 
ta`kidlanishicha, kaysi bir mo`min inson ekin eksa, yoki mevali daraxt o`tkazsayu 
ulardan qushlar, odamlar yoki hayvonlar esa bu uniig sadaqa hukmida bo`ladi. 
Bundan tashqari soyasidan xalq foydalanib to`rgan daraxtni kesib yuborgan odam 
do`zaxga mahkum etiladi, degan fikrlar ham bayon etilgan. 
«Ekmoq niyatida qo`lingizda ko`chat to`rgan paytda bexosdan qiyomat qoyim 
bo`lib qolishi aniq bo`lganda ham ulgursangiz uni ekib qo`yavering», deb 
uqtirilganligi qanchalik muhim va zarurligini aytib o`tishning hojati bo`lmasa kerak, 
deb o`ylaymiz. 
Islom dinida birovlarning haqiga ko`z olaytirish, ichkilikbozlik, o`g`rilik va 
qabih ishlar bilan shug`ullanish, foxishabozlik qattiq qoralanadi. Din odamlarni 
xarom-harish yo`llardan chetda yurishga, insofli, diyonatli bo`lishiga, o`zidan yaxshi 
iz qoldirishga undaydi. 
Tarbiya, odob-axloq, o`zaro do`stona munosabatlar, qarindosh, ota-ona va 
farzandlarning haq-huquqlari, mehr-oqibat, halollik, poklik singari insoniy 


qadriyatlar keng tashviq qilinadi. Buning aksicha, razolat, kibr-havo, adovat, hasad, 
xiyonat, yolg`onchilik, fitna-fasod, zulm kabi razil sifatlar esa keskin qoralanadi. 
Imkoni boricha va qaerda qodir bo`lsang ilm o`rgan ma`rifatingni ziyoda qil, 
degan g`oya islom dinining mag`iz-mag`iziga chuqur singdirib yuborilganligini Ha-
disi SHarifdan olingan misollardan ko`r]ish mumkin. «Ilmni CHin mamlakatida 
bo`lsa ham talab qilinglar», «Beshikdan to tobutgacha ilm izla» kabi chuqur ma`noli 
fikrlar musulmonlar uchun asosiy qo`llanma bo`lgan. 
Islom dini va axloqi bayon etilgan, uning butun mohiyati asosiga jo qilib 
yuborilgan g`oya va qoidalarni bilib olish, ularga asoslanib ish yuritish, faoliyat 
ko`rsatish, shahsning ma`naviy kamoloti, axloqiy poklanishi uchun benihoya zarur va 
muhim. 
Ma`naviy va ahloqiy poklanish, imon, insof, diyonat, or-nomus, mehr-
muhabbat, vatanparvarlik va insonparvarlik kabi noyob insoniy fazilatlar qanchalik 
avaylab-asralsa, hayotga keng joriy etilsa, insonning yaratuvchilik, bunyodkorlik 
faoliyati shunchalik kuchayib, takomillashib boradi. Ana shu masalalarga alohida 
e`tibor qilinmasa kelajak boy beriladi. 
«Mustaqilligimizni mustahkamlash yo`lidagi eng katta masala, kishilarimiz 
dunyoqarashida, jamiyatimizda vatanga mehr g`oyasi birinchi o`rinda turishi kerak. 
Har qanday ish asosida milliy oriyat, milliy g`urur, millatchilik yoki shovinizmga 
aloqasi bo`lmagan, mana shu mamlakat mana shu halqqa mansubligi uchun kuch-
quvvat bag`ishlaydigan g`urur qo`yilishi lozim. 
Bu muqaddas tushunchalar millati va diniy e`tiqodidan qat`i nazar, mana shu 
yurt, mana shu muqaddas zaminda yashayotgan har bir kishining hayoti, ongi, qoni 
va jismiga singib ketishi kerak.
O`tmishimiz va kelajagimiz bag`ishlaydgan mana shu iftixor tuyg`usi bilan biz 
yangi avlodlarni tarbiya qilishimiz, o`z milliy davlatimizni qurishimiz lozim»
17

Haqiqiy vatanparvarlik xalq boshiga qora bulutlar yig`ilib, musibat tushgan 
vaqtlarda, ayniqsa, namoyon bo`ladi. Buni biz o`zbek xalqi 1941 — 1945 yillarda 
fashizmga qarshi olib borgan mardonavor jasoratlaridan, vatanga bo`lgan chuqur 
sadoqatlaridan yaqqol ko`rishimiz mumkin. 
Urush yillarida ko`rsatgan mardligi, matonati va qahramonligi uchun 
O`zbekistonning 120 ming o`g`il-qizlari orden va medallar bilan taqdirlandilar, 
ularning 338 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni Oltin yulduzini, 53 nafari esa SHuhrat 
ordenining har uchchala darajasini olishga musharraf bo`ldilar. Urush yillari frontga 
O`zbekistondan jami 1 million 300 mingdan ziyod ofitserlar va soldatlar jo`nadi. 
SHularning 40 mingdan ko`prog`i jang maydonlarida mardlarcha halok bo`ldi, 130 
mingdan ortig`i bedarak yo`qoldi. 
1995 yilning 1 yanvarida bo`lgan ma`lumotlarga ko`ra hozir O`zbekistonda 
108 ming 281 urush qatnashchisi, 171 ming 370 urush ortida mehnat qilganlar
urushda halok bo`lganlarning 20 ming 676 oilasi istiqomat qiladi.
18
 
Hukumatimiz ularga katta e`tibor va g`amho`rlik qilayotir. Urush 
qatnashchilari «Jasorat», front orti mehnatkashlarining esa «SHuhrat medallari bilan 
taqdirlanganliklari buning yorqin dalilidir. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin