Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti



Yüklə 357,76 Kb.
səhifə15/60
tarix16.03.2023
ölçüsü357,76 Kb.
#124170
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti (1)

«Til ochgich» - bu rasmli alifboni tuzuvchisi Hasanali Nosiriydir. Alifbe 1922 - yilda 5 ming nusxada nashr qilinadi.
Shokirjon Rahimiy «O‘zbek alifbosi» nomli rasmli alifbo tuzadi. Alifbe «Davlat nashriyoti» tarafidan 1922 - yilda faqat bir marta 25 nusxada bosiladi.
Bu alifbe kitoblaridan keyin alifbe kitobini bolalar yozishga mos qilib, sodda va uni takomillashtirishda katta hissa qo‘shgan kishilardan biri Oqilxon Sharofiddinovdir.Oqilxon Sharofiddinov butun umrini ilm-ma’rifatga, bolalar tarbiyasiga baxshida etgan. Oqilxon Sharafiddinov «Bilim va mehnat», «Alifbe», «Mehnat bolalari», «O‘qish kitobi», «Kattalar alifbesi», «Chiroyli yozuv», «Alifbe metodikasi» singari ko‘pgina kitoblar yaratdi. Bu kitoblar 1929 - 1930 yillarda nashr qilindi. Bular orasida, ayniqsa, «Alifbe» kitobi ko‘pchilikka ma’qul bo‘ldi. Shu tufayli 1938 - yildan boshlab «Alifbe» ommaviy nusxada bosilib, jumhuriyat maktablarida asosiy kitob - qo‘llanma bo‘lib ishlatila boshlandi.
Shunday qilib, O‘rta Osiyoda tovush metodi asta-sekin hijo metodining o‘rnini egallay boshlagan.
Savod o‘rgatish jarayoni bosqichlari
Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o‘rgatish jarayoni 4 oy davom etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo‘linadi:
a) tayyorgarlik davri (2 hafta);
b) alifbo davri (dekabrg oyining oxirigacha davom etadi).
Tayyorgarlik davri. Bu davming asosiy vazifasi o‘quvchilarni maktab, sinf, tartib-intizom qoidalari va o‘quv qurollari bilan tanishtirish, nutq o‘stirishga oid mashqlar o‘tkazib, fonematik eshitishni o‘stirishdan iboratdir.
Tayyorgarlik davrida o‘quvchilarga og‘zaki va yozma nutq haqida, gap, so‘z, bo‘g‘in va tovushlar haqida, nutqning gaplardan, gaplarning so‘zlardan tuzilishi, so‘zlarning bo‘g‘inlarga bo‘linishi, bo‘g‘inlaming tovushlardan tashkil topishi haqidci ma’lumot beriladi, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishi o‘rgati-ladi, ulardan amaliy foydalana bilish ko‘nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda maxsus nusxalar asosida o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga „Alifbe"da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o‘zlari bilgan she’r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishmdq, xalq ashulalari va qo‘shiqlar, latifalardan ayttiriladi.
Tayanch so‘zlar asosida gap tuzdirish, „Alifbe" sahifalaridagi so‘zlarning talaffuzi, o‘qilishi va ma’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi (Bu tarzdagi ishlar har bir darsda mavzularga bog‘liq ravishda izchil davom ettirib boriladi).
Yozuv darslarida o‘quvchilar yozuv daftari va yozuv chiziq-lari bilan tanishtirilib, harf unsurlarini yozishga o‘rgatiladi, ularda namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash - o‘z-o‘zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish, chamalab yozish kabi ko‘nikmalar hosil qilinadi.

Yüklə 357,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin