7-bob. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish va undan chiqarish 34. Bolani maktabgacha ta’lim tashkilotlariga doimiy yoki vaqtincha qatnashga qabul qilish ushbu tashkilotda bo‘sh joylar bo‘lsa, kalendar yil davomida quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
bola qonuniy vakilining arizasi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda vakolatli organ bergan yo‘llanma (davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun);
bola sog‘lig‘i holati to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnoma.
Oldingi tahrirga qarang. Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi inklyuziv guruhlarga qabul qilish uchun rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan bolalar qo‘shimcha ravishda Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning belgilangan tartibda berilgan xulosasini taqdim etadi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 35. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang. Joriy o‘quv yili davomida 7 yoshga to‘lgan tarbiyalanuvchilar keyingi o‘quv yilining boshlanishiga qadar tashkilotda qoladi.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 426-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.08.2022-y., 09/22/426/0707-son) 36. Bola davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga muvofiq qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang. 37. Bola nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ustaviga muvofiq qabul qilinadi va chiqariladi.
(37-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) Oldingi tahrirga qarang. 38. Bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish maktabgacha ta’lim tashkiloti va bolaning qonuniy vakili o‘rtasida tuziladigan shartnoma hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
Bolaning qonuniy vakili va maktabgacha ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnoma tarbiyalanuvchining maktabgacha ta’lim tashkilotini bitirgunicha yoki undan ketgunicha kuchda bo‘ladi.
Rivojlanishida jismoniy yoki psixik nuqsonlari bo‘lgan tarbiyalanuvchilar bolani qonuniy vakillarining roziligi bilan zarurat bo‘lganda yil davomida Tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaga yoxud maslahat olish uchun zarur ixtisoslikdagi mutaxassislarga yuborilishi mumkin.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-avgustdagi 510-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.08.2021-y., 09/21/510/0784-son) 39. Bolaning qonuniy vakili bilan tuzilgan shartnoma bolani nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.