Sillogizm tarkibiga kiradigan tushunchalar sillogizm atamalari deyiladi. Kichik, katta va o‘rtacha atamalar farqlanadi.Xulosada subyekt bo‘ladigan tushuncha (bizning misolda: “Toshev” tushunchasi) sillogizmning kichik atamasi deyiladi. Xulosada predikat bo‘ladigan tushuncha (“himoya qilish huquqiga egadir”) sillogizmning katta atamasi deyiladi. Kichik va katta atamalar chetki atamalar deyiladiва tegishlicha lotincha S (kichik atama) va P (katta atama) harflari bilan belgilanadi.
Chetki atamalarning har biri nafaqat xulosaga, shu bilan birga asoslardan biriga ham kiradi. Kichik atamani o‘z ichiga oladigan asos kichik asos, katta atamani o‘z ichiga oladigan asos katta asos, deyiladi. Bizning misolda birinchi hukm (1) katta asos, ikkinchi hukm (2) - kichik asos, deyiladi.
Ҳар иккала асосга ҳам кирадиган ва хулоса таркибида бўлмайдиган тушунча (бизнинг мисолда - “айбланувчи”) силлогизмнинг ўрта атамаси, дейилади. Shunday qilib, sodda qat’iy sillogizm - bu ikkita chetki atamalarning ularning o‘rtacha atamaga munosabati asosidagi munosabati haqidagi xulosadir. Sillogizm aksiomasi xulosaning, ya’ni asoslardan xulosaga mantiqiy o‘tishning qonuniyligini asoslaydi: ayrim sinfning jami predmetlariga nisbatan tasdiqlanadigan ѐki rad etiladigan hamma narsa ushbu sinfdagihar bir predmet va ularning har qanday qismiga nisbatan ham tasdiqlanadi yoki rad etiladi. Sodda qat’iy sillogizm atamalari qoidalari Oddiy asoslardan haqiqiy xulosani faqat sillogizm qoidalariga rioya etilgani holda olish mumkin bo‘ladi. Bunday qoidalar yettita bo‘lib, ulardan uchtasi atamalarga va to‘rttasi - asoslarga tegishlidir.
1-qoida: sillogizmda faqat uchta atama bo‘lishi kerak. Sillogizmdagi asos ikkita chetki atamalarning o‘rta atamaga munosabatiga asoslangan, shuning uchun unda faqat uchta atama bo‘lishi mumkin. Ushbu qoidaning buzilishi bir tushuncha deb qabul qilinadigan va o‘rta atama sifatida ko‘rib chiqiladigan turli tushunchalarning aynan bir xil deb qaralishi bilan bog‘liqdir. Bunday xato ayniyat qonuni talablarining buzilishiga asoslanadi va atamalarning to‘rttaga ko‘paytirilishi deyiladi.
2-qoida:o‘rta atama juda bo‘lmaganda asoslardan birida taqsimlanishi lozim.Agar o‘rta atama asoslardan hech birida taqsimlanmagan bo‘lsa, unda chetki atamalar o‘rtasidagi aloqa noaniqligicha qoladi.