Raqamli axborotlarni qayta ishlash va yaratish texnalogiyalari



Yüklə 10 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/311
tarix11.11.2023
ölçüsü10 Mb.
#132369
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   311
Raqamli axborotlarni qayta ishlash va yaratish texnalogiyalari

 
5-ilova 
Yangi o‘quv ma’lumotning slaydli taqdimoti.
1

Adobe Photoshop dasturida matnlar bilan ishlash 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Adobe Photoshop dasturining ish qurollari. Matn va grafik shakllar yaratish 
Matn – Text (Текст) – [T] – tasvirga matn qo‘shish. Ushbu ish quroli 
ishlatilgandan keyin yangi qatlam paydo bo‘ladi (Text Layer).
► Soha tanlash – fotomontajning eng asosiy harakatlaridan biri shuning uchun 
bu harakatlarga doir bo‘lgan Select menu bo‘limi buyruqlari bilan yaqinroq 
tanishamiz. Soha tanlash ish qurollari bilan biz. yuqoridagi mavzularda 
tanishganmiz.


357 
39-
Mavzu: Adobe Photoshop dasturida matnlar bilan ishlash. 
Reja: 
1. Adobe Photoshop dasturida matnlar bilan ishlashni tashkil qilish. 
2.
Adobe Photoshop dasturida matnlarga o‘zgartirish kiritishda foydalanadigan 
uskunalar. 
 
Adobe Photoshop dasturining ish qurollari. Matn va grafik shakllar yaratish 
Matn – Text (Текст) – [T] – tasvirga matn qo‘shish. Ushbu ish quroli 
ishlatilgandan keyin yangi qatlam paydo bo‘ladi (Text Layer). Xususiyatlar 
satrida quyidagilar faol bo‘ladi: – oddiy matn yoki matn chcgaralari holati; – 
matnda yozuv yo‘nalishini o‘zgartirish; – matnda harflar shaklini o‘zgartirish; 
186 – matnda harflar ko‘rinishini o‘zgartirish (qalin, yotiq, tagi chiziqli); – 
matnda harflar kattaligini o‘zgartirish; – matnda chegaralar turini o‘zgartirish; –
matnda abzatc joylanishi: chap, o‘rta yoki o‘ng tomon bo‘yicha; – matn rangini 
o‘zgartirish sohasi; – Warp Text – matnni qiyshaytirish holatlari; – Palettes 
tugmasi – matn xususiyatlarini o‘zgartirish oynasi bilan ishlash. To‘rtburchak – 
Rectangle (Прямоугольник) – [U] – to‘rtburchak chizish. Suyri to‘rtburchak – 
Rounded Rectangle (Скругленныйпрямоугольник) – [U] – suyri to‘rtburchak 
chizish. Xususiyatlar satrida burchaklar radiusini o‘zgartirish sohasi – Radius 
paydo bo‘ladi. Aylana – Ellipse (Элипс) – [U] – aylana chizish. Ko‘pburchak – 
Polygon (Многоугольник) – [U] – ko‘pburchak chizish. Ko‘pburchak 
tomonlarining sonini Sides sohasi yordamida ko‘rsatish mumkin. Chiziq – Line 
(Линия) – [U] – to‘g‘ri chiziq chizish. Chiziq qalinligini Weight sohasi 
yordamida o‘zgartirish mumkin. Maxsus shakllar – Custom Shape 
(Произвольнаяфигура) – [U] – har xil tayyor shakllar chizish. Xususiyatlar 
satridagi Shape sohasi yordamida kerakli shaklni tanlashimi/. mumkin. 
Xususiyatlar satrida quyidagilar faol bo‘ladi: – shakl chizilish holatini 
o‘zgartirish tugmalari (yangi qatlamda – Create New Shape Layer, faqat yo‘l – 
Create New Work Path, faol qatlamda – Filled Region); – shakl turini tanlash 
tugmalari; – shakl chizish yo‘llari (Unconstrained – ixtiyoriy. Square – teng 
tomonli, Fixed Size – ko‘rsatilgan hajmli. Proportional – proporsiyali); 187 – 
Layer Style – rang bilan bo‘yash turi. Qo‘l – Hand (Рука) – [H] – agar rasm 
ekranga to‘liq sig‘masa u holda bu ish qurolini tanlab, sichqoncha yordamida 
rasmni siljitish mumkin. Rasmni ekranning o‘ng va pastki qismlarda joylashgan 
ko‘rib chiqish sohalari orqali ham siljitish mumkin, ammo ish quroli yordamida 
siljitish qulayroq va uni xoxlagan vaqtda «bo‘sh joy» (Пробел) tugmasini bosib 
turib vaqtincha yoqib turish mumkin. Bo‘sh joyni qo‘yib yuborsangiz ish quroli 
yana avvalgi holatga qaytadi. Xususiyatlar satrida quyidagilar faol bo‘ladi:
► Actual Pixels [Ctrl + Alt + 0] – 100% ekran holatiga o‘tish tugmasi, 
ushbu holatda rasmning 1 pikseli ekrandagi 1 pikselga mos bo‘ladi.
► Fit On Screen [Ctrl + 0] – to‘liq ekran holatiga o‘tish tugmasi. Bu 
tugma yordamida rasm oyna o‘lchamigacha cho‘ziladi.
► Print Size – qog‘ozga bosma (chop etish) qanday chiqishini 
ko‘rsatuvchi tugma. Lupa – Zoom (Лупа) – [Z] – ekrandagi rasmni ko‘rish 


358 
masshtab foizini o‘zgartirish mumkin. Yaqinlashtirish uchun sichqoncha bilan 
kerakli rasm qismini ko‘rsatib bir marta bosish kerak, yoki yaqinroq ko‘rish 
kerak bo‘lgan sohani LM bilan bosib turib tanlash kerak. Agar uzoqlashtirish 
kerak bo‘lsa u holda klaviaturada Alt tugmasini bosib turib LM bilan rasmga bir 
marta bosamiz. Ushbu yordamchi tugma harakatlarini tezkor tugmalar orqali 
ham bajarish mumkin: Zoom In [Ctrl + Plus] – rasmni yaqinlashtirish, Zoom 
Out [Ctrl + Minus] – rasmni uzoqlashtirish, Actual Pixels [Ctrl + Alt + 0] – 
rasmni 100% ekran holatiga o‘tkazish tugmasi, Ctrl + Alt + Plus – rasmni oyna 
bilan birgalikda kattalashtirish, Ctrl + Alt + Minus – rasmni oyna bilan 
birgalikda kichkinalashtirish, Fit On Screen [Ctrl + 0] – rasm va oynani to‘liq 
ekran holatiga o‘tkazish.

Yüklə 10 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   311




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin