• koinot dasturlarining tijoratlantirilishi;
• past va o‘rta orbital KAlardan foydalanish;
• raqamli signal protsessorlaridan foydalanib, raqamli aloqaga
ommaviy o‘tish.
Konversiya jarayoni ilg‘or harbiy texnologiyalarni tijorat das-
turlariga kiritish va jalb qilish bilan bog‘liq bo‘ldi. Natijada
past orbitalardagi (Iridium va Globalstar) va o‘rta orbitalardagi
(ICO) bir necha global yo‘ldoshli aloqa tizimlari, shuningdek,
ikkita regional (ASeS va Thuraya) tizimlar ishga tushirildi. Iri-
dium shaxsiy yo‘ldoshli aloqa global tizimi 1998-yilning oxirida
ishga tushirildi va bor-yo‘g‘i bir yarim yil atrofidagina ishladi.
2000-yildan boshlab uchta: Globalstar shaxsiy yo‘ldoshli aloqa
global tizimi va nafaqat tovushli aloqa, balki ma’lumotlarni ham
uzatishga mo‘ljallangan ikki mintaqaviy — ACeS va Thuraya,
tizimlarini ishlatish boshlandi. Bir yildan so‘ng ICO (Inmar-
sat-P) tizimi ishga tushirildi.
Harakatdagi YAT tizimlarining keyingi rivojlanishi IMT-2000
va IMT-Advanced loyihalari doirasida amalga oshiriladi.
135
Nazorat savollari: 1. WiMAX tizimlariga tavsif bering va WiMAX tizimlarining
qisqacha rivojlanish tarixini bayon eting.
2. WiMAX tizimi va IMT-2000 dasturi qanday o‘zaro ta’sirla-
shadi?
3. WiMAX i Wi-Fi tizimlarining farqi qanday?
4. WiMAX tizimlarining asosiy xarakteristikalarini keltiring.
WiMAX tizimlarining qo‘llanilish sohalarini bayon eting. WiMAX
tizimlarining qanday asosiy avzalliklari va kamchiliklari mavjud?
5. HiperMAN va WiBro standartlari haqida so‘zlab bering.
6. IEEE 802.16d standartiga qisqacha xarakteristika (tavsif)
bering.
7. IEEE 802.16e standartiga qisqacha xarakteristika (tavsif)
bering.
8. IEEE 802.16d va IEEE 802.16e standartlarining qanday
umumiy xossalari va asosiy farqlari mavjud?
9. WiMAX tarmoqlarini qurishning qanday asosiy prinsiplari
mavjud? WiMAX(NRM) tarmog‘i Tayanch modeliga tavsif be-
ring. WiMAX tarmoqlari tugunlari tarkibini keltiring.
10. ASN ruxsat etishni taqdim etish tarmog‘i va CSN bog‘la-
nishlar tarmog‘ining ishlashini bayon eting.
11. Tayanch stansiya va ASN shlyuzning ishlashini bayon eting.
12. WiMAX tayanch tarmog‘i tugunlarining o‘zaro ta’sirla-
shishi qanday amalga oshadi? Tayanch nuqtalarning funksiyalari-
ni qisqacha bayon eting.
13. IEEE802.16 standartining beshta ish rejimlarini bayon
eting.
14. IEEE802.16 standartida fizik darajada qanday ma’lumotlar-
ni uzatish usullari ko‘zda tutilgan?
15. WirelessMAN-OFDM usulining ishlashini bayon eting.
16. Fizik darajada ma’lumotlarni kodlash o‘z ichiga qan-
day bosqichlarni oladi? WirelessMAN-OFDM rejimida qanday
modul yatsiya sxemalaridan foydalaniladi?