Qadriyatlar falsafasi



Yüklə 1,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/90
tarix13.03.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#124026
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   90
Qadriyatlar falsafasi

Sog`inchlarim lim-lim. 
 
Ertayu kech o`yimdasan, 
Tushimdasan, o`ngimdasan, 
Ko`nglimdasan, ko`nglimdasan, 
Ko`z yoshlarim yum-yum, 
Sog`inchlarim lim-lim...» 
Mustaqillikning eng katta ne`matlaridan biri bo`ldiki, endilikda olamlardagi 
millat, Vatan xaqidagi tushunchalar o`zining asl ma`nolariga qaytmokda. Vatan, bu 
endi ilgarigidek siyosat va mafkura asosiga qurilgan, milliy xis va idrokdan uzoq, 
allaqanday mavxum tushuncha emas. Mustaqillik tufayli biz o`zimizning xaqiqiy 
Vatanimizni topdiq. Jahon siyosiy haritasida O`zbekistan atalmish mustaqil davlat 
paydo bo`ldi. 
«Vatan tuyg`usi — bu aziz va go`zal Vatanimizga yuksak e`tiqod bilan 
yashash, unga hamisha sadoqatli qilish demakdir. Vatanga sadoqat barchamizning 
farzandlik burchimizdir. 
Vatan tuyg`usi — bu halqimizning oltin merosi, an`analari, tili va 
madaniyatiga hurmat bilan qarash. Turon, Turkiston, O`zbekiston deb ataluvchi 
yurtimizning tarixini muttasil o`rganib borishdir»
15

Vatanimiz taraqkiyoti va istiqbolini jumxuriyatimizda yashayotgan turli halqlar 
va millatlarnnng o`zaro hamkorligi, do`stligisiz tasavvur etib bo`lmaydi. Xalqlar 
do`stligi va qardoshligi kuch-kudratimizning manbai, mustaqilligimizni 
mustahkamlashnint yo`llaridan biridir. 
O`zbek xalqining erki, ozodligi va mustaqilligi, baxt-saodati, sevinchi va 
quvonchi jumxuriyatimizda istiqomat qilib kelayotgan qozoqlar, qirg`izlar, ruslar, 
turkmanlar, koreyslar, tatarlar, uyg`urlar, ko`ringki, barcha xalqlar va millatlar bilan 
samimiy do`stlik va qardoshligidadir. 
Tarix o`zbek xalqining zimmasiga bugungi kunda g`oyat buyuk muqaddas 
vazifani yukladi. Bu vatanimiz kuch-qudratini mustahkamlash, uning dovrug`ini 
olam uzra yoyish, shuxratiga shuxrat qo`shishdir. Vatanini butun borlig`i ila 
sevmagan, Vatan erki, yurt saodati uchun hayotini tikmaydigan kishini vatanparvar 
deb bo`lmaydn. 
15
Ватан туйғуси. –Т.:Ўзбекистон, 1996, 11-бет. 


Haqiqiy vatanparvarlik millat, Vatan manfaati deb yashash, uning istiqboli, 
baxti va saodati yo`lida mehnat qilish uchun kurashishdir. Vatan erki va yurt ozodligi 
uchun hayotini tikkan kishini xalq ham, tarix ham aslo unutmaydi. Bundaylarni 
bemalol hakiqiy vatanparvar deb aytsa bo`ladi. 
Mustaqil O`zbekistonimizning ravnaqi, istiqloli novqiron avlod tarbiyasi va 
ta`limiga ko`p jihatdan bog`liq. YOshlar Vatanimizning, mamlakatimizning 
kelajagidir. Vatanimiz taqdirini ularga ishonib topshiramiz. Buning uchun ular 
zimmalariga yuklatilayotgan eng murakkab va mas`uliyatli vazifani butun mohiyati 
ila chuqur anglashlari, xis qilishlari, unga o`zlarini hozirdanoq tayyorlab borishlari 
lozim. 
YOshlarda o`z Vatani bilan faxrlanish tuyg`usi o`z-o`zidan paydo bo`lib 
qolmaydi. Vatanga bo`lgan mehr-muhabbat odamning qalbiga ona suti bilan birga 
kiradi. Bu muqaddas tuyg`uni ona allasi parvarish qiladi, ota tarbiyasi va o`rnagi 
ulg`aytiradi. 
YOsh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda urush va mehnat 
faxriylarining roli katta. Insonda yurtga, Vatanga muhabbat, kelajakka ishonch 
tuyg`ularini shakllantirish va rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. “Vatanga 
muhabbat hissi, - deydi Prezident I. Karimov, - odamning qalbida tabiiy ravishda 
tug`iladi. YA`ni inson o`zligini anglagani, nasl-nasabini bilgani sari yuragida 
Vatanga muhabbat tuyg`usi ildiz otib, yuksala boradi. Bu ildiz qancha chuqur bo`lsa, 
tug`ilib o`sgan yurtga muhabbat ham shu qadar cheksiz bo`ladi” 
1

SHu bidan birga, faxriylarga hurmat-e`tibor bilan qarash, ularni ijtimoiy 
muxofaza qilib, jamoat ishlarida, ayniqsa yoshlarni vatanparvarlik ruhida 
tarbiyalashda foydalanish — mustaqil davlatimiz tomonidan qilinayotgan xayrli 
ishlar sirasidandir. 
YOshlarda vatanparvarlik his-tuyg`ularini shakllantirish va rivojlantirishda oila 
tarbiyasi katta o`rin tutadi. Jamiyatning, davlatning, insonning kelajagi oiladan 
boshlanadi. Insonda yurtga, vatanga muhabbat, kelajakka ishonch tuyg`ularini 
shakllantirish va rivojlantirishda ta`lim-tarbiyaning ahamiyati benihoya katta. 
Hayot tajribasi, insonning ilmiy, axloqiy kamoloti, o`z burchi va mas`uliyatini 
his qilish imkoniyati kuchayib borishi natijasida vatanparvarlik tuyg`usi kundalik 
axloq me`yorlariga, keyinroq borib e`tiqod va imonga aylanadi. Bugungi kunda 
yoshlarimiz vatanparvarlik bilan o`z vataniga sodiq bo`lish, uni himoya qilishga 
tayyor bo`lish, milliy qadriyatlarni asrash va yanada rivojlantirish, xalqning shon-
sharafini yuqori ko`tarish kabilarni bog`laydilar. 
YUksak ma`naviyat, odob-axloq, iymon, e`tiqod, insofu diyonat, yaxshi xulq-
atvor insonda o`z-o`zidan paydo bo`lmaydi. Ma`naviyat insonga xos xususiyat bo`lib, 
uning jamiyatdagi hayoti, tarbiya, mehnat, hayot tajribasi jarayonlarida shakllanib 
sayqal topib, ruhiy mohiyatga aylanadi. Ishlarga beriladigan tarbiya qancha ertaroq 
boshlansa uning samarasi shuncha kuchli bo`ladi. 
Inson kamolotida tarbiyaning ahamiyati beqiyos. Abdulla Avloniy yuqorida 
eslatib o`tilgan asarida bu haqda «Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot 
yo haloqat, yo sabot yo faloqat masalasidir» deb yozgan edi. O`lkamiz halqlarining 
1
Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси-халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир// Озод ва обод Ватан, 
эркин ва фаровон ҳаёт-пировард мақсадимиз.8-жилд.-Т.:Ўзбекистон, 2000.-Б.502. 


yosh avlodni tarbiyalash, ma`naviy kamol toptirish imkoniyatlari bitmas-
tuganmasdir. 
O`zbek xalqida dunyo tan berib kelayotgan ajoyib insoniy fazilatlar, nodir urf-
odatlar mavjud. Oila a`zolarining barchasi to`planmaguncha ovqat emay turish, oila 
boshlig`ini odob saqlab kutish, ota-onani o`rindan turib ko`tib olish, ularga har doim 
iltifot ko`rsatish, kattalarga hurmat, kichiklarga mehr va shafqat, urug`-ajdodlarga, 
qo`ni-qo`shnilarga, xesh-aqrabo-larga, mahalladoshlarga, tanish-bilishlarga 
yordamini ayamaslik va boshqalar bunga misol bo`la oladi. 
O`zidan kattalarni, birinchi galda keksa bobolaru otalarni, nuroniy onalaru 
buvilarni hurmat qilish, e`zozlash, ular uchun qo`ldan kelgan yordamini ayamaslik 
o`zbek xalqining an`anaviy qoidasi bo`lib, u o`zbek oilasida yoshlikdan bolalar 
ongiga, qon-qonga, vujud-vujudiga singdirib yuboriladi. 
XI asrning ulug` shoiri, donishmandi, YUsuf Xos Hojib qariyalarni hurmat 
qilish, ular haqida behuda so`z aytmaslik, ular huzurida odob va kamtarlik bilan 
so`zlash joizligini uqtirib shunday degan edi:

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin