9-bob. HRTNING VAZIFASI VA XIZMAT KO‘RSATISH ZONASINING O‘LCHAMI 9.1. Kanallarni chastota bo‘yicha ajratish bilan ko‘p stansiyali foydalanish KCHAKF(FDMA) Ko‘p stansiyali foydalanish tushunchasi — bu belgilangan
tizimga ajratilgan chastota va vaqt bo‘ylab resurs ko‘lamida
ko‘pchilik foydalanuvchilarning parallel ishlashini ta’minlashga
qaratilgan chora-tadbir amallarining majmuasi nazarda tutiladi.
Ya’ni, ko‘p sonli stansiyalarning bitta foydalana olish kanaliga bir
vaqtda muro jaat qilish imkoniyati nazarda tutiladi. Har bir abo-
nentni qan daydir fizik kanal bilan tenglashtiradigan bo‘lsak, unda
aniq ko‘p stansiyali foydalanish texnologiyasi cheklangan chastota
va vaqt bo‘ylab resurs kanallarga taqsimlash usuli deb aytishimiz
mumkin. Faraz qilaylik, s(t) – signal bo‘lsin va uning bilan i —
aloqa kanali hosil bo‘lgan (i=1,2,...,k, bu yerda, k — aloqa tizimi
kanallarining to‘la soni). Fizik tarqalish muhitning chiziqli mode-
liga amal qilib, deyarli sezilarli bo‘lmagan ko‘pnurlilik effektini
nazarga olmasak va hamroh bo‘lgan n(t) shovqinni additiv desak,
unda qabul qilish tomonidan kuzatiluvchi tebranishni t — sig-
nalning tarqalish trassadagi so‘nish va ushlanib qolish shaklida
ko‘rsatish mumkin. Qabul qilish tomonga qo‘yiladigan masala –
bu aniq abonent xabarini ajratib olishdan iboratdir, buning ustiga
chetidagi signallar xalaqit beruvchilar rolini o‘ynaydi. Ma’lum-
ki, signallar superpozitsiyasidagi har qanday komponentalarni
chiziqli seleksiyalash uchun boshqa komponentalar ta’siridan xoli
etishdan tashqari hamma signallarning yetarli darajada chiziqli
erkinligi ham zarur. Chiziqli erkin bo‘lgan ortogonal signallar
oddiy korrelyatsion qabul qilgich vositasida o‘zaro xalaqitsiz ajra-
tiladi. Kanalli signallarning ortogonalligini ularning chastotaviy va
vaqt bo‘yicha joylashtirilishi hisobiga yoki mos kodlashtirish bilan
ta’minlash mumkin. Shunga asosan ko‘pchilik tomondan foyda-
lanish uslublarining klassifikatsiyasi ham belgilangan.