Qadriyatlar falsafasi


Uyg`onish davri XIV- asrdan XVII- asrgacha bo`lgan davrni o`z ichiga



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

Uyg`onish davri XIV- asrdan XVII- asrgacha bo`lgan davrni o`z ichiga 
oladi. Bu davr qirollik hokimiyatini absolyut monarxiyaga aylanishi va 
mustahkamlanishi, ilk kapitalizimning vujudga kela boshlashi, feodal jamiyatining 
barham topishi bilan xarakterlanadi. Feodalizmdan sekin-asta kapitalizmga o`tish 
ro`y bera boshlaydi. 
YAngi davr markazlashtirilgan hokimiyatning kuchayishi bilan bir vaqtda 
feodal tarqoqligini tugatish talablari kuchayib bordi. Sanoat ishlab chiqarish, 
kemasozlik, harbiy ishni rivojlantirish ehtiyojlari yangi ilmiy tadqiqot metodlarini, 
o`rta asrchillikka xos sxolastikadan voz kechishni taqazo qilar edi. 
Paydo bo`la boshlagan burjua mafkurasi nomoyondalari diniy aqidalarga 
nisabatan tanqidiy munosabatda bo`ladilar, mustaqil ilmiy tadqiqotga intilish 
kuchaydi. Insoniy ehtiyojlar birinchi o`ringa chiqdi. Olimlar insonning ijodiy 
imkoniyatlari, uning aql-idrok qudratini ulug`ladilar. Antik madaniyatning qayta 


tiklanishi, diniy Reformatsiya, tabiatshunoslik fanlarining vujudga kela boshlashi 
uyg`onish davrining asosiy xususiyatidir. 
Bu o`zgarishlar siyosiy fikr sohasida ham o`z aksini topdi. yangi siyosiy 
ta`limotlarda cherkovga bog`lik; bo`lmagan, markazlashgan dunyoviy davlat tuzish 
talablari yuzaga kela boshladi. Bu yangi g`oyalarning himoyachisi va targ`ibotchilari 
Italiyada Makiavelli, Frantsiyada Boden hisoblanadi. 
Nikollo Makiavelli va Jan Bodenning siyosiy va ma`rifiy qarashlari. 
Nikollo Makiavelli (1469-1527) siyosiy fikr tarixiga o`zining bir qancha ijobiy 
asarlari bilan kmrib keldi. Bu asarlar ichida uning "Xukmdor" ("Gosudar’") asari 
alohida o`rin egallaydi. Makiavelli birinchilardan bo`lib diniy aqidalardan holi 
bo`lgan siyosiy ta`limot yaratishga harakat qildi. Uning ta`limoti siyosiy 
amaliyotning kuzatish, tarix va inson psixikasini o`rganish asosiga qurilgan. 
Makiavellining fikricha u odamlarning xatti-harakatlarini bir-xil xirs va 
intilishlar belgilaydi. Inson tabiatining zaminida amalparastlik, g`arazgo`ylik yotadi. 
Odamlar, deydi u, subitsiz, noshukur, qo`rqoq, munofiq, ichi qora, boshqalarni ko`ra 
olamaydigan xossalarga egadirlar. qobiliyati cheklangan bo`lsa ham, hohishlari 
cheklanmagan. Ular doim hozirgi kundan norozi, o`tmishni maqtaydilar, taqlid 
qilishni sevadilar, lekin yaxshi narsalarga nisbatan yomon odatlarni 
tezroqo`zlashtiradilar. Inson-o`zining dunyoga kelishini batamom asosli ravishda 
katta yig`i bilan olqishlovchi eng ojiz va sho`rpeshana maxluqdir". 
Makiavelli davlatning monarxiya va respublika shakllarini ajratadi. U 
respublikaning afzalliklari haqida gapirsa ham markazlashgan va qudratli davlat 
yaratish uchun monarxiya qulayroqdeydi. qudratli davlatni yaratish yo`lida hukumdor 
hech narsadan toymasligi kerak, ahloqnormalariga ham rioya qilishi shart emas. U 
hukumdorga berahm va ayyor bo`lishni, fuqarolarga qo`rqituv orqali ta`sir qilishni 
maslahat beradi. 
Hukmdor she`rdan jassurroq, tulkidan ayyorroqbo`lishi kerak, negaki, "tuzoqni 
ko`rish uchun tulki, bo`rilarni jazosini berish uchun she`r bo`lmog`i darkor". Siyosiy 
ta`limotlar tarixida "makiavellizm" nomini olgan tushuncha Makiavellining fikriga 
mos siyosatni anglatadi. 

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin