165
Berilgan yuqori ehtimolli xizmat doirasida aloqa bilan ta’min-
lash, abonentning qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar aloqaga kirish
qulayligini takomillishtirish va ajratib chiqarilgan qabul qilish-uza-
tish stansiyalari va turli radiotranslyatorlardan foydalanish yo‘li
bilan amalga oshiriladi.
Tizimda aloqa xavfsizligi uzatilayotgan
xabarlarni shifrlash va
kalitli maskirovka qilish yo‘li bilan ta’minlanadi. Bundan tashqa-
ri, aloqani o‘rnatish abonentlarni autenfikatsiyalash va abonent
stansiyalarini identifikatsiyalash tartiblari orqali amalga oshiriladi.
Abonentlar gruppasi birga ishlashi uchun, ya’ni “har kim har kim
bilan” shifrli tamoyili bo‘yicha radioso‘zlashuv uchun umumiy
chastotali diapazon, umumiy kalitlar va maskirovkalar qo‘llaniladi.
Xalaqitga chidamlilikni oshirish uchun analogli tranking tizim-
lari o‘rniga kodlashtirish va aralashtirish usullarini qo‘llashga im-
kon beruvchi uzatishning raqamli usullari tatbiq qilinadi. Bundan
tashqari, radiotraktlarning kanallarida yuzaga keladigan o‘zgarish-
larga moslashtirish uchun ularni fazoviy va chastotaviy ajratib joy-
lashtirish qo‘llaniladi.
Analogli
tizimlarda, qabul qilinayotgan nutq signallari tushu-
narlilik sifatining yuqoriligi quyidagi standart usullari bilan
ta’minlanadi: modulyatsiya turini ratsional tanlash, modulya-
tor va demodulyatorlarning tuzilish tartibi, yuqori sifatli akus-
tik o‘zgartirgich va boshqalardan foydalanish. Raqamli tizimlarda
yuqori sifatni ta’minlashda tezligi 9.6 kbit/s ARO‘ga
moslashgan
deltamodulyatordan foydalaniladi va CELP va VSELP rusum-
li nutq o‘zgartiruvchi moslama qo‘llanganda o‘zgartirish tezligi
4.8 kbit/s tashkil qiladi.
Ma’lumki, ko‘p sonli foydalanuvchilar orasida kam sonli kanallar-
ni avtomatik va dinamik taqsimlash amali “tranking” (“TRUNK-
ING”) deb ataladi. Tranking aloqani amalga oshirishning bo‘sh alo-
qa kanalini qidirishga turlicha yondoshishga asos langan ikkita asosiy
tartibi mavjud. Birinchi holatda bo‘sh kanalni qidirish va chaqiriqni
uzatish abonent stansiyasi tomonidan butun ajratilgan chastotalar
diapazoni bo‘yicha band bo‘lmagan kanalni skanerlash yo‘li bilan
166
amalga oshiradi. Ikkinchi holatda qidiruv singari operatsiya tranking
tizimning boshqaruv quyi tizimi tomonidan amalga oshiriladi.
Aloqaning tranking tizimida boshqaruv kanali bo‘lmaganda
“Trank”ning barcha vazifalari abonentlik radiostansiyaning zimma-
siga yuklanadi. Bunday sharoitda bog‘lanish so‘ralganda abonentlik
radiostansiya bo‘sh
kanallar mavjudligini, yaqin atrofda joylashgan
retranslyator holatini va chaqirilayotgan abonentning tayyorligini
bilmaganligi uchun tizimning barcha radiokanallarini birin-ketin
skanerlaydi. Agar chaqirilganda “band” signali olinsa, butun tizim-
ning holati to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin emas. Barcha kanal-
lar band. Tizimda abonent qayd qilinmagan yoki tayanch stansiya-
da elektr energiyasi o‘chirilgan (nosoz) bo‘lishi mumkin.
Yagona
yo‘l takroriy terishdir. Bo‘sh kanal topilgandan so‘ng uni egallaydi,
shundan so‘ng retranslyator abonentning chaqiruv signalini efirga
uzatganda javob berilsa, unda aloqa seansi tashkil qilinadi. Bog‘la-
nishning o‘rtacha vaqti bir sekunddan bir nechta sekundgacha bo‘lib,
u tizimdagi kanallar soniga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun band
bo‘lmagan kanalni qidirishning bu usulidan ko‘p bo‘lmagan (5–8)
sonli aloqa kanallarida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bunday boshqaruv kanalsiz tranking tizimlaridan biri Amerika-
ning 1992-yilda taqdim qilingan Smar Trunk Sustems – Smar Trunk
firmalari tizimidir. Bu tizim ishlatilishi sodda va xizmat ko‘rsatilishi
nisbatan arzon bo‘lgan bir zonali radio-radiotelefon aloqasidir.
Shu bilan birga yuqori texnik parametlarga ega bo‘lgan Smar
Trunk tizimi muvaffaqiyatli rivojlandi va ancha murakkab va qim-
mat tizimlar bilan bir qatorda keng joriy qilindi.
Boshqaruvning zamonaviy tranking
tizimlarida aloqa kanalla-
rining bandligini tezkor tahlil qilish orqali, tarmoq ishini to‘liq
boshqarishni amalaga oshirishga maxsus kanal qo‘llaniladi. Bun-
day holatda aloqani o‘rnatish vaqti sezilarli darajada qisqaradi.
Tranking aloqa tizimida, alohida boshqaruv kanaldan foydala nish
kelajagi bor (perspektivli) deb hisoblanadi, lekin bunday kanalni
tashkil qilish bo‘yicha hali standart mavjud emas. Shuning uchun
turli firmalar qurilmalarni mustaqil ravishda ishlab chiqarmoqdalar.
167
Birinchilar qatorida, 70-yillarda AQSHda, EF.Johnson CO
firmasi tomonidan harakatdagi radioaloqaning analog tranking
tizimi
ishlab chiqib, u boshqaruv signallarini uzatish uchun nutq
signali chastota spektrining pastki qismida joylashgan tovush-
li chastotali axborot polosasidan foydalandi. Mazkur tizimda
boshqaruv signallar uzluksiz aloqa seans davomida nutq signal-
lari bilan baravar uzatiladi. Eng avvalo, EF.Johnson CO firmasi
tomonidan ishlab chiqarilgan harakatdagi radioaloqa tranking
tizimida aloqa kanallarini mantiqiy
boshqaruv bitta zona yoki
tarmoq (LTR) doirasida amalga oshirilgan. Keyinchalik analogli
ko‘p tarmoq (Multi-Net) tizimlari (10.4-rasm) ishlab chiqilib,
qayd qilingan kanallar bilan aloqa tarmoqlarini ham hisobga ol-
gan holda ularda bitta zonadan bir nechta tarmoqlarni ushlab
turish va boshqarish mumkin bo‘lgan.
Retranslyatorlar
Multi-Net
8615/55
Multi-Net
RNT
PSTN (PABX)
boshqarish paneli
boshqarish paneli
uzoqlashtirilgan
boshqarish
terminali
uzoqlashtirilgan
boshqarish
terminali
tizimni
boshqarish
moduli
RNT
SMM
LTR
8600/05/10/15/20
COWV
8600/05/15/20
turg‘un kanal
LTR
Dostları ilə paylaş: