Xalq bilan hamnafas, hamdard bo`lish, unga yaxshi kunlarda ham, boshiga
musibat tushgan qorong`i kunlarda ham sadoqatli bo`lib, astoydil xizmat qilish
mumkin — musulmon farzandi uchun eng katta baxt xisoblanib, kelgan, «YAxshi
hayot va o`zoq yashash uchun, xalqning duosi va shodligidan yaxshiroq posbon va
qo`riqlovchi yuq» deydi, Barxurdor ibn Maxmud.
Xalqparvarlik — barcha insonlarga mexr oqibatli bo`lish, ularni hurmat izzat
qilish bilan chegaralanadigan munosabatlargina emas, albatta. Halqparvarlik — eng
avvalo har bir inson tomonidan boshqalarga nafi tegadigan amaliy harakatdir. SHu
nuqtai nazardan yondashadigan bo`lsak masalan, moddiy ne`matlar ishlab
chiqaruvchi har bir mehnatkash uchun halqparvarlik — bu mehnat unumdorligini
oshirib xalqimiz uchun zarur bo`lgan iste`mol maxsulotlarini sifatli va o`z vaqtida
etkazib berish demakdir.
YOzuvchilar, ziyolilar uchun xalqparvarlik o`z asarlarida xalqning mehnati,
hayoti, orzu umidlarini badiiy obrazlarda aks ettirib, ularning ichki dunyosini
boyitish, ma`naviy barkamolligi, dunyoqarashini shakllantirishga ko`maklashishdan
iborat, deb bilmog`imiz lozim.
Olimlarimiz uchun xalqparvarlik xalqimizning farovon hayot kechirishi uchun
zarur bo`lgan narsalarni ishlab chiqarishni ilmiy asoslab berish, kishilarning ongi,
ilmiy dunyoqarashini shakllantirish demakdir.
Davlat arboblari uchun halqparvarlik — bu eng avvalo har bir insonning huquq
va erkinliklarini ximoya qilish, ularning extiyojini qondirish, bzrcha ijtimoiy
kafolatlarini ado etish, ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, osoyishtalik, milliy totuvlikni
ta`minlash demakdir. Insonparvarlik, xalqparvarlik ayni vaqtda vatanparvarlik
hamdir.
Dostları ilə paylaş: