472
cha istiqbolli texnologiya hisoblanadi. Bu texnologiya keng
polosali simsiz tarmoqlarda sotalarning o‘tkazish
qobiliyati-
ni va ma’lumot uzatish tezligini oshirishni ta’minlaydi. Juda
zich joylashgan shahar sharoitlari mikrosotalar, pikosotalar
yoki femtosotalarda TS va AU orasida signalni ko‘p
marta
aks ettirish imkonini beradi. Buni maksimal darajada ta’min-
lash uchun uzatilayotgan oqimlarni bir vaqtda ko‘p marotaba
yuqori darajada dekorrelyatsiyalashni ta’minlash kerak. Bu
texnologiya sxemalari antennalar ichiga joylashtirilishi yoki
turli turdagi qutblanish antennalaridan foydalanishi mumkin.
MIMOda signalni dekoderlash oddiy
holatda amalga oshiril-
magani sababli abonent uskunasini ham murakkabligini oshi-
rishni talab etadi.
WiMAX tizimlarida MIMOdan foydalanish quyidagi ikkita
asosiy ustunlikni ta’minlaydi:
• Aloqa ishonchliligini oshirish.
MIMOdan
foydalanuvchi va
foydalanmaydigan uskunalarni taqqoslanganda “yuqoriga” liniya-
da ishlash sifatining yaxshilanishi kuzatiladi. Radioto‘lqinlarning
kuchli sochilishi holatlarida ma’lumot uzatishda ancha ishonchli-
lik va barqarorlikni ta’minlaydi.
• Kanalning o‘tkazish qobiliyatini oshirish.
Yuqori darajada-
gi modulyatsiyalash imkoni mavjudligi
sababli va bir vaqtda bir
necha mustaqil oqimlarni uzatishi sababli MIMO tizimlari bitta
antennali sxemalar bilan taqqoslanganda, quyidagicha o‘tkazish
qobiliyatini oshirishni ta’minlaydi: makrosotalarda 30%
gacha va
mikrosotalarda 100% gacha.
Shuningdek, MIMO texnologiyasining ustunligi sifatida
an’anaviy antenna tizimlariga qaraganda ishchi xarakteris-
tikalarining barqarorligini ta’kidlab o‘tish zarur. Abo
nent
3km/soat dan 120km/soat gacha tezliklarda harakatlan-
ganda aloqaning yomonlashish xarakterlari kuzatilmay-
di. MIMOli tizimlarning jiddiy
kamchiligi signalni qay-
ta akslantirish holatlarida sifat xarakteristikalari yo‘qolishi
hisoblanadi.