2) Jismoniy hajm: Qancha kichik bo‘lsa, shuncha yaxshi Juda olamshumul yangilik bo‘lmasa ham aytib qo‘ymoqchimizki, agar
fleshkani huddi uy kaliti misol cho‘ntakda ko‘tarib yurish istagida
bo‘lsangiz, kichikrog‘ini qidiravering. Darvoqe, iloj qilsangiz yig‘iladigan
dizaynli yoki metal qismini himoya qiluvchi qopqog‘i bor variantini sotib
oling. Lekin qopqog‘i tushib qolmaydigani ayni muddao bo‘lardi.
3) USB 3.0/2.0 fleshka: Ikkitasi birda bo‘sin Agar o‘ta qimmatbaho bo‘lmasa, bir tomondan USB 2.0 fleshkalari bilan
hamohang – USB 3.0 yangi avlod fleshkalarini sotib oling. Shunday qilsangiz
undan uzoq muddatda foydalanishingiz va hozirda mavjud eng ko‘p qurilmalar
bilan ishlash imkoniga ega bo‘lasiz. Agar eng so‘nggi modeldagi
kompyuteringiz bo‘lmasa, demak sizda USB 3.0 fleshka porti bo‘lmaydi. Lekin
ataylab USBni ishlatish uchun 3.0 portli kompyuter olishingiz haqiqattan yiroq.
Lekin USB 3.0 fleshkasi sizda bo‘lsa, kelajakda yangi kompyuteringiz bilan
tezroq ishlashingiz oson kechadi.
4) Brend: Arzoniga uchmang Ko‘pgina USB fleshkalar ancha ishonarli
ishlaydi va biron modelni maqtash niyatidan yiroqmiz. Lekin arzon “xashaki
versiya”lardan ehtiyot bo‘ling. Agar nimadir qolganlaridan juda arzon bo‘lsa va
boz ustiga bu brendni avval biron marta eshitmagan bo‘lsangiz, hushyor
bo‘lavering! Ularni olishdan avval ozroq surishtirib ko‘ring.
Endi esa ishlab chiqaruvchilar ko‘pincha ma’lum qilishni “esdan chiqarib
qo‘yuvchi” elementlar xususida gaplashaylik. Bozordagi ko‘pgina qadoqlarda
ba’zi nashrda xususiyatlar keltirilgan ma’lumot bo‘lmasligi ham mumkin. Bu
degani avvaldan ozroq tadqiqot qilib keyin chiqish lozim. Misol uchun, ular
ma’lumotni yashiryaptimi demak, maqtanadigan narsani o‘zi yo‘q. Agar ushbu
omillarda ularda ijobiy biron nima bo‘lganida, ishonavering uni albatta qadoqqa
yozib chiqarishgan bo‘lar.