471
Shuningdek, AAS texnologiyasi qo‘llanilib qurilgan makroso-
tali arxitekturalar holatida foydalanish mumkin bo‘lgan yuqori-
roq darajadagi boshqa sxemalar ham bor. Ular spektral sama-
radorlikni sezilarli oshirilishini ta’minlaydi, bu esa yakunda har
bir abonent uchun ma’lumotlarni uzatish tezligini oshirilishiga
va o‘sha bir o‘tkazish qobiliyatida abonentlar sonini oshirilishiga
olib keladi.
AAS texnologiyasini qo‘llanilishining mobil abonentli aloqa
tizimi xarakteristikalariga ta’siri darajasini aniqlash uchun baho-
lashni abonentlar harakatlanishining turli tezliklarida ko‘p nurli
kanallarning na’munaviy modellaridan foydalanib bajarish zarur.
Natijada past mobillikli abonentlar uchun (ya’ni 30 km/soat ga-
cha tezlikda harakatlanadigan) aloqaning ishchi xarakteristikalari
o‘zgarmaydi. Faqat AUning yuqori harakatlanish tezliklarida yu-
tuq biroz kamayadi, lekin hatto bunda ham adaptiv algoritmlar
ishlatilmaydigan tizimlardagiga qaraganda tizimning ish xarakte-
ristikalari yaxshiroq bo‘ladi.
AAS texnologiyasining qo‘llanilishi afzalliklaridan yana biri
xalaqitlarni so‘ndirishli algoritmli AAS kombinatsiyalanganida
chastotalardan takroriy foydalanish koeffitsientini 1 qiymatga-
cha yetishi mumkin. Bu barcha BSlarda barcha mavjud chas-
totalar polosasi ishlatilishi mumkinligini bildiradi. Bu tizimning
spektral samaradorligini qo‘shimcha oshirish, shuningdek, hatto
chastota resursi cheklanganida WiMAX tarmog‘ini ishlatilishiga
imkon beradi.
Shunday qilib, TS tarkibida AAS texnologiyasini ishlatilishi
o‘tkazish qobiliyatini deyarli 40% ga oshirilishiga olib keladi,
bunda har IR kanalning spektral samaradorligi 2,1 bit/sek/Gs/
sek ga yetadi.
Dostları ilə paylaş: