3-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish tartibi 9. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi Ixtisoslashtirilgan tashkilotning muassisidir.
10. Ixtisoslashtirilgan tashkilot muassis tomonidan tashkil etiladi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
11. Ixtisoslashtirilgan tashkilot ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti va reabilitatsiya markazidan iborat, shuningdek o‘z tuzilmasida bolalar va ularning qonuniy vakillari bilan vaqtinchalik yashaydigan xostelga ega bo‘lishi mumkin.
12. Ixtisoslashtirilgan tashkilotda muassis bilan kelishilgan holda faoliyati Ixtisoslashtirilgan tashkilot faoliyatining ustav turlariga zid bo‘lmagan qo‘shimcha bo‘limlar, xizmatlar, tarkibiy bo‘linmalar ochilishi mumkin. Barcha tarkibiy bo‘linmalar o‘z faoliyatida Ixtisoslashtirilgan tashkilotning direktoriga bo‘ysunadi.
13. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning bino va inshootlari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan kelishilmasdan xususiylashtirilishi, musodara qilinishi va qayta ixtisoslashtirilishi mumkin emas.
4-bob. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
16. Ixtisoslashtirilgan tashkilot:
bolalarning jismoniy o‘sishi va sog‘lig‘i mustahkamlanishi uchun sanitariya-gigiyena me’yorlariga muvofiq shart-sharoitlar yaratishi va ularga rioya etilishini ta’minlashi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli nozologiyalarni davolash standartlariga muvofiq bolalarning abilitatsiyasi va reabilitatsiyasini o‘tkazish uchun shart-sharoitlarni yaratishi;
ta’lim-tarbiya va korreksion-pedagogik jarayonini tashkil etishda qo‘llaniladigan shakllar, usullar va vositalarning bolalarning yosh, psixik va fiziologik xususiyatlari, qiziqishlari, qobiliyatlari, manfaatlari va ehtiyojlariga mos kelishini ta’minlashi;
bolalar to‘g‘ri ovqatlanishini va ularga tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi;
bolalarni shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llagan holda umumta’lim muassasalarida o‘qishga sifatli tayyorlashni ta’minlashi;
maktabgacha ta’lim sifatini ta’minlash ustidan nazorat olib borishda, salomatlikni muhofaza qilish va mustahkamlash, abilitatsiya va reabilitatsiya tadbirlarini o‘tkazishda vakolatli davlat organlariga ko‘maklashishi;
Ixtisoslashtirilgan tashkilotdagi guruhlarni ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan talablarga muvofiq bolalar bilan to‘ldirilishi.
zarur moddiy-texnik bazasi va malakali tibbiyot xodimlari mavjud bo‘lganda, asosiy ta’lim-tarbiya faoliyati bilan birga pulli davolash-sog‘lomlashtirish xizmatlarini ko‘rsatishi shart.
Oldingi tahrirga qarang. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlari ham bo‘lishi mumkin.
(16-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 17. Ixtisoslashtirilgan tashkilot quyidagilar uchun javob beradi:
bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
umumta’lim dasturlarini amalga oshirishni tegishli sifatda va belgilangan hajmda ta’minlash;
ushbu Nizomda nazarda tutilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish.
Oldingi tahrirga qarang. 18. Ixtisoslashtirilgan tashkilotning faoliyati ustidan monitoring hamda nazorat vakolatli davlat organlari tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 19. O‘quv jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki ta’lim olayotgan bolalarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchilik hujjatlariga zid harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)