1.13.chizma. Rengent nurlarini difraksiyasi Lasue usuli
Inggichka rengent nuri kristalga tushgach , Bregg-Vulf qonuniga binoan mos yo’nalishlarda difraktsion maksimumlar hosil bo’ladi. Bu yorug’ nuqtalar kristalni oldi va orqsiga o’rnatilgan - ekrandagi fotoplyonkalar tasvir hosil qiladi . Ushbu usul kristall panjara tuzilishini, simmetriyasini aniqlashda yaxshi samara beradi. Kristalga to’lqin uzunliklari turlicha bo’lgan rentgen nurlari tushganligi uchun bu usul to’lqin uzunligi bo’yicha skanerlanmoqla deyish mumkin.
1.8.2. Kristalni aylantirish usuli
Bunda o’qga mahkamlangan monokristall shu o’q agrofida aylanib turadi (burchak buyicha skanerlash). Monokristalga monoxramatik rentgen nuri tushiriladi. Kristal Bregi-Vulf shartini qanoatlantiruvchi burchakka burilganda fotoplyonkada diftraksion maksimum hosil bo’ladi. Bu usul murakkab molekulalar tuzilishini aniqlashda keng qo’llaniladi.
1.8.3. Kukun(parashok) usuli
Bu usulda monokristall namuma maydalanib kukun holga keltiriladi va yupqa shisha idishli kapillyar nayga solinadi. Kameraga mahkamlangan idishga monoxromatik rentgent nurlari tushiriladi. Tushayotgan nurlar Bregi-Vulf shartini bajaruvchi vaziyatda yotgan kristal bo’lakchalaridan qaytadilar. Ushbu usulning qulaylik tomoni shundaki yirik monokristallarni ishlatishning xojati yo’q.
Dostları ilə paylaş: |