Qishloq xo‘jaligiga oid islohotlar amalda


Shu bilan birga, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab



Yüklə 53,5 Kb.
səhifə2/4
tarix21.10.2022
ölçüsü53,5 Kb.
#118473
1   2   3   4
Qishloq xo\'jaligiga oid islohotlat

Shu bilan birga, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga sertifikatlangan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarini xarid qilish uchun ajratiladigan tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ma’lum talablar asosida qoplab beriladigan bo‘ldi.
Yana bir muhim jihat, «ArcGIS» dasturi yordamida qishloq xo‘jaligi yerlarining asosiy va takroriy ekin turlari, hosildorlik darajasidan kelib chiqib, interfaol xaritada kuzatish imkoniyatiga ega yagona axborot bazasini shakllantirish hamda uning milliy geo-axborot tizimi bilan integratsiya qilinishi ta’minlanadigan bo‘ldi. Bu esa, qishloq xo‘jaligi yerlaridan unumli foydalanishga hamda hosildorligi past yerlarning unumdorligini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
QISHLOQ XO‘JALIGI JADAL SUR’ATLARDA ILGARILAMOQDA
2021 yilda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 317 781,6 mlrd. so‘mni yoki 2020 yilning mos davriga nisbatan 104,0 foizni, shu jumladan dehqonchilik va chorvachilikda, ovchilikdа va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 307 515,0 mlrd. so‘mni (103,9%), o‘rmon xo‘jaligidа – 7 581,5 mlrd. so‘mni (101,5%), baliqchilik xo‘jaligidа – 2 685,1 mlrd. so‘mni (121,4%) tashkil qildi. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot(xizmat)lari hajmining oshishi, asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmining ko‘payganligi (3,6%) bilan bog‘liq. Barcha toifadagi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining oshishi go'shtning – 4,8 foiz, sutning – 2,8 foiz, tuxumning – 3,5 foiz, kartoshkaning – 4,7 foiz, sabzavotlarning – 4,1 foiz, polizning – 6,9 foiz, uzumning – 5,5 foizga oshishi bilan izohlanadi. Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 65,9 foizi – dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari, 29,2 foizi – fermer xo‘jaliklari, 4,9 foizi – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jaliklar hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda. Mazkur sohalardagi o‘sish sur’atlarining jadallashuvi, avvalo mamlakatda sohaga oid islohotlarning tizimli olib borilayotganligi hamda ushu sohalarga berilayotgan imtiyozlar va qulayliklarning natijasidir.
Shuni alohida e’tirof etish kerakki, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda dehqon xo‘jaliklarining ulushi 66,0 foiz (o‘sish 102,1%), fermer xo‘jaliklari 29,3 foiz (105,%) hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar 4,7 foiz (118%) ulushga ega.
Shuningdek, yalpi qishloq xo‘jaligi tarkibida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 47,5 foizni, chorvachilik mahsulotlari 47,7 foizni hamda ovchilik xizmati, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 4,8 foizni tashkil etgan.
Davlat tomonidan agrar sohani qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy manfaatdorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan tizimli tadbirlar natijasida 2021 yilda 1 gektar maydondan o‘rtacha 47,2 mln. so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 2 barobar ko‘p) daromad olinishiga erishildi.
2021 yilda 22 mln. tonnadan ortiq meva-sabzavot ishlab chiqarildi va o‘sish 106,1 foizni tashkil etdi. Jumladan, 11,6 mln. tn (111,4%) sabzavotlar, 3,3 mln. tn (115,8%) kartoshka, 2,3 mln. tn (108,6%) poliz, 3 mln. tn (106,3%) meva, 1,8 mln. tn (111,5%) uzum, shuningdek, 7,9 mln. tn (104,8%) don va dukkakli don ekinlari, qariyb 3,4 mln. tn (110%) paxta xomashyosi yetishtirildi.
2021 yilda 514,8 ming gektar maydonda, jumladan 197,4 ming gektar maydonda tomchilatib sug‘orish, 10,9 ming gektar maydonda yomg‘irlatib sug‘orish, 5,9 ming gektar paxta va boshqa ekin maydonlarida diskret sug‘orish tizimi joriy qilindi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan maydonlarning 78,8 ming gektarida ko‘chma egiluvchan quvurlar va 20,9 ming gektarida egatga plyonka to‘shab sug‘orish tizimlari orqali sug‘orish ishlari olib borildi. 
2021 yilda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan 93,7 ming gektar paxta maydoni uchun 751,4 mlrd. so‘m subsidiya mablag‘lari ajratib berildi hamda tuman ishchi guruhlari tomonidan suvni tejaydigan texnologiyalar ishga tushirildi. Sug‘orish mavsumi davomida jami 10,4 mlrd. kub metr yoki belgilangan rejaga nisbatan 2 barobar ko‘p suv iqtisod qilinishiga erishildi. Sohada olib borilayotgan ilmiy-texnologik izlanishlar natijasida foydalanilmayotgan yerlarning qayta foydalanishga kiritilishi va yangi texnologiyalarning joriy etilishi soha rivoji uchun xizmat qilmoqda.

Yüklə 53,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin