Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc dasturida ishlash



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə53/70
tarix25.10.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#130944
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Vanishing Point dialog oynasida tahrirlash ishlarini boshlashdan oldin tasvirning perspektivasiga mos ravishda perspektiva yuzasi belgilab olinadi. Perspektiva yuzasining aniqligi tahrirlash natijasi tasvir perspektivasiga moshligini belgilaydi. Perspektiva yuzasining to‘rt burchak nuqtalari qo‘yilganidan so‘ng perspektiva yuzasi faollashadi, uning chegarasi va to‘ri aks ettiriladi. Perspektiva yuzasini o‘lchimini o‘zgartirish, siljitish yoki shaklini o‘zgartirish mumkin. Bundan tashqari perspektiva yuzasining to‘r zichligini ham sozlab olish ham mumkin.
Perspektiva yuzasini tahrirlash uskunasi yordamida quyidagi o‘zgartirishlarni amalga oshirish mumkin:

  • perspektiva yuzasining shaklini o‘zgartirish uchun burchak nuqtalarini siljitish kerak;

  • to‘r zichligini o‘zgartirish uchun Vanishing Point dialog oynasining xususiyatlar panelidan Grid Size elementiga qiymat kiritish kerak;

  • perspektiva yuzasini siljitish uchun yuzani sichqon tugmasi bilan ushlab siljitish kerak;

  • perspektiva yuzasining o‘lchamini o‘zgartirish uchun yuza yon nuqtalarini siljitish kerak.

Vanishing Point dialog oynasida yangi perspektiva yuzasi yaratilganidan keyin ushbu yuza bilan bog‘liq yangi perspektiva yuzasini yaratib olish mumkin. Perspektiva yuzasi asosida yaratilayotgan yangi bog‘liq perspektiva yuzasi unga nisbatan 90 burchakda yaratiladi. Ushbu burchak tasvirdagi mavjud yuzalarga mos ravishda o‘zgartirilishi mumkin.
Bog‘liq perspektiva yuzasi quyidagicha yaratiladi:

  1. Vanishing Point dialog oynasida yuza yaratish uskunasi yordamida yangi perspektiva yuzasi yaratiladi:

  2. Klaviaturaning Ctrl tugmasini bosib turgan holda yuza yaratish uskunasi yoki yuzani tahrirlash uskunasi yordamida yuzaning yon nuqtasi siljitiladi. Natijada yangi bog‘liq perspektiva yuzasi yaratiladi:



  1. Yangi bog‘liq perspektiva yuzasining burchagini o‘zgartirish uchun uning yon nuqtasini sichqon tugmasi bilan siljitish yoki Vanishing Point dialog oynasining xususiyatlar panelidagi Angle elementiga burchak qiymatini kiritish kerak:


Perspektiva yuzasining chegara va to‘r chiziqlari yuzaning joriy holatiga ko‘ra rangini o‘zgartiradi. Agar yuzaning holati yaroqsiz bo‘lsa uning burchak nuqtasini siljitib holatni o‘zgartirib olish kerak. Perspektiva yuzasining holatini bildiruvchi quyidagi ranglari mavjud:
Moviy yuzani yaroqliligini bildiradi.
Qizil yaroqsiz yuzani bildiradi. Vanishing Point uskunasi yuzaning tomonlari nisbatini aniqlay olmadi.
Sariq yaroqsiz yuzani bildiradi. Perspektiva yuzasining ba’zi nuqtalari aniq emas.
Odatda Vanishing Point dialog oynasidagi perspektiva yuzasining to‘r chiziqlari Photoshop dasturida aks ettirilmaydi. Perspektiva yuzasining to‘r chiziqlarini Vanishing Point dialog oynasidan chiqib ketganda ham aks ettirish uchun Vanishing Point dialog oynasining menyusidan Render Grids To Photoshop buyruq qatorini tanlash kerak.
Vanishing Point dialog oynasida belgilash uskunasi tasvirning ma’lum maydoniga perspektiva yuzasi yordamida belgilangan perspektivaga amal qilgan holda chizish yoki bo‘yash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari belgilanish yordamida perspektivaga amal qilgan holda tasvirning ma’lum maydonlarini klonlash yoki ko‘chirish mumkin. Vanishing Point dialog oynasida Marquee uskunasi bilan perspektiva yuzasi ichida belgilanish hosil qilinadi. Belgilanish yaratilganidan so‘ng ushbu maydonni perspektivani inobatga olgan holda tasvirning istalgan joyija ko‘chirish mumkin bo‘ladi. Agar tasvirda ikkita perspektiva yuzalari
mavjud bo‘lsa belgilangan tasvir maydoni joriy turgan perspetivani inobatga olgan holda joylashadi:


Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin