Rashid turgunbaev kompyuter grafikasi: adobe photoshop cc dasturida ishlash



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə42/70
tarix25.10.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#130944
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70
Kompyuter grafikasi Adobe Photoshop CC dasturida ishlash O‘QUV QO‘LLANMA

Belgilanishni boshqarish


Photoshop dasturida belgilanishlarni siljitish, belgilanish chegarasini yashirish va belgilanishni akslantirish mumkin.
Mavjud belgilanishni siljitish uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Dasturning xususiyatlar panelidan yangi belgilash tugmasini bosib sichqon ko‘rsatkichini belgilanish ichiga qo‘yiladi. Sichqon ko‘rsatkichi

ko‘rinishga o‘zgaradi.

  1. Sichqon tugmasini bosib turgan holda belgilanishni yangi joyga siljitish mumkin.

Belgilanish chegarasini aks ettirilishini quyidagilardan biri orqali boshqarish mumkin:

  • dasturning View menyusidan Extras buyruq qatorini tanlash kerak. Ushbu buyruq belgilanish chegaralari, yo‘naltirish kataklari, yo‘naltirgichlar, yo‘llar, bo‘laklar, izohlar va qavat chegaralarining aks ettirilishini boshqaradi;

  • dasturning View menyusi Show bo‘limidan Selection Edges buyruq qatorini tanlash kerak.

Mavjud belgilanishni akslantirish uchun dasturning Select menyusidan Inverse buyruq qatorini tanlash kerak. Natijada tasvirning joriy belgilangan maydonidan tashqari qolgan barcha joyi belgilanadi:

Joriy belgilanishni ma’lum bir pikselga kengaytirish yoki qisqartirish mumkin.
Buning uchun quyidagilarni bajarish kerak:

  1. Belgilash uskunalari yordamida belgilanishni yaratish:



  1. Dasturning Select menyusi Modify bo‘limidan Expand yoki Contract buyruq qatorlari tanlanadi. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:



  1. Dialog oynasida kengaytirish yoki qisqartirish qiymati kiritiladi va OK

tugmasi bosiladi. Belgilanish tanlangan buyruqqa ko‘ra o‘zgaradi:

Photoshop dasturida belgilanish atrofida belgilanish hosil qilish imkoniyati mavjud. Bunday belgilanishlar tasvirdagi obyektni emas, balki uning atrofidagi ma’lum o‘lchamdagi lenta ko‘rinishdagi maydonni belgilashda qo‘llaniladi. Lenta ko‘rinishda belgilanishni hosil qilish uchun quyidagilar bajariladi:



  1. Belgilash uskunalari yordamida belgilanishni yaratish:




  1. Dasturning Select menyusi Modify bo‘limidan Border buyruq qatorini tanlash kerak. Natijada quyidagi dialog oynasi ochiladi:



  1. Dialog oynasida belgilanish lentasi kengligi qiymati kiritiladi va OK tugmasi bosiladi. Natijada belgilanish lentasi hosil bo‘ladi:



Yüklə 3,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin