Raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


ParaLab tizimida ishlatiladigan standart topologiyalar



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə4/11
tarix30.09.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#129597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
paralel 2-lab (3)

ParaLab tizimida ishlatiladigan standart topologiyalar.
Protsessorlar o'rtasida ma'lumotlar almashinish tarmoq topologiyasi liniyalari tuzilishi bilan belgilanadi. ParaLab tizim quyidagi standart topologiyalarni quvvatlaydi .
-shina (bus), bunda hamma kompyuterlar bir aloqa liniyasiga parallel ulanadi va har bir kompyuterdan axborot bir vaqtda hamma qolgan kompyuterlarga uzatiladi.
-yulduz (star), bunda bitta markaziy kompyuterga chetda qolgan kompyuterlar ulanadi, shu bilan birga har biri o’zining alohida aloqa liniyalaridan foydalanadi.
-halqa (ring), bunda har bir kompyuter axborotni har doim faqat bitta zanjirda kelayotgan kompyuterga uzatadi, axborotni esa faqat zanjirdagi oldinda kelayotgan kompyuterdan oladi va bu zanjir “halqa” bo’lib birlashgan .
Faqat “xalqa” topologiyasida tarmoqdagi kompyuterlar biridan axborot oladi, ikkinchisiga esa – faqat uzatadi.

3-rasm. Tarmoq topologiyalari.
Agar ulanadigan kompyuterlar doirani konturi bo’yicha joylashgan bo’lsa, ular yulduz yoki shina bo’lib bemalol ulanishi mumkin. Agar kompyuterlar qandaydir markaz atrofida joylansa, ular bir birovi bilan shinali yoki halqali bo’lib ulanishi mumkin. Kompyuterlar bir chiziq bo’yicha joylashgan bo’lsalar, ular yulduz yoki halqa bo’lib ulanishi mumkin.
Buning uchun qancha uzunlikda kabel kerakliligini aniqlash kerak.
Adabiyotlarda tarmoq topologiyalari to’g’risida gap ketsa, tarmoq arxitekturasining har xil darajalariga tegishli to’rt mutloqo har xil tushunchalarni keltirish mumkin.

  • Fizikaviy topologiya (ya’ni kompyuterlarni joylanish sxemasi va kabellarni yotqizilishiga ko’ra). Bunda masalan, passiv yulduz aktiv yulduzdan hech qanday farq qilmaydi, shu tufayli uni ko’pincha oddiy “yulduz” deb ataladi.

  • Mantiq topologiyasi (ya’ni, aloqalar tuzilishi, signallarni tarmoq bo’yicha tarqalganish xarakteri).

  • Almashuvni boshqarish topologiyasi (ya’ni, har bir kompyuterlar orasidagi tarmoqni o’rab olish huquqini uzatish printsipiva ketma-ketligi) informatsion topologiya (ya’ni, tarmoqda uzatilayotgan axborot oqimining yo’nalishi).

Masalan, fizikaviy va mantiq topologiyani “shina” bilan boshqarish usuli sifatida tarmoqni o’rab olish huquqi uzatish estafetasi (ya’ni, bunda halqa bo’lishi mumkin) va bir vaqtda bitta ajratilgan kompyuter orqali barcha axborotni uzatishdir (bu ma’noda yulduz bo’lishi mumkin). Mantiq “shina” topologiyali tarmoq “yulduz” passiv yoki fizik topologiyasiga ega “daraxt” (passiv) bo’lishi mumkin.
Har qaysi fizik, mantiqiy, almashuvlarni boshqaradigan topologiyali tarmoq axborotli topologiya ma’nosida yulduzli deb hisoblansa bo’ladi, agar u yagona server va bir nechta klientlar asosida qurilgan bo’lib, faqat shu server bilan muloqotda bo’lsa. Bu holatda barcha mulohozalar markazning nosozliklari tarmoqni buzilishiga mustahkamligi past bo’lishiga to’g’ri keladi (ya’ni serverni).
Xuddi shunga o’xshab har qanday tarmoq axborotli ma’noda shina deb atalishi mumkin, agar u bir vaqtda server ham, klient ham bo’lib kompyuterlardan tuzilgan bo’lsa, har bir boshqa shina holatida ham, bunday tarmoq alohida kompyuterlarning nosozliklariga kam sezgirli bo’ladi. Kabel bo’lmagan tizimlarda sharoit boshqacha. Ularning asosiy ustunligi shundaki, hech qanday simlarni o’tqazish kerak bo’lmaydi (devorlarda teshiklar qilish kerak emas, quvurlarda va talablarda kabelni o’tqazish kerak emas, uni falshpollar tagidan o’tkazilganda osilgan shiftlar ustida yoki ventilyatsiyali shaxtalarda kabel nosozliklarni qidirish va tuzatish kerak emas). Yana shunga o’xshab tarmoq kompyuterlarini xona va bino chegarasida joyini o’zgartirish oson, chunki ular hech narsaga bog’langan emas.



4-rasm. Protsessorlar sonini belgilaydigan dialog oynasi

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin