Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti


Turkistonda dastlabki alifbolar



Yüklə 357,76 Kb.
səhifə13/60
tarix16.03.2023
ölçüsü357,76 Kb.
#124170
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti (1)

Turkistonda dastlabki alifbolar
Ijtimoiy taraqqiyotning o‘sishi, zamon talablari bilan bog‘liq tarzda XIX asr oxiri XX asr boshlarida taraqqiyparvar milliy ziyoli-lar tomonidan klassik usuldagi an’anaviy maktablar yevropacha usulda birmuncha isloh etila boshlandi. Turkistonda savod o‘rgatish metodlarini takomillashtirishga o‘z hissasini qo‘shgan va birinchi o‘zbek tilidagi «Alifbe» kitobini yaratgan Saidrasul Saidazizovdir.
Turkistonda rus-tuzem maktabining «musulmoncha sinf» o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan Saidrasul Saidazizov (1866-1933) 1902- yil fevral oyida o‘zbekcha alifbe kitobini yozib tugallaydi. Bu alifbe kitobini u «Ustodi avval» deb nomlagan. Ustodi avval» ning muallifi alifbe tuzishda o‘z oldiga ikki xil maqsad qo‘ygan, ya’ni:
a)o‘zbekcha xat - savod o‘rgatish;
b) bolalarni arabcha xat-savoddan xabardor qilib, Qur’on suralaridan kichik-kichiklarini o‘qish, yod aytishga o‘rgatish.
Mazkur maqsadga ko‘ra «Ustodi avval» kitobi ikki qismga bo‘linadi:

  1. O‘zbekcha xat-savod o‘rgatish (2-51- betlar).

  2. Arabcha, ya’ni «Qur’on xati» ni suralarini o‘qishga o‘rgatish (52-71 - betlar).

«Ustodi avval»ning o‘zbekcha xat - savod o‘rgatish qismi uch bosqichga bo‘linadi.

  1. Xat-savod o‘rgatishga tayyorgarlik ko‘rish davri. bunda ruchka ushlash, maktabxonalarda qalam bilan, rus-tuzem maktablari ruchka va musulmoncha sinflarda (fulok qalam) bilan yozilgan. Daftar tutishga o‘rgatish hamda «xurufi hijo» dan bir nechtasini mashq qilish nazarda tutilgan.

  2. Alifbe davri «Ustodi avval» ning 2-19 - betlari. Bunda 32 harf hamda bu harflarning yozuvda so‘zning qaerida kelib, qanday surat - 106 surat kashf qilishi, ularning yozuvda ifodalanishi shakli berilgan.

  3. Qiroat davri 22-51 - betlar. Bunda avval, «zer-zabar» yuzasidan malaka hosil qilish nazarda tutilgan, so‘ngra o‘qish uchun so‘z birikmalari hamda matnlar berilgan.

«Ustodi avval» ning arabcha, ya’ni Qur’on xati va suralarini o‘qishga o‘rgatish qismi (52-71- betlar) o‘ziga xos ilmiy asoslangan qoidalar asosida tuzilgan. Bunda ta’limning ongli bo‘lishiga muallif alohida e’tibor bergan.
O‘rta Osiyoda Saidrasul Saidazizovdan keyin ko‘plab fan jonkuyarlari milliy alifbelar yaratish va uni takomillashtirishga harakat qildilar.
«Ustodi avval» kitobidan keyin 1901 - yillarda Tonkentda Munavvarqori Abdurashidxonov tomonidan «Adibi avval» nomli alifbo yaratildi. Bu alifbo Turkistondagi usuli jadid maktablarining ko‘pida ba’zi rus-tuzem maktablarida ham qabul qilinib dars jadvaliga kirgiziladi.
O‘rta Osiyoda uchinchi alifbo «Birinchi muallim» nomi bilan 1912-yilda Abdulla Avloniy tomonidan yozildi. Alifbo Toshkentda «Maktab» kutubxonasining harfi bilan nashr qilinadi. Oktabr inqilobigacha 4-5 marta bosilib chiqadi.

Yüklə 357,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin