1.12.chizma Kristaldan rentgent nurlari difraksiyasi
Аgar kristaldagi ikki tekislik orasidagi masofa ga teng bo’lsa, va rentgen nurlari burchak ostida tushsa, u holda 1.12-chizmada ko’rsatilganidek ikki nurning yo’l farqi ga teng bo’ladi.
Difraktsion maksimum sharti esa,
Bu yerda - butun son - rengent nurining to’lqin uzunligi
Ushbu ifoda Bregg-Vulf qonuni deb ham yuritiladi. Kristall panjarasidan juda ko’p atom tekisliklarini o’kazish mumkin ( 1.4- chizma). Difraktsiya maksimumlari ular uchun ham bajarilishi mumkin. Shuning uchun difraktsiyani qayd qiluvchi fotoplyonkada bir qancha yorug’ nuqtalarni ko’ramiz.
Bregg-Vulf qonuniga asosan rentgen nurlari kristaldan qaytishi uchun va o’rtasida maʼlum bir shart bajarilishi kerak. Аgar biz monoxramatik nurni ixtiyoriy burchak ostida uch o’lchovli kristal panjarasiga tushirsak, hech kanday difraktsiya kuzatilmasligi mumkin. Difraktsion tasvir hosil qilish uchun biz ni yoki ni sekin asta o’zgartirish, yaʼni skanerlash imkoniyatiga ega bo’lishimiz kerak. Hozirgi paytda kristallar tuzilishini o’rganishning asosan uch xil usuli qo’llaniladi.
1.8.1. Laue usuli
Bu usulda rentgent nuri -manbadan (1.13-chizma) chiqib, - diafragmadan o’tadi va mahkamlangan K-monokristalga tushadi.
R engent nurlanishi monoxromatik bo’lmaydi uning tarkibi iloji boricha katta diapozondagi to’lqin uzunlikli nular hosil qilishadi.
Dostları ilə paylaş: |